Dilnavoz Yusupova


Farrux – go‗zal, baxtli, muborak, qutlug‗ yuzli.  Navro‘z


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

Farrux – go‗zal, baxtli, muborak, qutlug‗ yuzli. 
Navro‘z – yangi kun, ya‘ni yangi yil boshlanishidagi dastlabki kun.
Navshod – xalqining go‗zalligi va chiroyi bilan mashhur bo‗lgan shahar nomi. 
Mushkin – mushk hidli. 
Farhor – orasta, chiroyli va shinam joy (uning Gul tug‗ilgan mamlakat sifatida talqin 
qilinishi bejiz emas, zero, gul bor joyda orastalik, go‗zallik bor). 
Rafi’ – oliy, baland. 
Bahman – qishning eng ayozli kunlari. 
Yaldo – qish mavsumidagi eng sovuq, uzun va qorong‗i kecha. 
Najd – yerning baland qismi, to‗siq. 
10.2. Sakkokiy 
 
Iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag‘osidin Mavlono Sakkokiy va 
Mavlono Lutfiykim, birining shirin abyoti iftixori Turkistonda bag‘oyat va birining latif 
g‘azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur ham devonlari mavjud bo‘lgay.
(Alisher Navoiy) 
Alisher Navoiy bu ijodkorni: «Turk alfozi (so‗zlari)ning bulag‗o (balog‗atga 
erishgan)laridan», – deb baholaydi. Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o‗z 
zamonasida juda mashhur bo‗lgani hamda she‘riyati xalq ijod ahli orasida keng 
yoyilganini ko‗rsatadi.
Sakkokiy – adibning taxallusi. Uning asl ismi ma‘lum emas. «Sakkokiy» so‗zining 
ma‘nosi «pichoqchi» bo‗lib, bu adibning kasbiga ishoradir.


175 
Sakkokiyning qachon tug‗ilgani va qachon vafot etgani ham ma‘lum emas. Ammo 
asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud, ular Xalil sulton, Arslon Xo‗ja tarxon, Xo‗ja 
Muhammad Porso va Mirzo Ulug‗bek singari tarixiy shaxslarga bag‗ishlangan.
Ma‘lumki, Xalil sultonning hukmronlik qilgan davri 1405 – 1409-yillarga to‗g‗ri 
keladi. Arslon Xo‗ja tarxon Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarini 
ko‗chirtirgan shaxs sifatida tarixda qolgan. Bu voqea 1444-yili Samarqandda bo‗lgan edi. 
Mirzo Ulug‗bekning hayotiga oid sanalar esa 1394 – 1449-yillarni o‗z ichiga oladi.
Agar qasida yozishning ancha murakkabligini, buning uchun muayyan ijodiy tajriba 
zarurligini e‘tiborga olsak, Xalil sultonga bag‗ishlangan qasida yozilgan paytlarda (1405 – 
1409) Sakkokiyning qalami anchagina charxlanganini anglaymiz. Demak, Sakkokiy XIV 
asrning ikkinchi yarmida, ehtimol, oxirgi choragida tug‗ilgan.
Shoirning movarounnahrlik ekanligi haqidagi ma‘lumot esa Navoiyning «Majolis un-
nafois» asarida qayd etilgan.
Sakkokiy she‘rlari devon holida yetib kelgan. Bu devonning turli davrda ko‗chirilgan 
bir necha nusxalari bor. Lekin, mutaxassislarning fikriga qaraganda, ularning birortasi 
ham to‗liq emas. «Alif»dan «nun»gacha bo‗lgan harflar, so‗ng «vov» bilan tugallanuvchi 
g‗azallar yo‗q va bularning taqdiri noma‘lum. Shu tariqa uning o‗n bir qasidasi va 
qirqtacha g‗azali yetib kelgan. Lekin saqlanib qolgan asarlarining o‗zi ham uning 
anchagina yuksak she‘riy iqtidoridan dalolat beradi.
Sakkokiy g‗azallarining bosh mavzusi – muhabbat. Uning tasviridagi yor benihoya 
go‗zal:
Yuzungni ko‘rsa qilur gul o‘zini yuz pora,
Xo‘tan yozisida ohu ko‘zungdin ovora.
Yor shu qadar suluvki, gul uning yuzini ko‗rsa uyat va nomusdan o‗zini pora-pora 
qiladi. Ko‗zlarining chiroyi uning go‗zal ko‗zlariga teng kelolmaganidan ohular Xo‗tan 
sahrolarida ovora-yu sarson kezib yurishibdi. Atoyida gul xijolat bo‗lib uyatdan qizargan 
edi, bu yerda u o‗zini pora-pora qilmoqda. Atoyida «ohulayn (ikki ohusifat) ko‗zlar» edi. 
Sakkokiyda ohuning ko‗zi yor ko‗zi oldida muqoyasaga chiday olmagani sabab, u Xo‗tan 


176 
sahrosida yuribdi. Nega Xo‗tan sahrosi? Chamasi, bir vaqtlar Adanda dur, Badaxshonda 
la‘l ko‗p bo‗lganidek, Xo‗tan sahrolarida ham ohu – kiyiklar serob bo‗lgan ko‗rinadi. 
Chunki bu o‗xshatish mumtoz adabiyotda juda qadimdan keladi. Yor og‗zining ta‘rifi 
undan ham g‗aroyib: 
Ko‘ngul shakar bikin og‘zing ko‘rub adam bo‘ldi,
Ayitmading bir og‘iz: Ey faqiri hech kora.
Atoyida og‗iz kichikligi, uni ko‗rmoqchi bo‗lib qidirib topmadim degan mubolag‗ali 
kichraytirish bilan berilgan bo‗lsa, Sakkokiyda bu tasvir yanada kuchaytiriladi. Avvalo, bu 
yerda yor og‗zi – shakar og‗iz. Ikkinchidan, uning kichikligini «yo‗q» darajada deb 
ta‘riflash shoir uchun juda sodda, odmi tuyuladi. Shu sababli u tashqi ko‗rinishni qo‗yib, 
ruhiyatga urg‗u beradi. Uning yordamida manzara yaratmoqchi bo‗ladi. Ya‘ni: ko‗ngul 
shakarday og‗zingni ko‗rib o‗zini yo‗qotdi – «adam bo‗ldi». Demak, birinchidan, oshiq 
yorning shakar og‗zini ko‗rdi-yu ko‗ngli ketdi. Ikkinchidan, «adam» so‗zining og‗iz bilan 
yonma-yon ishlatilishining o‗zidayoq she‘rxonda muayyan fikriy silsila hosil qiladi va 
og‗iz g‗oyat kichikligini o‗z-o‗zidan anglatib turadi.
Bale, bu ranj-u baloni men ixtiyor etdim,
O‘zumga ishni o‘zum qildim, emdi ne chora?! 
Ko‘zum yoshig‘a nazar qil, ko‘ngul bo‘lur ravshan,
Ey sarvinoz, oqar suvg‘a qilsa nazzora.
Oshiqning: «Ey sarvinoz, sen mening ko‗z yoshlarimga bir nazar sol. Oqar suvga 
qaralsa, ko‗ngil ravshan bo‗ladi deydilar-ku», – tarzidagi murojaatida yorga intizorlik 
yo‗lida uning ko‗z yoshlari ariqdagi oqar suv misoli to‗kilgani ta‘sirli ifodalangan. Bu 
o‗rinda, birinchidan, tashbehning ifrot (o‗ta mubolag‗ali) ko‗rinishidan foydalanilgan. 
Ikkinchidan, shoir unga monand ravishda «Oqar suvga qaralsa, ko‗ngil ravshan bo‗ladi» 
degan chiroyli bir maqolni ishlatyapti. Maqol ham yorni o‗z ahvolidan ogoh qilish ham 


177 
undan iltifot kutish (ko‗ngil ravshan bo‗lishi) umidini anglatmoqda. Irsoli masal san‘ati bu 
yerda juda qo‗l kelgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling