Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

G‘azallaridan namunalar 
 

Ul yuzi oykim, jahonning jonidur,


166 
Bu zamona xublarining xonidur.
 

Taolalloh, zehi surat zehi mahbubi ravhoni 
Kim, oning husni shavqindan ko‘ngullar bo‘ldi nuroni.
 

Bu falak nechun meni doim qara qinda tutar,
Bu otim Sayf o‘ldug‘uchunmi qara qinda tutar (tajnis san’ati) 
 

Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur,
Bo‘yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur (tajnis san’ati) 
 

Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar,
Shakar so‘zungdin kelur mukarrar (tarse’ san’ati) 
9.4. Xorazmiy 
(XIV asr) 
Xorazmiy XIV asr boshlarida Xorazmda tavallud topgan. Shoirning asl nomi ma‘lum 
emas. «Xorazmiy» – uning adabiy taxallusidir. Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan 
yagona yirik asari «Muhabbatnoma» bo‗lib, hijriy 754 (1353 – 1354)-yili yozib 
tugallangan. Muallif bu asarini Oltin O‗rda xoni Jonibekning noiblaridan Muhammad 
Xo‗jabekka bag‗ishlaydi. Adib uni «davlat humoyi» deb ta‘riflaydi. Muhammad Xo‗jabek 
qo‗ng‗irot urug‗idan bo‗lib, kichikligidan davlat ishlarida bo‗lgan. Bir o‗rinda u Oltin 
O‗rda xoni Jonibek bilan qiyoslanadi: 
Uza jonsiz tan erdi mulk sensiz,
Shahanshoh Jonibekxonga yetansiz.
Boshqa bir o‗rinda esa u «sohibqiron» deb tavsiflanadi. Jonibekxonning Oltin 
O‗rdadagi hukmronlik yillari 1342 – 1375-yillarga to‗g‗ri keladi. Demak, Muhammad 


167 
Xo‗jabek Jonibekning qo‗l ostidagi a‘yonlaridan, ehtimol, harbiy sarkardalaridan biri 
bo‗lgandir, ehtimol. Adib asar yaratilgan joyini ham eslatadi: 
«Muhabbatnoma» so‘zin munda ayttim,
Qomug‘in Sir yaqosinda bitidim.
«Bayoni voqeyini aytur» bobida ko‗rsatilishicha, adib ikki tilda ijod qilgan.
Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor, –
misralari uning «fors daftarlari» ham mashhur bo‗lganligini ko‗rsatadi.
«Muhabbatnoma» 11 nomadan iborat bo‗lib, 4-, 8-, 11-nomalar fors-tojik tilida, 
qolgan nomalar esa o‗zbek tilidadir. Muallif asarni dastlab 10 noma qilmoqchi bo‗ladi, 
keyin esa yana bir noma qo‗shib 11 noma tarzida yakunlaydi (Burun o‘n dedim, u o‘n bir 
bo‘ldi). 
Asar 3 qism: kirish, asosiy qism va xulosadan tarkib topgan. Kirish o‗z ichiga hamd, 
asarning yozilish sababi va o‗rni, Muhammad Xo‗jabek madhi, vasf ul-hol hamda voqea 
bayoni bilan bog‗liq holda orada keltirilgan g‗azallarni (3 ta o‘zbekcha, 1 ta forsiy) oladi. 
Asosiy qism noma hamda ular bilan bog‗langan soqiynoma tarzidagi kichik 
masnaviylardan iborat. Xulosa munojot, qit‘a, xotimat ul-kitob va fardni o‗z ichiga oladi. 
Asarda fard, qit’a va g‘azal janri (doston tarkibida)ning turkiy adabiyotdagi ilk 
namunalari qo‗llangan.
Fan olamiga «Muhabbatnoma»ning ikkita qo‗lyozma nusxasi ma‘lum. Shulardan eng 
qadimgisi uyg‗ur yozuvidagi nusxa bo‗lib, Britaniya muzeyida 8193 raqami ostida 
saqlanadi. Bu nusxa baxshi (kotib) Boqi Mansur tomonidan hijriy 835-yilning rajab oyi 
boshlarida Yazd shahrida ko‗chirilgan.
Asarning arab yozuvidagi ikkinchi nusxasi ham Britaniya muzeyida 7914 raqami 
ostida saqlanadi. Nusxa 10 ga yaqin boshqa asarlar bilan birga hijriy 914-yili ko‗chirilgan 
bo‗lib, 47 sahifadan iborat. Asar zullisonaynlik (ikki tillilik) an‘anasi asosida yozilgan.


168 
Asarda keltirilgan qit‘adan namuna: 
Tama dominda qolur qush emasman,
Talim ayvon uza uchqon humomen.
Qilichtek til bila tuttum jahonni,
Qanoat mulki ichra podshomen.
Xarobot ichra masjidda yerim bor
Kim, ush ham rindmen, ham porsomen.
Necha hashamatli sulton bo‘lsa bo‘lsun,
Ayitmon mol uchun madh-u sano men.
Qiyomatqa tekin qolsun oting teb,
Sening tabqungda bo‘ldum oshno men.
 
Asarda quyidagi fard keltirilgan: 
Niyozim bu turar sendin, nigoro,
Unutma bandani, bahri xudoro.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling