Donni saqlash va qayta ishlash
Download 0.87 Mb.
|
dondan labaratoriya
O’rtacha namuna ajratish. O’rtacha deb, don sifatini aniqlash uchun ajratilgan dastlabki nusxaning bir qismiga aytiladi. Agar dastlabki namuna 2 kg og’irlikda bo’lsa, ushbu namuna bir vaqtning o’zida o’rtacha namuna hisoblanadi. Agar dastlabki namunaning og’irligi 2 kg dan oshsa, unda o’rtacha namuna ajratiladi.
O’rtacha namuna ajratishni bo’lish aparatlari yordamida yoki qo’lda amalga oshiriladi. Aralashtirish jarayoni quyidagi tarzda o’tkaziladi: yupqa yog’och taxtachani o’ng va chap qo’lda ushlab, ular bilan donni ikki qarama-qarshi tomonga engil ko’tariladi va kvadrat o’rtasiga to’kib keyin aralashtiriladi. Ushbu ishni bir necha marotaba amalga oshiriladi, natijada silindr shaklidagi uyumcha paydo bo’ladi. So’ng donni yupqa yog’och taxtachalar bilan uyumchani ikki tomondan egallab, bir vaqtning o’zida ular o’rtaga to’planadi. Shunda birinchi uyumchaga nisbatan perpendikulyar joylashgan ikkinchi uyumcha yuzaga keladi (2-rasm, o’ngda). Bunday aralashtirish 3 marotaba o’tkaziladi. 2 rasm. Namunalarni qo’lda aralashtirishda yuzaga keltirilgan don qatlami Aralashtirilgandan keyin dastlabki namuna ikkinchi marta kvadrat shaklida (mayda urug’lik ekinlari uchun 1,5 sm va yirik urug’liklar uchun 5 sm dan ortiq bo’lmagan qalinlikda) taqsimlanadi va yupqa taxtacha yoki chizg’ich bilan dioganal bo’yicha 4 ta uchburchakka bo’linadi (3-rasm). So’ngra ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi donlar yig’ishtiriladi, qolgan ikki uchburchakdagi donlar esa birbiriga aralashtiriladi va yuqorida qayd etilganidek, o’sha usulda aralashtiriladi va yana 4 ta uchburchakka bo’linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi don yig’ishtirib olinadi, qolganlari yana aralashtiriladi. Bu ish ikki uchburchakdagi don og’irligi taxminan 2 kg ga bo’lguncha davom etadi. Shunda o’rtacha namuna yuzaga keladi. 3-rasm. Diogonal bo’lish usulida namuna ajratish O’rtacha namuna laboratoriyaga kiritiladi. U ko’zdan kechiriladi tortiladi, rasmiylashtiriladi va tartib raqami o’tkazib qo’yiladi. Keyinchalik bu raqam ushbu namunaga tegishli barcha hujjatlarga qo’yib boriladi. 4-rasmda tahlil uchun o’rtacha namuna va namuna qismlarini ajratishni tuzish sxemasi keltirilgan 4-rasm. Don uyumidagi o’rtacha namuna olish chizmasini tuzish va tahlilga ajratish Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling