Dissertatsiyasi avtoreferati


  O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O ‘zbekiston Respublikasi oliy


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana17.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1533683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
talabalarga chet tili oqitishda mustaqil talimni tashkil etish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari nofilologik yonalishlar misolida


O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O ‘zbekiston Respublikasi oliy 
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g ‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 5 maydagi 
PQ-2956-son “O ‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi qarori,
2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda 
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash b o ‘yicha chora-tadbirlar to‘g ‘risida”,
2019 yil 6 maydagi PQ-4310-sonli «Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g ‘risida»gi qarori, O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 11 avgustdagi 
610-son «Ta’lim muassasalarida chet tillarni o ‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g ‘risida»gi qarori
6


pedagogik faoliyatiga tayyorlash masalalari bo‘yicha Ye.N.Pryaxina, N.E.Pikina, 
V.Pugach, N.Sofronovalar ilmiy izlanishlar olib borishgan.
Xorijiy mamlakatlar olimlaridan C.W.Cobb, G.Pimbley, P.H.Douglas, 
Dj.Dyui, I.F.Gerbardlarning ilmiy ishlarida mustaqil ta ’lim samaradorligini 
oshirish masalalari, Ch.Abbott, N.Anderson, F.Barbara, A.Connell, A.Edwards, 
M.Hammind, V.Jadhav, S.Kennewell, A.Sharma, S.Sharma, W.N.Chambers, 
E.L.Cowen, Locard James, F.Raymond, H.Tanner, C.Wickens kabi olimlar esa 
o‘qitish texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati va ulardan foydalanish asoslari 
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Dissertatsiya 
tadqiqotining 
dissertatsiya 
bajarilgan 
oliy 
ta ’lim 
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog„liqligi: Dissertatsiya 
tadqiqoti Toshkent davlat sharqshunoslik 
universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari 
rejasining ’’Horijiy tillarni o‘qitish metodikasi" dasturi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning m aqsadi talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni 
tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish mazmuni, 
tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari va pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash;
talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etishning amaldagi 
holatini tahlil etish, mavjud muammolarni hamda zamonaviy tendensiyalari, 
metodik innovatsiyalar, shakl va vositalarini aniqlash va amaliyotga joriy etish;
chet tilini o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini 
takomillashtirish modelining amaliy komponenti (o‘quv materiallari va metodik 
usullarga kompleks yondashuv) bilan qayta aloqasi identivligini (tenglashtirish) 
ta'minlash 
asosida 
omillarini 
aniqlash, 
ularni 
tashxislash 
metodikasini 
takomillashtirish;
talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’lim sifati va samaradorligini 
aniqlash mezonlari va indikatorlarini takomillashtirish, samaradorligini baholash.
Tadqiqotning ob’yekti sifatida talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil 
ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish jarayoni belgilanib, tajriba- 
sinov ishlariga Urganch davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Toshkent 
davlat sharqshunoslik universitetining 522 ta talabasi jalb etilgan.
Tadqiqotning predm etini talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni 
tashkil etish metodikasini takomillashtirishning mazmuni, innovatsion metod, 
shakl va vositalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari: tadqiqotda adekvat holatda o‘rganishni ta'minlashga 
qaratilgan metodlar majmui qo‘llanildi: nazariy (tahliliy sintetik, qiyosiy- 
taqqoslash, 
analogiya), 
diagnostik 
(so‘rovlar, 
test 
o‘tkazish, 
kuzatish, 
loyihalashtirilgan metodlar), prognostik (ekspert baholash, mustaqil baholarni 
umumlashtirish), pedagogik eksperiment va matematik metodlar (ma'lumotlarni 
statistik qayta ishlash, natijalarni grafik tasvirlash va boshq.).
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
7


talabalarga 
chet 
tili 
o‘qitishda 
mustaqil 
ta’limni 
tashkil 
etish 
texnologiyasining tashkiliy tuzilmasi mustaqil ta ’lim natijasida shakllanadigan 
lingvodidaktik kompetensiyalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida qo‘llash hamda 
mustaqil ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash mezonlari va indikatorlarini 
aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
chet tiliga o‘qitish jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini 
majmuaviy-texnologik modelning amaliy komponenti bilan o‘quv materiallari va 
metodik usullarga kompleks yondashuvga ko‘ra qayta aloqasi identivligini 
(tenglashtirish) ta’minlash asosida mustaqil ta ’limga o‘qitishning lingvodidaktik 
ta’minoti takomillashtirilgan;
loyihaga asoslangan ta ’lim texnologiyasini mustaqil ta’lim jarayoniga 
samarali tatbiq etishning spektrli modeli talabalarning konstruktiv, tashkiliy, 
refleksiv va motivatsion loyihalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida muvaffaqiyatga 
erishish va rivojlanish vektoriga progressiv monitoringli qo‘llash asosida 
takomillashtirilgan;
talabalar o‘rtasida mustaqil ta’lim kompetensiyasini maqsadga muvofiq 
shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan mantiqiy tizim elementlarini o‘z ichiga 
olgan loyiha texnologiyasi didaktik modelini ta ’lim amaliyotiga tatbiq etishga 
qaratilgan chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasi va 
texnologiyasi takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
“Mustaqil ta’limni 
tashkil etish va o‘tkazish metodikasi” uslubiy 
qo‘llanmasi amaliyotga joriy etilgan;
chet tilini o‘qitish jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini 
takomillashtirishga mo‘ljallangan elektron ta’lim resursi yaratilgan hamda 
talabalarga motivatsiya beruvchi topshiriqlar to‘plami ishlab chiqilgan;
talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etishda interfaol 
dars ishlanmalari ishlab chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan;
chet tilini o‘qitish jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini 
takomillashtirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yaratilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Mazkur tadqiqot ishi natijalarining 
ishonchliligi unda ilgari surilgan nazariy qarashlar va amaliy takliflarning xalqaro 
va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari, OAK tomonidan 
e'tirof etilgan respublika va xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, nashr 
etilgan o‘quv va ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarda o‘z aksini topganligi, xulosa, taklif 
va tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinganligi, o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari 
samaradorligining matematik-statistik usullar asosida isbotlanganligi hamda 
olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan 
izohlanadi.
Tadqiqot 
natijalarining 
ilmiy 
va 
amaliy 
ahamiyati. 
Tadqiqot 
natijalarining ilmiy ahamiyati mustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasi mazmun- 
mohiyati, talabalarning chet tili bo‘yicha mustaqil faoliyati samaradorligini 
ta'minlashga qaratilgan didaktik shart-sharoitlarning aniqlashtirilganligi hamda 
baholash mezon va ko‘rsatkichlarining takomillashtirilganligi, innovatsion 
pedagogik texnologiyalar va metodikalar asosida talabalarning mustaqil ishini
8


tashkil etish takomillashtirilganligi va shu asosida ularda mustaqil faoliyat yuritish 
ko‘nikmasining rivojlantirilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mustaqil ta ’lim mashg‘ulotlarining 
ishlab chiqilganligi, ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy pedagogik ta ’lim 
muassasalari talabalarining mustaqil ishini takomillashtirish, ularni nofilologik 
ta’lim yo‘nalishlarida davlat ta’lim standarti, malaka talablari, yangi avlod darslik, 
o‘quv va metodik qo‘llanmalarini yaratishda keng foydalanish mumkinligi bilan 
belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning chet tilni o‘qitishda 
mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish maqsadida ishlab 
chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
mustaqil ta’lim natijasida shakllanadigan lingvodidaktik kompetensiyalarni 
kasbiy o‘zini anglash muhitida qo‘llash hamda mustaqil ta ’lim sifati va 
samaradorligini aniqlash mezonlari va indikatorlarini aniqlashtirish asosida ishlab 
chiqilgan talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish 
texnologiyasining tashkiliy tuzilmasiga oid amaliy taklif va metodik tavsiyalardan 
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot instituti 
Qopaqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997- raqamli “Yoshlarni 
umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashning 
muammolari” 
mavzusidagi 
amaliy 
loyihada 
doirasida 
foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy 
tadqiqot instituti Qopaqalpog‘iston filialining 2022 yil 28 oktabrdagi 297-son 
ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil 
etish orqali ta’lim samaradorligi oshgan;
chet tiliga o‘qitish jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini 
majmuaviy-texnologik modelning amaliy komponenti bilan o‘quv materiallari va 
metodik usullarga kompleks yondashuv asosida qayta aloqasi identivligini 
(tenglashtirish) ta’minlash asosida mustaqil ta ’limga o‘qitishning lingvodidaktik 
ta’minotiga doir xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika 
fanlari Ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F3-2016-09081165532- raqamli 

Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va 
adabiyotini rivojlantirish metodikasi” fundamental loyihada foydalanilgan 
(T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot 
instituti 
Qoraqalpog‘iston 
filialining 
2022 
yil 
28 
oktabrdagi 
297-son 
ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga chet til o‘rgatishda mustaqil ishini 
rivojlantirish va boshqarish modellari, mustaqil ta ’limni majmuaviy-texnologik 
modelining 
amaliy 
komponenti 
ya’ni 
o‘quv-metodik 
materiallari 
takomillashtirilgan;
talabalarning konstruktiv, tashkiliy, refleksiv va motivatsion loyihalarni 
kasbiy o‘zini anglash muhitida muvaffaqiyatga erishish va rivojlanish vektoriga 
progressiv monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan loyihaga asoslangan 
ta’lim texnologiyasini mustaqil ta ’lim jarayoniga samarali tatbiq etishning spektrli 
modeliga oid xulosalardan “English for orientaliss” darsligini yaratishda 
foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligining 
2022 yil 13 maydagi 166-buyrug‘iga asosan berilgan 166-155-raqamli nashr
9


guvohnomasi). Natijada talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil 
etish orqali ta’lim samaradorligi oshgan;
talabalar o‘rtasida mustaqil ta’lim kompetensiyasini maqsadga muvofiq 
shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan mantiqiy tizim elementlarini o‘z ichiga 
olgan loyiha texnologiyasi didaktik modelini ta ’lim amaliyotiga tatbiq etishga 
qaratilgan chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasi va 
texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “English for orientaliss” 
darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-buyrug‘iga asosan berilgan 166-155- 
raqamli nashr guvohnomasi). Natijada talabalarga darslikda aks etgan mustaqil 
ta’limni tashkil etish didaktik ta’minot takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Dissertatsiya tadqiqoti natijalari 
3 xalqaro va 4 ta respublika anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 
jami 17 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
attestatsiya komissiyasi dissertatsiyal asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun 
tavsiya qilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 3 tasi respublika, 3 tasi 
xorijiy jurnallarda nashr qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 135 
betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati 
asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari 
bilan bog‘liqligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'ekti, predmeti, tadqiqot 
usullari aniqlangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor 
yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan; tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari 
bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, 
tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, nashr etilgan ishlar, dissertatsiya 
tuzilishi bo‘yicha ma'lumotlar berilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Talabalarga chet 
tili o„qitishda 
mustaqil 
ta ’limni 
tashkil etishning 
nazariy metodologik asoslari” deb 
nomlangan bo‘lib, unda talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil 
etish - ijtimoiy pedagogik zaruriyat sifatida talqin etilib, talabalarni faol mustaqil 
bilim olishning zamonaviy metod, shakl va vositalari bilan tanishtirish, loyihaviy 
faoliyatini tashkil etish, mustaqil ta’limni tashkil etish usullari, vositalari hamda 
texnologiyalari; talabalarda mustaqil ta’lim olishga ishtiyoq, turtki, qiziqish, hissiy 
intilishni amalga oshirish yuzasidan mutafakkirlarning, qomusiy olimlarning 
fikrlari, pedagogik qarashlaridan unumli foydalanish masalalari yoritilgan. Oliy 
ta’lim tizimida chet 
tili o‘qitish jarayonida mustaqil 
ta’lim vositasida 
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish maqsadida turli 
manbalardan 
mustaqil foydalanish mumkin, masalan, muzeylarga, suratlar
10


galereyalariga ekskursiyalar uyushtirish kabilar shular jumlasidandir. Ba'zi 
hollarda talabalar “loyiha” topshirig‘ini mustaqil bajarish uchun 4-6 haftagacha 
muddatga darslardan ozod etiladi. Bunday ish natijasida hisobotlar tuzilib, 
pedagoglarga taqdim etiladi. Topshiriqlar tipologiyasi turli xil bo‘lib, ularning 
barchasi talabalar tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishilishini nazarda 
tutadi. Tanlab ishlash, yakka tartibda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladigan ish (directing 
study), tayyorgarlik, seminar (talabalar o‘z ishining natijalari bilan tanishtiriladi) 
va maxsus chet tilni o‘rgatishni rivojlantirish bo‘yicha «qidiruv-tadqiqot» ishi (o‘z 
rejasi bo‘yicha ishlash) ustunlik qiladi.
Keyingi yillarda 
metodik tadqiqotlarda talabalarga chet tili o‘rgatishda 
mustaqil ta’limni tashkil etish quyidagi belgilarga ega bo‘lgan yaxlit tizim sifatida 
qaralmoqda:
1) muammoli bilish - kommunikativ vazifaning mavjudligi;
2) o‘qituvchi tomonidan mustaqil ishning tashkil etilishi va boshqarilishi;
3) mustaqil ishni bajarishda talabalarning faolligi;
4) talabalar mustaqilligi (o‘zgartiruvchi, ijodiy);
5) talabalar ijodi, uning darajasi o‘qitish bosqichi, talabalarning bilimlilik 
darajasi hal etilayotgan kommunikativ topshirig‘ining xususiyati bilan belgilanadi.
Talabalarda mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otish mustaqil ta’lim 
mazmunini tashkil etuvchi quyidagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi:
mustaqil faoliyat olib borishda muhim hisoblangan zamonaviy voqelik va 
ularga bo‘lgan munosabat;
tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borish, talabaning mustaqil ta ’lim 
olishlarida tayyorgarlik davridagi kasbiy mustaqil ta ’lim;
o‘quv fanlarini yanada chuqurroq o‘rganishga, shaxsiy - hayotiy rejalari, 
shaxsiy qiziqish asosida yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim;
o‘z iste'dodini va sevimli mashg‘ulotlarini rivojlantirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan mustaqil ta’lim;
chet tili o‘rganish bo‘yicha mustaqil ta’lim;
o‘z xarakterini tarbiyalashga qaratilgan mustaqil ta’lim.
Talabalar mustaqil ishlarining oliy ta’lim muassasasi o‘quv jarayonida 
amalga oshiriladigan turlariga e'tibor qaratamiz. Ushbu muammoga nisbatan 
tadqiqotchilarning yondashuvlari turlicha. Ayrim tadqiqotchilar mustaqil ishlarni 
ularning didaktik maqsadlariga ko‘ra, boshqalari o‘quvchilar tomonidan mustaqil 
ishlar jarayonida hal etiladigan bilish topshiriqlarining 
xususiyatiga qarab, 
uchinchilari esa bilish topshiriqlarini hal etish jarayonida o‘quvchilar bilish 
faoliyatining xususiyati 
bo‘yicha tasniflashadi. To‘rtinchi turga mansub 
tadqiqotchilarning ishlarida mustaqil ish turlarining barcha yuqorida sanab o‘tilgan 
asoslarini hisobga oluvchi tasnifini yaratishga urinishlar amalga oshirilgan.
P.I.Pidkasistiy mustaqil ishlarni bilish topshiriqlari va bilish faoliyatining 
xususiyatiga qarab guruhlaydi hamda mustaqil ishlarning quyidagi turlarini 
ajratadi:
1)mustaqil ishlarni namuna bo‘yicha amalga oshiruvchi;
2)rekonstruktiv-variativ;
11


3)evristik;
4)ijodiy (tadqiqot).
Fikrimizga ko‘ra, ushbu turlarning har biri chet tili o‘qitishda mustaqil 
ta’limni tashkil etishning mazmuniy-mantiqiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi, 
shunga qarab talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’lim orqali baholash 
darajasi belgilanadi.
R.S.Semenova tomonidan taklif etilgan mustaqil ta ’lim turlarining tasnifi 
katta qiziqish uyg‘otadi. U oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini didaktik 
nuqtai nazardan tahlil qilib, rejalashtiruvchi, ijro va nazorat funktsiyalarining 
o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan holda mustaqil ta’limning uchta turini ajratadi:
1) ijodiy (evristik) yo‘nalishdagi mustaqil ta’lim;
2)ta’lim-qidiruv yo‘nalishdagi mustaqil ta’lim;
3)reproduktiv yo‘nalishdagi mustaqil ta’lim.
Muallifning ta’kidlashicha, mustaqil ta’limni ikkita guruhga bo‘lish o‘rinli: 
«ijroiy» va «ijodiy», bu yerda ijodiy ta ’limga ustunlik beriladi. Biz muallifning 
faqat ijodiy faollikka, mustaqillikning yuqori darajasiga ustunlik berish va 
takrorlovchi ishlarga yetarlicha baho bermaslik noto‘g‘ri, degan fikriga 
qo‘shilamiz, chunki haqiqiy ijodiy mustaqil ta ’limni faqat mustahkam bilimlar 
asosida hamda bilish-qidiruv va reproduktiv yo‘nalishdagi turli-tuman o‘quv 
vazifalarini mustaqil bajarish jarayonida aqliy faoliyatning aniq usullarini ta ’limda 
ishlab chiqish orqali amalga oshirish mumkin deb hisoblaymiz. Reproduktiv bilish 
faoliyati jarayonida bilimlarni yanada chuqurlashtirish va o‘zgarish jarayoni 
takomillashtirilgan holda ijodiy-qiziquvchan faoliyat uchun poydevor qo‘yiladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, talabalarga chet tilidan mustaqil ta ’limni 
tashkil etish metodikasini takomillashtirish muammosi ijtimoiy zarurat ekanligini 
ko‘rishimiz mumkin. Mustaqil ta’lim o‘quv muassasalaridan tashqarida talabaning 
o‘z xohishi asosida ishlash davomida amalga oshiriladi. Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limga talabaning o‘quv yuklamasining 40 - 60 % 
gacha ajratilgan. Mustaqil ta’limni tashkil etish - o‘qituvchi yordamisiz OTMdan 
tashqari jarayonda bilimlarni egallash sifatida ta'riflangan. Mustaqil ish faoliyati, 
mustaqil shug‘ullanish kabi iboralar qo‘llaniladi.
Bobda oliy ta’lim muassasalarida chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limning 
holati va uni tashkil qilishning o‘ziga xos jihatlari, mustaqil ishning o‘rni hamda 
ahamiyati, mustaqil ishni tashkil etish mohiyati, uni tashkil qilish yo‘llari va 
vositalari ko‘rsatib berilgan, mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonining tarkibiy 
qismlari sifatida qaralishi ilmiy-metodik jihatidan asoslangan.
Shundan kelib chiqib, xorijiy davlatlar oliy ta ’lim tizimida erishilgan 
tajribalar bilan mamlakatimiz oliy ta ’limidagi yutuqlar va kamchiliklarni qiyoslash 
hamda bu sohada aniq vazifalarni belgilab olish maqsad qilib qo‘yildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil 
etish jarayoni va uning o‘quv-uslubiy ta'minoti, tashkiliy tuzilmalari bilan bog‘liq 
hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud ekanligi ko‘rindi. O‘quv 
rejada talaba mustaqil ishini bajarishda bir qator muammolar mavjud, ya’ni o‘quv 
rejalarida auditoriyadan tashqari ishlarga, mustaqil ish faoliyatiga talaba o‘quv 
12


vaqtining qariyb beshdan uch qismi ajratilgan bo‘lsa-da, talaba mustaqil ishi 
bo‘yicha topshiriqlar soni va hajmi ko‘p hollarda noto‘g‘ri taqsimlanadi, 
topshiriqni bajarishga sarflanadigan vaqt inobatga olinmaydi, natijada talabalar 
mustaqil ishni tezroq bajarish uchun unga yuzaki munosabatda bo‘ladi, darslikdan 
ko‘chirib oladi, ijodiy yondashmaydi, mustaqil fikr bildirmaydi.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, talabalarga chet 
tili o‘qitishda mustaqil 
ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish jarayonlarini quyidagi 
bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz (1-rasmga 
qarang).
1-rasm. M ustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish
jarayoni bosqichlari.
Ta’kidlash joizki, talabalarga chet tili o‘qitishda 
mustaqil ta ’lim olish 
muammosi psixologlar, pedagoglar, didaktlar va metodistlar tomonidan keng 
muhokama qilinmoqda. Ularning tadqiqotlari ta ’lim oluvchilarning o‘quv 
jarayonidagi mustaqil ta ’limning didaktik maqsadlarini umumiy ko‘rinishda 
shakllantirishga imkon yaratadi.
Talabalarning chet 
tili egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va 
akademik bilimlar negizida ularni amaliy faoliyatga tayyorlashni ko‘zda tutadi. 
Talabalar oldiga u yoki bu ilmiy-nazariy ma'lumotlar nima uchun o‘rganilmoqda, 
ushbu bilimlarni qachon, qanday vaziyatlarda qo‘llash mumkin? kabi savollar 
ko‘ndalang qo‘yiladi.
Ushbu savollarga javob izlash jarayonida ular chet tiliga oid real, hayotiy 
muammolarni yechish natijasida bilimlarini yanada kengaytirishga zarurat 
sezadilar. Talabalarga chet tili o‘rgatishda berilgan mustaqil ta ’lim jarayonida 
muammolar yechimini qidiradilar va muayyan natijalarni qo‘lga kiritadilar. 
Shundan kelib chiqqan holda, loyiha bosqichlari asosida mustaqil ta’limni tashkil 
etish maqsadga muvofiq degan xulosaga kelindi (2-rasmga qarang).
13



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling