Dissertatsiyasi avtoreferati
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarga chet tili oqitishda mustaqil talimni tashkil etish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari nofilologik yonalishlar misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3,52; 3,72 Student statistikasi 3,10 3,83 3,85 7,19 Statistika ozodlik darajasi
- Kriteriy xulosasi Х 1 gipoteza qabul qilinadi x 1 gipoteza qabul qilinadi x 1 gipoteza qabul qilinadi
- O„rtacha qiymat ko„rsatkichlari 4.2 4.1 4 3.9 3.8 3.7 3.6 3.5 3.4 3.3 ■ tajribal I
koeffitsienti
1,13 1,14 1,14 1,14 Tanlanma dipersiya 0,39 0,56 0,54 0,57 0,62 0,55 0,52 0,57 O ‘rta qiymatlar standart xatolari 0,62 0,75 0,74 0,75 0,79 0,74 0,72 0,75 X* ning ishonchlilik oralig‘i 4; 4,30 3,44; 3,94 3,91; 4,26 3,41; 3,78 3,93; 4,31 3,44; 3,79 4,02; 4,21 3,52; 3,72 Student statistikasi 3,10 3,83 3,85 7,19 Statistika ozodlik darajasi 58,98 133,62 132,12 324,12 Kritik kiymat 2,00 1,98 1,98 1,96 Kriteriy xulosasi Х 1 gipoteza qabul qilinadi x 1 gipoteza qabul qilinadi x 1 gipoteza qabul qilinadi x 1 gipoteza qabul qilinadi 20 Bundan ko‘rinadiki, biz olib borilgan tajriba guruhidagi tadqiqotlar nazorat guruhida olib borilgan o‘qitishdan samarali ekanligi statistik usullar orqali tasdiqlandi. Tajriba guruhidagi samaradorlik 1.13 barobarga ortiqligi, ya’ni 13 foiz yuqoriligi isbotlandi. Ushbu statistik hisoblarni har bir ta ’lim muassasalari uchun ham olib borildi va ularning umumlashgan natijalari yuqoridagi jadvalda aks ettirildi (2-jadvalga qarang). Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, barcha ta’lim muassasalarida o‘rtacha samaradorlik 1.13-1.14 barobarga oshganligini, ya’ni olib borilgan tadqiqot ishlari 14% ga yuqori ekanligi matematik statistik usullar orqali isbotlandi. Ushbu o‘rtacha qiymat ko‘rsatkichlarning diagramma ko‘rinishi quyida keltirildi (5-rasm): O„rtacha qiymat ko„rsatkichlari 4.2 4.1 4 3.9 3.8 3.7 3.6 3.5 3.4 3.3 ■ tajribal I naz °rat 5-rasm. T a’lim muassasalarining o„rtacha sam aradorlik ko„rsatkichlari. Shunday qilib, tajriba-sinov ishlarining muayyan tartibda va dastur asosida tashkil etilishi ushbu jarayonning samaradorligini ta'minlabgina qolmay, shu bilan birga talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasi borasidagi nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari ta'minlandi. 21 XULOSA Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’lim metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar chiqarildi: 1. Oliy ta’lim muassasalari xususiyatlaridan kelib chiqib, talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida o‘quv fanini o‘qitishda talaba mustaqil ish faoliyatiini tashkil qilish holati va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganildi hamda tahlil qilindi. Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha Davlat ta’lim standarti talablarini bajarish uchun talabalarda mustaqil ishni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil ish bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchi va talabaning auditoriya hamda auditoriyadan tashqari ishlari me'yorlarini ishlab chiqish, mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlarni, talabalarning mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha ishlanmalar yaratish zarurligi aniqlandi. Buning asosida chet tili o‘quv fanidan mustaqil ish faoliyatining tashkiliy-uslubiy ta'minoti takomillashtirildi. 2. Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni loyihalashtirish misolida talaba mustaqil ishining o‘rni hamda ahamiyati, uni tashkil qilish yo‘llari va vositalari ko‘rsatib berildi. Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish maqsadi - bo‘lg‘usi mutaxassislar tomonodan yangi bilimlarni qidirish uchun loyihalardan foydalanish, uning asosida esa yangiliklarni yaratish ehtiyoji va qobiliyatini rivojlantirishdir. Shundan kelib chiqib, “mustaqillik”, “mustaqil fikr yuritish”, “mustaqil faoliyat” va “mustaqil ish” masalalari ilmiy- nazariy tomondan ochib berildi va mustaqil ta ’limga oid muhim didaktik talablar ishlab chiqildi. 3. Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish mexanizmi yaratildi. Ushbu mexanizm talabaning mustaqil ishini tashkil etish ko‘nikmalarini malakaga aylantirishga qaratilgan asosiy metodik manba hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, pedagogik texnologiya tamoyillari asosida mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha chet tili mashg‘ulotlarini olib borishning amaliy xususiyatlari ko‘rsatib berildi. Unda talabaning mustaqil faoliyati o‘rni hamda o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi. 4. Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etishning tashkiliy-uslubiy ta'minotini ishlab chiqish shart-sharoitlari ko‘rsatib berildi va uni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi, shu asosida “Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish texnologiyasi” o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratildi. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etish uchun ingliz tili fanlaridan o‘quv jarayonining kompleks o‘quv-uslubiy ta'minoti, ya’ni o‘quv- uslubiy majmuasi yaratildi, chunki o‘quv-uslubiy majmua talaba o‘quv faoliyatini mustaqil olib borishi uchun zaruriy metodik ta'minot va fan bo‘yicha zaruriy axborot ta'minoti manbasi hisoblanadi. Har bir fan bo‘yicha mustaqil ish rejasida tegishli mavzuga oid talaba foydalanishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati, elektron adabiyotlar va Internet ma'lumotlarining saytlari ko‘rsatildi. 22 5. Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasi takomillashtirildi, ya’ni talabalarda mustaqil ishini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini mahorat darajasigacha rivojlantirish ular tomonidan yosh avlodni mustaqil ish faoliyatiga o‘rgatish ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. “Ingliz tili ” fanidan zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillari asosida talabalarni o‘zlashtirish darajasini tekshirish mezonlari ishlab chiqildi. Ushbu mezonlar talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta ’limni tashkil etish o‘zlashtirish darajasini tekshirishga asos bo‘ldi. 6. Talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasi ishlab chiqilib, unda talabaning mustaqil ishini tashkil etish olish jarayonini tashkil etish va boshqarishda ta ’lim tamoyillarining o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, ingliz tili fanidan talabalarning mustaqil ishini tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirishda o‘qitish metodlarining ahamiyati, tayyorgarlik sifatini oshirishda nimani, nima uchun, qanday, nima yordamida o‘qitsa, samaradorlik yuqori bo‘lishi masalalari ko‘rsatib o‘tildi. 7. Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida oliy ta’limning har bir talabasida fundamental bilimlarni bilish, aqliy mehnat qilish, ijodiy va mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish va xulosa chiqarish, shaxsiy metodik kompetentlilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, shuningdek tahsil olishda mas'uliyat va qat'iyatlilik hisi rivojlantirildi. 8. Pedagogik tajriba-sinov ishlari davrida tashkil etilgan amaliy faoliyat, innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida chet tili va uni o‘qitish metodikasi fanlarini o‘qitish natijasida talabalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy mulohazalarni erkin bayon qilish, qaror qabul qila olish, shaxsiy-kasbiy kompetentlilik rivojlantirildi. Talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta ’limni rivojlantirishda matematikani o‘qitish metodikasi o‘quv dasturida belgilangan mavzularni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida rejalashtirish hamda talabalarning shaxsiy tashabbus va intilishlarini hisobga olgan holda tashkil etish ta’lim oluvchilarni tarbiyalash imkoniyatini ro‘yobga chiqardi. Pedagogik tajriba- sinov ishlari jarayonida mustaqil ishini tashkil etish asosida tashkil etilgan darslarning yuqori samara berishi o‘z isbotini topdi. 9. Loyihaviy o‘qitish tizimi o‘quv faoliyati jarayoniga ham, uning natijalariga ham qiziqishni oshirgan holda motivatsiyalash sohasiga ta'sir ko‘rsatadi. Ish kishida qoniqish hosil qilganida, u insonni faollashtirib, atrofdagi olamga nisbatan ezgu hislarni namoyon etishni mashq qildirgan holda kishini kamroq toliqtiradi. o‘z qo‘limiz va aqlimiz mahsuli bizga hamma vaqt alohida qadrli, bu hol uni takomillashtirish yuzasidan izlanishlarni jadallashtiradi, demak, o‘quv faoliyatiga tadqiqot xususiyatini beradi. Bundan tashqari, individual qadriyatlar shkalasi ishlab chiqilib, unda nafaqat o‘z mehnatining, balki balki boshqa insonlar mehnatining natijalari ham alohida ahamiyat kasb etadi. 10. Loyihaviy o‘qitish tizimining gumanistik ma'nosi shundan iboratki, u shunchaki o‘quvchilarning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan vazifalarni hal etish faoliyatini nazarda tutmaydi, balki asosiy va yakuniy maqsad sifatida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishni ko‘zlaydi. Ikkinchi tomondan, loyihaviy o‘qitish 23 tizimida ijod mahsullarining ob'ektiv emas, balki sub'ektiv yangiligi dastlabki o‘ringa chiqadi. Xulosalarga quyidagi asosan ilmiy-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Oliy ta’limi muassasalari nofilologik yo‘nalishlari talabalariga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirishga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va elektron materiallar ishlab chiqish zarur. 2. Oliy ta’limi muassasalari talabalarining nutq faoliyatiga oid kompetentsiyalari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish)ni shakllantirishga qaratilgan milliy korpus ishlab chiqish maqsadga muvofiq. 3. Oliy ta’limi muassasalari talabalarida «Amaliy ingliz tili» bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar yaratishda ularning mazmuniga mustaqil ta ’limga asoslangan amaliy-treninglarni o‘tkazish bo‘yicha tatbiqiy jihatlarni o‘zlashtirish va mos variantlarni ishlab chiqish tavsiya etiladi. 24 НАУЧ Н Ы Й СОВЕТ DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 ПО ПРИСУЖ ДЕНИЮ УЧЕНЫ Х СТЕПЕНЕЙ ПРИ ЧИ РЧИ КСКО М ГОСУДАРСТВЕННОМ ПЕДАГОГИЧЕСКОМ УНИВЕРСИТЕТЕ НАЦИОНАЛЬНЫ Й УНИВЕРСИТЕТ УЗБЕКИСТАНА ИМ ЕНИ МИРЗО УЛУГБЕКА РАХМОНБЕРДИЕВА КАРИМА САЙДАНОВНА ТЕХНОЛОГИИ СОВЕРШ ЕНСТВОВАНИЯ М ЕТОДИКИ ОРГАНИЗАЦИИ САМ ОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННОМ У ЯЗЫ КУ СТУДЕНТОВ (на примере нефилологических направлений) 13.00.02 - Теория и методика образования и воспитания (английский язык) АВТОРЕФЕРАТ ДИССЕРТАЦИИ ДОКТОРА ФИЛОСОФИИ (PhD) ПО ПЕДАГОГИЧЕСКИМ НАУКАМ Чирчик - 2023 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling