Diqqat konsentratsiyasini


TAFAKKUR VA NUTQ. TAFAKKUR VA NUTQ XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA ULARNI BOG’LIQLIGI


Download 450.5 Kb.
bet24/33
Sana13.09.2023
Hajmi450.5 Kb.
#1676419
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Umumiy MA\'RUZA 4-KURS PSIXOLOGYA

TAFAKKUR VA NUTQ. TAFAKKUR VA NUTQ XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA VA ULARNI BOG’LIQLIGI.
Reja:
1. Tafakkur ijtimoiy hayot sharoit.
2. Tafakkurning muhim tavsifi.
3. Tafakkur faoliyatiga bilish ehtiyojlari.
4.Tafakkur va uning mustaqilligi.


Darsning mazmuni: tafakkur psixologiyada individual jarayon sifatida, tafakkur dialog sifatida tafakkur faoliyatiga bilish ehtiyojlari, tafakkur va uning mustaqilligi haqida talabalarga ma’lumot berish.
Tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon bo’lib, u dastavval keng predmetli /amaliy/ faoliyat tarzida namoyon bo’ladi. Keyinchalik u "aqliy" xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi.
Tafakkur odamni bilish faoliyatinyng oliy shakli sifatida atrof olamni /voqelikni/ umumlashtirgan holda, vositali aks etish imkoniyatini beradi, narsalar bilan hodisapar o’rtasida aloqa va munosabatlarni tashkil qiladi.
Inson tafakkurini hayvon tafakkuridan farqlab turuvchi muhim jihati - bu nutq va shu bilan birga qo’llaniladigan belgilar tizimidir. Aynan shuning uchun inson tafakkuri atrof olamni umumlashtirilgan va vositali holda aks ettirish imkoniyatini beradi.
Tafakkur - yangilikni qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Bu yangilik sub’ektiv bo’lishi mumkin, ya’ni uni kimlardir qachonlardir topgan bo’lishi mumkin. Lekin sub’ekt tafakkur jarayoni yordamida uni o’zi uchun yangitdan kashf etadi, aks holda biz ko’proq xotira, o’tgan tajriba-larimizni qayta tiklagan bo’lamiz. Bolalarni o’qitishda tafakkurning shu muhim xarakteristikasini asos qilib olish lozim. Pedagoglarni bolalar bilan muammoli darslar o’tishga doimiy intilishlarining asosida ham tafakkurning aynan shu xarakgeristikasi yotadi. Agar biz tafakkurni, uning individual xususiyatlarini rivojlan-tirishni xoxlasak, unda dars davomida imkon qadar ko’p muammoli vaziyat yaratishimiz lozim bo’ladi. O’quvchilar faqat xotira jarayonlari /o’tmish tajribasini qayta tiklash/ bilangina kifoyalanib qolmay, balki o’ylanishga, nimanidir yangitdan yaratishga /sub’ektiv bo’lsada/ harakat qilishlari lozim.
Yuqorida aytib o’tilgandek, tafakkurning muhim xarakteristikasi bu tafakkur va nutqning yaqin hamda o’zaro bog’liqligidir. U yoki bu fikr qanchalik o’ylangan bo’lsa, u so’zlarda, yuzaki va yozma nutqda shunchalik aniq va yaxshi ifodalanadi. Va aksincha, qandaydir bir fikrning so’zlar yordamida shakllanishi qanchalik takomillashtirilgan bo’lsa, shu fikrning o’zi shunchalik aniqlashadi va tushunarli bo’lib boradi. Fikr so’zlarda shakllanganligi, mustahkamlanganligi /muhrlanganligi/ tufayli yuzaga kelishi bilan yo’qolib, so’nib ketmaydi. Tafakkurning shu xarakteristikasi tufayli, agar biz o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishni xoxlasak - unda o’quvchilar nutqini rivojlantirishimiz, ularni o’z nuqtai nazarlarini himoya qilishga o’rgatishimiz, ularni asoslab bera olishlikka, boshqacha nuqtai nazarni eshita bilishga, unda o’zining "o’rinli" hissasini ko’shishga, o’rinli tanqid qila bilishga, tortishuvlarga o’rgatishimiz kerak. Bularning hammasiga o’qituvchilar tomondan dars davomida beriladigan so’roklarning to’uri ko’yilganligi xizmat qiladi.
Odatda, o’qituvchi so’rash vaqtida aniq o’quvchining bilimini tekshiradi va baholaydi. Lekin so’rov funktsiyasini yanada chukurroq qarab chiqishimiz mumkin va shunda o’quvchining go’yoki biz bilgan, lekin qaysidir ong osti darajasida bo’lgan ko’plab funktsiyalari yuzaga chiqadi. Tafakkur va uning mustaqilligining rivojlanishiga aniq ko’mak bera oladigan bu funktsiyalar haqida keyingi paragrafda batafsil to’xtalib o’tamiz.
Tafakkurning muhim tavsifi shundan iboratki, tafakkur hissiy bilishning amaliy faoliyati asosida /sezgi va idrok/ va uning chegarasidan tashqarida yuzaga keladi. Demak, tafakkur yordamida sezgi, idrokka berilmagan va umuman kuzatish imkoniyati bo’lmagan hodisalarni hal qilishi mumkin. Agarda hissiy bilish bosqichida /sezgi va idrok darajasida/ tashqi qo’zuatuvchilar bevosita bizning ongimizda mos obrazlarni yuzaga keltirsa, tafakkur jarayoni esa murakkab holda amalga oshadi.
Tafakkur jarayoni bizni o’rab turgan olamni fikriy operatsiyalar: analiz, sintez, taqqoslash, abstraktsiyalash, umumlashtirish, sistemalashtirish, klassifikatsiyalash yordamida aks ettiradi. Ushbu operatsiyalar ko’magida inson idrokdan yashiringan narsalarni bilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Alohida kuzatishda analiz va sintez orqali, o’tgan tajriba natijalariga suyangan holda inson tafakkur jarayonida alohida ob’ektlarning umumiy tomonlarini topadi. Umumiylikni abstraktsiyalash bu ob’ektlarni turli sistemalarga birlashtirishga imkoniyat berib, inson uchun tevarak atrofdagi voqelikningumumlashtirilgan holda aks ettirishga imkoniyat yaratadi.
Inson tafakkur yordamida nafaqat hodisalarni, balki ularning mazmunini ham bilib oladi. Tafakkur orqali inson turli aloqa va munosabatlarni tiklashga va shu bilan ob’ektiv qonunlarni topish va ochish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Inson tafakkuri doimo aniq maqsadga yo’naltirilgan ixtiyoriy xarakterga ega, chunki tafakkurning har qanday akti bizning ongimizda yuzaga kelgan fikriy vazifani /muammoni/ hal etishga, savolga javob topishga qaratiladi.
Inson bilimi qanchalik keng va chukur bo’lsa, uning aqliy faoliyatining tajribasi shunchalik mukammalikka ega, u shunchalik ko’p hal etilmagan muammoni ko’ra oladi, ongidan shunchalik tez-tez yechimini talab etuvchi fikriy vazifalar yuzaga keladi, va aksincha, sodda, past darajadagi bilim egasi uchun qoidaga ko’ra hal etilmagan savollar yuzaga kelmaydi.

Download 450.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling