Dolzarb masalalari


 KOMBINATORIKA MASALALARINI YECHISHNING


Download 376.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana27.02.2023
Hajmi376.07 Kb.
#1234196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5ZL4v8dYABgRvNQb1vZzDnzhLSyq3971gSmVYsQN

2. KOMBINATORIKA MASALALARINI YECHISHNING 
QOʻSHISH VA KO‘PAYTIRISH QOIDALARI 
A va B to‘plamlar berilgan. Har bir to‘plam elementlaridan turli qoidalarga 
ko‘ra tanlanmalar tuzilayotgan bo‘lsin va bu tanlanmalar bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmasin.
Qoʻshish qoidasi. 
Agar A to‘plamdan tanlanmani m ta usul bilan, B 
to‘plamdan esa tanlanmani n ta usul bilan tuzish mumkin boʻlsa, u holda bu 
to‘plamlardan (ya’ni A yoki B to‘plamdan) bitta tanlanmani m + n ta usul bilan 
tuzish mumkin. 
Bu kombinatorika masalalarini yechishning 
qo‘shish qoidasi 
deb ataladi. 
1-masala. 
Savatda 5 ta olma, 3 ta nok, 4 ta xurmo va 6 ta anor bor. 
Savatdan bitta mevani necha xil usulda tanlash mumkin?  


Yechish.
Olmani 5 xil usulda, nokni 3 xil usulda, xurmoni 4 xil usulda va 
anorni 6 xil usulda tanlash mumkin. Demak, savatdan mevani 5 + 3 + 4 + 6 = 18 
usulda tanlash mumkin. 
Javob:_Savatdan_meva_18_xil_usulda_tanlanishi_mumkin.__2-masala'>Javob: 
Savatdan meva 18 xil usulda tanlanishi mumkin. 
2-masala
. “Jannatmakonim” soʻzidan bitta unli yoki bitta undosh harf 
tanlash imkoniyatlari sonini aniqlang
 
Yechish
“Jannatmakonim” soʻzida 3 ta turli unli (A={ a, o, i }) va 5 ta 
turli undosh (B= { j, n, t, m, k }) harflar boʻlgani bois, qoʻshish qoidasiga koʻra 
unli yoki undosh harf tanlash imkoniyatlari soni 3 + 5 = 8 ga teng. 
Javob
: 8 
Ko‘paytirish qoidasi. 
Yana A va B to‘plamlar berilgan bo‘lsin. Har bir 
to‘plam elementlaridan turli qoidalarga ko‘ra tanlanmalar tuzilayotgan bo‘lib va bu 
tanlanmalar bir-biriga bog‘liq bo‘lmasin.
Agar A toʻplamdan tanlamani m ta usul va B toʻplam-dan tanlamani n ta 
usul bilan tanlash mumkin boʻlsa, A va B toʻplamlardan tanlamani m · n ta usul 
bilan tanlash mumkin. 
Bu kombinatorika masalalarini yechishning 

Download 376.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling