Dissertatsiyasi avtoreferati
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarga chet tili oqitishda mustaqil talimni tashkil etish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari nofilologik yonalishlar misolida
1
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar. - https://president.uz/oz/lists/view/3324 5 ta’lim darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish va tubdan takomillashtirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Mazkur dissertasiya tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-son “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2019 yil 6 maydagi PQ-4310-sonli «Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 11 avgustdagi 610-son «Ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan Л vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi . Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo„nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan. M uammoning o„rganilganlik darajasi. Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasining turli jihatlari respublikamiz olimlari J.Jalolov, A.Nurmanov, T.K.Sattarov, L.T.Axmedova, O‘.H.Xoshimov; Ta’lim jarayonida oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta ’limini tashkil etish masalalari respublikamiz olimlari B.Ziyomuhammadov, J.G‘.Yo‘ldoshev, N.S.Sayidahmedov, H.Qarshiboyevlar; chet tili o‘qitishda talabalarning mustaqil ishini takomillashtirishning mazmuni va metodikasini takomillashtirishning ayrim jihatlari M.Barakayev, T.Jo‘rayev, G.V.Zlotskiy, G.Izetayeva, S.I.Qo‘lmamatov, M.Tojiyev, N.R.G‘aybullayev, D.Yunusovalarning ilmiy tadqiqotlari ob’yekti hisoblanadi. Mustaqil Davlatlar Hamjamiyati (MDH) mamlakatlarida til ta’limi muhitini rivojlantirishning texnologik jihatlari A.M.Bashmakov, S.V.Korovin, V.V.Meshkov, V.A.Starix, talabalarning mustaqil ishini takomillashtirish N.V.Smetanina, G.I.Sarantsev, L.P.Yakushkina, A.A.Drobishevskiy, kasbiy Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling