Diskret qurilmalar nazariyasi nisbatan yosh va tez rivojlanayotgan fan sohalaridan biri hisoblanadi
Download 1.12 Mb.
|
sherzod 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teleboshqarish va telesignallashtirish tizimi 1.1. Telemexanik tizimlarni asosiy tugunlari
Kirish Diskret qurilmalar nazariyasi nisbatan yosh va tez rivojlanayotgan fan sohalaridan biri hisoblanadi. Uning paydo bo’lishi o’tgan asrning 30 yillarida releli boshqarish tizimlarini murakkablashishi va takomillashishi jarayonida ularni matematik ta’riflash zaruriyati tug’ilgan davrlarga to’g’ri keladi. Ayniqsa diskret qurilmalar nazariyasining rivojlanishi elektron hisoblash mashinalarini (EHM) yaratilishida katta ta’siri bo’lgan. Temir yo’l avtomatika va telemexanika qurilmalari asosan diskret sinfiga mansub hisoblanadi. Avtomatik harakatlanuvchi qurilmalar va tizimlar fan va texnika sohalarida avtomatika deb nomlanadi. Maxsus vositalardan o’tib uzoq masofada xuddi shunday funksiyalarni bajarish uchun telemexanika qurilmalari qo’llaniladi. Telemexanika – aloqa kanallaridan samarali foydalanish uchun maxsus signallar aylantirgichini qo’llab, masofadan obyektlarni nazoratlash va boshqarishning nazariy va texnik vositalarni vositalarini qamrab oluvchi fan va texnika sohasiga aytiladi. Hamma avtomatika va telemexanika tizimlari ba’zi bir texnologik jarayonlarni boshqarish uchun axborotni qayta ishlash, uzatish, ishga tushirish, saqlash, yetkazish tizimlari hisoblanadi. Zamonaviy temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlarida axborotni qayta ishlash uchun diskret signallar qo’llanilganligi, bu tizimlarni boshqariladigan axborotni qayta ishlashga tegishli bo’lgan qismi diskretligidir. Kurs ishini vazifasi telemexanika boshqarish tizimining diskretli uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Teleboshqarish va telesignallashtirish tizimi 1.1. Telemexanik tizimlarni asosiy tugunlari Uzoq masofalarda obyektlarni boshqarish va uning ishini nazoratlash hamda maxsus vositalar orqali ularga signallarini yetib borish telemexanika qurilmalari orqali amalga oshiriladi. Taqsimlovchi va ijro etuvchi punktlar orasidagi masofalarni uzoqlashib ketishi va unga bog’liq holda aloqa kanallari sonini kamaytirish zarurligi tug’ilsa, obyektlarni boshqarishda telemexanik usul qo’llaniladi. Buning uchun uzatiladigan signal aniq belgilarga mansub, impulslar tizimini tasvirlovchi ko’rinishida shifrlanadi va kodlangan tarzda liniya zanjiriga jo’natiladi. Ushbu impulslar qabul qilish punktida maxsus qurilmalar orqali qabul qilinadi, ular shifrsizlantiriladi hamda boshqariladigan obyekt yoki indikatorli asbob holatini o’zgartiradi. Har bir telemexanik tizim alohida joylashgan tugunlardan tashkil topgan bo’lib, kodlarni uzatish va qabul qilish bo’yicha o’sha yoki boshqa funksiyalarni bajaradi. Telemexanik tizim funksional tugunlariga (1.1-rasm) quyidagi tugunlar kiradi: Ish. – ishga tushiruvchi, boshqarish dastagi o’zgartirilishi yoki obyektlar holatini o’zgarishi natijasida kodli qurilmalarni ishga tushirish signalini qabul qilishi, shifratorli zanjirlarni tuzishi, shuningdek liniya zanjirlari bo’shagandan so’ng ushbu signallarni uzatish va saqlash uchun xizmat qiladi; G – impulslar generatori, buyruqlarni uzatishda qo’llaniladigan impuls toklarini ishlab chiqadi; T – taqsimlovchi, topshiriqlarni ketma-ket impuls toklari seriyasiga va teskarisiga aylantiradi; Sh – shifrator, uzatiladigan buyruqlarga mos aniq belgilarni impuls toklariga o’zagartiruvchi qism; L – liniya, impuls kodlarini qabul qilishga mo’ljallangan; D – deshifrator, qabul qilingan kodlarni deshifrasiyalash va ijrochi qurilmalarga ta’sirni uzatishni amalga oshiradi; H – himoyalagich, uzatish qismida kodlarni generasiyalash va qabul qilish qismida buyruq signallari buzilishini mavjudligi to’g’riligini aniqlab tekshirish uchun mo’ljallangan. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling