Diskret qurilmalar nazariyasi nisbatan yosh va tez rivojlanayotgan fan sohalaridan biri hisoblanadi


Hatoliklarni aniqlovchi kodlarni qurish tartibi


Download 1.12 Mb.
bet5/13
Sana14.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1702268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sherzod 2

2.2. Hatoliklarni aniqlovchi kodlarni qurish tartibi


Invertsiyali kod (Bauera kodi)

Ushbu kodda qoida bo’yicha boshlang’ich n-razryadli kombinasiyaga yana n-razryadlar qo’shiladi: agar boshlang’ich kombinasiyada birlar soni juftdan tuzilsa, qo’shiladigan kombinasiya boshlang’ichni qaytaradi; agar boshlang’ich kombinasiyada birlar soni toq bo’lsa, qo’shiladigan kombinasiya inversiyalanadi (ya’ni 1, 0 ga, 0 esa 1 ga almashtiriladi). Masalan, agar boshlang’ich kombinasiya 1001 bo’lsa, uning o’rniga 10011001, agar boshlang’ich kombinasiya 1101 bo’lsa, uning o’rniga 1101 0010 uzatiladi.


Bauera kodining sig’imi N=2n/2. Kodli kombinasiyani qabul qilishda informasion (boshlang’ich kombinasiya) va nazorat qismi (qo’shiladigan) mod2 bo’yicha qo’shiladi. Signalda buzilish sodir bo’lmasa hamma 0 yoki hamma 1lar qabul qilinadi. Bauera kodining masofasi d2 va boshlang’ich kod uzunligiga bog’liq bo’ladi. Kod ortiqchaligi katta (I=1).



«10»

«2»

«Invertsiyali kod»




13

01101

0110110010

15

01111

0111101111

18

10010

1001010010

20

10100

1010010100

22

10110

1011001001

25

11001

1100100110




29

11101

1110111101




31

11111

1111100000






3. Maxsus kombinasiyalangan sxemalarni sintez qilish

Umumiy holatda kombinasiyalashgan diskret qurilmalarni sintez qilish tushunchasi ishlash algoritmini berilgan og’zaki ta’rifini prinsipial sxemalarda qurish bilan izohlanadi.




3.1. Kombinasiyalashgan sxemalarni sintez qilish uslubi

Maxsus kombinasiyalashgan sxemalar deb aniq funksiyalarni bajaruvchi mustaqil tugunlarga aytiladi. Bular jamlagichlar (summator), shifratorlar, deshifratorlar, kodlarni aylantirigichlar, multipleksorlar, demultipleksorlar va boshqalar.


Maxsus kombinasiyalashgan sxemalarni sintez qilish – bu berilgan ish shartini amalga oshiruvchi yuqorida aytib o’tilgan mustaqil tugunlar tuzilmasini qurish jarayoni hisoblanadi. Turli maxsus kombinasiyalashgan sxemalar muayan vazifasiga bog’liq holatda alohida o’ziga xos xususiyatga ega, lekin umumiy holatda sintez qilish tartibi quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:

  1. diskret qurilmani ishlab chiqishga berilgan topshiriqni haqoniylik jadvali ko’rinishda tasavvur qilish;

  2. sxemalarni almashtirish funksiyasini haqoniylik jadvali bo’yicha tuzish;

  3. almashtirish funksiyasini minimizasiyalash;

  4. minimizasiyalashgan ifoda bo’yicha qurilmaning tuzilmaviy sxemasini tuzish;

  5. berilgan elementlar turiga bog’liq diskret qurilmalarning real sxemalarini qurish.

Ushbu bosqichlarni batafsil ko’rib chiqamiz:
1-bosqich. Berilgan topshiriqni haqoniylik jadvalida tasvirlash ishlab chiqilayotgan diskret qurilma mantig’ini tahlil qilish asosida amalga oishiriladi. Har bir kirish to’plamining o’zgaruvchilariga chiqish o’zgaruvchilari qiymatlariga mos ravishda joylashtiriladi.
2-bosqich. Almashtirish funksiya (AF) ifodasining sxemalari haqoniylik jadvali (HD) bo’yicha mukammal diz’yunktiv yoki kon’yunktiv normal shaklda (MDNSh yoki KDNSh) tuziladi. Masalan, MDNSh ko’rinishida AFsini tuzish haqoniylik jadvalidan kirish o’zgaruvchilarini shunday bir to’plamlari tanlab olinadiki, berilgan funksiya “1” qiymatini qabul qiladi. Ko’rsatilgan to’plamlar konstituyent “1” ko’rinishida tasvirlanadi va o’zaro diz’yunksiya bilan birlashtiriladi.
3-bosqich. Minimizasiyalash biror bir usullardan birida amalga oishiriladi (bevosita qisqartirish, Kvayn-Mak-Klaski usuli, Karno haritasi yordamida).

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling