Diskret qurilmalar nazariyasi nisbatan yosh va tez rivojlanayotgan fan sohalaridan biri hisoblanadi
Download 1.12 Mb.
|
sherzod 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yxati
6. Nazoratlash sxemasi
Maxsus kombinasion sxemalarni (shifrator, summator, kod aylantirigich va xakazo) ishlab chiqishda jarayonida hatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin, bu albatta keyinchalik avvaldan buzilgan axborotlarni uzatishga olib keladi. Raqamli qurilmalarni loyihalashtirish jarayonida bunday kamchiliklarni oldini olish uchun nazoratlash sxemasi qo’llaniladi. Ushbu sxemaning vazifasi hatolikka uchragan signalni tanib olib tasvirlashdir. Nazoratlash sxemasi chiqishiga chiroqcha ulanadi, agar signal halaqitsiz bo’lsa, chiroqcha yonadi, agar halaqitli bo’lsa chiroqcha yonmaydi. Nazoratlash sxemasini shartli belgisi quyidagi rasmda keltirilgan. Nazoratlash sxemasi kirishiga kod aylantirgich kombinasiyasi signal buzilganisiz uzatilganida, uning chiqishida 1 raqami paydo bo’ladi. Nazoratlash sxemasi kirishlari kod aylantirigich chiqishidagi razryadlar soniga teng bo’ladi.
Y=
= 1 2 3 4 5 6 v 1 2 3 4 5 6 v 1 2 3 4 6 v 1 2 4 5 6 v 1 2 4 6 v 1 2 3 4 5 6 v 3 6 v 3 5 6 7. Ishga tushirish va sinxronlash Ishga tushirish sxemasi quyidagi tartibda ishlaydi: aytaylikki, qabul qilgichning generatori uzatgich generatori bilan sinxron va sinfaza holatida ishlamoqda. Aloqa liniyasidan qanday signal kelishidan qat’iy nazar “VA” elementi orqali JK triggerining J krishiga har doim 1 raqami keladi. JK triggerining K kirishiga 0 raqami uzatiladi. Natijada triggerning Q chiqishida 1 raqamiga ega bo’ladi. Boshlang’ich moment holatida hisoblagich nolda joylashgan. Generator impuls berishni boshlaydi. Hisoblagichdan signal demultiplesorning adres shinalariga kirib keladi va natijada uning D kirishlariga mos ravishda chiqishlari kommutasiyalanadi. Hisoblagich 7ta impulsni hisoblab bo’lganidan so’ng va DMS (demultipleksor) to’liq ishlab bo’lganidan keyin generatorni to’xtatish kerak. Agar generator grafini ko’rib chiqsak uning oxirgi yettinchi holati 110 bo’ladi. Bu hisoblagichlagi 000 holatida generatorni ishdan to’xtatish kerakligini izohlaydi. Buning uchun hisoblagichdan “YoKI-INKOR”elementiga 3ta shina chiqaramiz. Bu element chiqishida faqat yagona holatda “1” raqami xosil bo’ladi. Uni biz JK triggerning K kirishiga jo’natamiz. J=1, K=1 holatida trigger kirishlarida avvalgi holatning inversiya holatiga o’tadi, ya’ni ulanadi va uning chiqishida 0 raqami hosil bo’ladi. Natijada generator ishdan to’xtaydi va hisoblagich xam to’xtaydi. Hotira blokini boshlang’ich holatga o’tkazish uchun, ya’ni hotirani nolga tushirish uchun, RS triggerning kirishlariga differensial zanjirdan qisqa muddatli impuls “1” uzatiladi. Sinxroimpulsni uzatish uchun hotira blokining ikkinchi kaskadida (agar hotira bloki ikki kaskadli bo’lsa) RS triggerning S kirishi orqali hisoblagichdan uzatiladigan (110) ohirgi kodli kombinasiya qo’llaniladi. Natijada,triggerning ikkinchi kaskadida generatorning birinchi taktli vaqtida, birinchi kaskadning asinxron triggerlari holatiga bog’liq bo’lgan holatda ulab-uziladi. 4.9-rasm. Qabul qilgich qurilmasining funksional va ishga tushirish sxemasi. Ishga tushirish sxemasi Xulosa Ushbu kurs loyihasida kodlangan signallarni qurilmalarga uzatuvchi teleboshqaruv tizimlaridan biri ishlab chiqildi, bu qurilma kodlovchi, kod o‘zgartirgichlar, shifrator, multipleksor, hisoblagich, generator, xotira bloki va nazorat sxemalaridan borat. Ma’lumotlarni kodlash quydagicha boshlanadi. Kodlash qurilmasidagi kodlovchi o‘nlik kodni ikkilik kodga aylantirish uchun qayta tayinlanadi. Birinchi navbatda biz kodlovchining rostlik jadvalini tuzamiz. Keyin jadvalga muvofiq chiqish funksiyasini yozamiz. Natijada biz Karto Karno usuli yordamida bu funksiyani minimizatsiya qilamiz. Minimizatsiya qilingan funksiya bilan biz kodlovchi sxemasini yig‘amiz. Sxemada VA, EMAS va YOKI elementlaridan foydalanadi. Ushbu qurilmadagi kod o‘zgartirgich ikkilik kodni xalaqitdan himoyalangan kodga aylantiradi. Shunday qilib, kodlovchi bilan bajarilgan ish muhim qism hisoblanadi. Xotira bloki chiqish signalini kod o‘zgartirgichdan keyingi signal qabul qilinmaguncha saqlash uchun ishlatiladi. Xotira blokidan chiqish signal orqali multipleksorga o‘tiladi. Multipleksor ikki turdagi kirishga ega: I. Ma’lumotlar kirishi; II. Manzil kirishi. Ma’lumotlar kirishlari xotira blokiga ulangan. Va manzil kirishlari hisoblagich chiqishlariga ulangan. Va generator hisoblagichga keladigan impuls hosil qiladi. Uzatuvchi qurilmaning ishlashi qabul qiluvchi qurilma bilan bog‘langan. Nazorat sxemasi barcha kelayotgan ma’lumotlar to‘g‘ri, xalaqitlarsiz kelayotganini nazorat qilib turadi. Kurs ishi loyihasida bu jarayonlar topshiriq bo‘yicha bajarildi. Barcha sxemalar Proteus dasturida yig‘ildi. Oxirida barcha elementlar ulandi. Adabiyotlar ro’yxati 1. Сапожников В. В. и др. Теоретические основы железнодорожной автоматики и телемеханики - М.: УМК МПС России, 2008. 2. Хорунов Ш.Р. Теория дискретных устройств. Методические указания к выполнению лабораторных работ по дисциплине «Теория дискретных устройств железнодорожной автоматики и телемеханики» для студентов 2 и 3 курсов. Ташкент, 2014. 3. O’ljayev E. “Mikroprotsessorlar va mikro EXM asoslari”. – Toshkent: O’qituvchi, 2012. 4. Raxmetov G.R., Xorunov Sh.R. Diskret qurilmalar nazariyasi ma’ruzalar matni. Toshkent, 2004 y. 5. Сапожников В. В., Кравсов Ю. А., Сапожников Вл. В. Теория дискретных устройств железнодорожной автоматики, телемеханики и связи. -М.: УМК МПС России, 2001. 6. Xorunov Sh.R.,Ametova E.K. Temir yo’l avtomatika va telemexanika diskret qurilmalarning nazariyasi "Temir yo’l avtomatika va telemexanika diskret qurilmalarning nazariyasi" fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.Toshkent - 2015 y. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling