Don va don maxsulotlari biokimyosi
Reaktiv, asbob va uskunalar
Download 320.88 Kb.
|
Don va don maxsulotlari biokimyosi o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aniqlash tartibi.
Reaktiv, asbob va uskunalar:
Sokslet apparati. Organik erituvchi (yuqorida qayd etilganlaridan biri). Quritgich shkafi. Byuks idishlari. Eksikator. Filtr qog’ozi. Analitik tarozi. Aniqlash tartibi. Yog’sizlantirilgan filtr qog’ozidan (kattaligi 10x12 sm) qopchiq tayyorlanadi va byuks idishiga qo’yib quritgich shkafida 100-105 0C issiqligida 1 soat davomida quritiladi, so’ng eksikatorda sovutilib analitik tarozida tortiladi. Qopchiq ichiga 1-2 g atrofida ozuqa namunasi solinadi, agar yog’ni ko’p saqlaydigan ozuqa bo’lsa unda 5-10 g solinadi. Qopchiq qalam bilan raqamlanadi va byuks idishiga solinib quritgich shkafida 100-105 0C issiqlikda og’irligi o’zgarmaguncha quritiladi. Quritilgan namuna ekstraktorda sovutib tarozida og’irligi tortiladi. Qopchiq bilan ozuqa namunasining og’irligidan bo’sh qopchiq og’irligini ayirib ozuqa og’irligi aniqlanadi. Qopchiq bilan namuna Sokslet apparatining ekstraktor qismiga joylashtiriladi. Qopchiq ekstraktorning sifon trubkasining tepa qismidan pastroqda joylashgan bo’lishi kerak. Kolbaning 2/3 qismigacha erituvchi to’ldiriladi. Kolba ekstraktorga ulanadi, unga esa sovutgich kiydiriladi. Terilgan apparat elektr plitasiga o’rnatiladi va Buzen shtativi bilan berkitiladi. Sovutgichni suv bilan ta’minlanib turishi uchun kranga qo’shiladi. Elektr plitasi yoqiladi va kolbadagi erituvchi qaynatiladi. Kolbadagi harorat erituvchining qaynash haroratidan juda ham oshib ketmasligi kerak. Yuqorida Sokslet apparatining ishlash usuli keltirilganidek, kolbadagi erituvchi qaynaganidan so’ng bug’lanib, sovutgichda tomchilab ekstraktorni to’ldiradi va ozuqa tarkibidagi yog’ni eritadi. Ekstraktor erituvchiga to’lganidan so’ng, u sifon trubkasi orqali yana kolbaga quyilib qaytadi. Erituvchining bunday aylanishi 1 soat davomida 4-5 marotaba takrorlanadi. Ozuqa namunasini ekstraktlash 5-6 soat davom ettirish kerak, yog’ni ko’p saqlaydigan ozuqalar uchun esa 10-12 soat. Ekstraktlash tamom bo’lgandan so’ng elektr plitasi o’chiriladi va sovutgichga suv berish to’xtatiladi. Ekstraktordan qopchiqlar olinib byuks idishlari ichida havo tortqich shkafida 1,5-2 soat davomida quritiladi. So’ng qopchiq o’zining byuks idishida quritgich shkafida 100-105 0C issiqlikda og’irligi o’zgarmaguncha quritiladi. 7. Quritilgan qopchiq eksikatorda sovutib analitik tarozida tortiladi. Barcha natijalar xom yog’ni aniqlash shakliga yoziladi.
Download 320.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling