saralash
(tanlash) usuli
deb
ataladi.
Ammo bu ishni tartib bilan amalga oshirmasak, qandaydir tanlanmani
unutishimiz mumkin yoki aksincha, qandaydir tanlanmani ikki marta sanashimiz
mumkin. Shuning uchun tanlanmalarni birma-bir qarab chiqishda quyidagilarga
amal qilish maqsadga muvofiq:
1.
Tanlanmalarni harflar yoki raqamlar bilan belgilab chiqamiz.
2.
Tanlanmalarni belgilashda agar harflar ishlatilgan bo‘lsa – alfavit
tartibida, agar sonlar ishlatilgan bo‘lsa – sonlarni oʻsish tartibida yozib chiqamiz.
Shunday ish tutilsa, birorta ham tanlanma qolib ketmaydi va aksincha,
ayrim tanlanmalar takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1-masala.
Fermer xo‘jaligida 3 ta yer maydonining biriga qovun, biriga
tarvuz, biriga bodring ekish mo‘ljallangan. Poliz ekinlarini bu yer maydonlariga
necha xil usulda ekish mumkin?
Yechish.
Poliz ekinlarini mos ravishda a, b, c bilan belgilaymiz. U holda
bu ekinlarni 3 ta yer maydoniga mos ravishda abc, acb, bac, bca, cab, cba
usullarda ekish mumkin. E’tibor bergan bo‘lsangiz, tanlanmalar alfavit tartibida
yozib aniqlandi. Bu bilan birorta ham tanlanmalarning qolib ketmasligiga va
takrorlanmasligiga erishildi.
2-masala.
Madina olma, nok va mandarinni yemoqchi. Madina mevalarni
qanday ketma−ketlikda, necha xil usulda yeyshi mumkin?
Yechish.
Mevalarni harflar bilan belgilaymiz: O − olma, N − nok, M −
mandarin. Bu holda, masalan, NMO − bu dastlab nok, soʻng mandarin va oxirida
olma yeyilishi anglatuvchi imkoniyat.
Barcha tanlanmalarni alfavit tartibida yozib chiqamiz: MNO, MON, NMO,
NOM, OMN, ONM. Bunday yozishda birorta ham tanlanma qolib ketmadi va
takrorlanmadi.
Demak, poliz ekinlarini 6 xil usulda ekish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |