Donni saqlash va qayta ishlash
O’rtacha kunlik namuna tuzish va o’rtacha namuna ajratish
Download 0.87 Mb.
|
dondan labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makkajo’xori to’plamlaridan namuna olish va o’rtacha namuna tuzish
O’rtacha kunlik namuna tuzish va o’rtacha namuna ajratish.
Xo’jaliklardan sifati bo’yicha bir turli don to’plamlarini qabul qilishda ularning sifatini baholashda o’rtacha bir kunlik namunalardan foydalanishga ruxsat etiladi. O’rtacha kunlik namuna faqat u yoki bu xo’jalikdan bir kecha-kunduzda keladigan bir turli don to’plamlaridan tuziladi. Bir xil namlik, shikastlanish va organoleptik ko’rsatkichlarga ega don to’plamlari bir turli hisoblanadi. Bunda namlik va zararlanish laboratoriya tahlili yordamida aniqlanadi. Donning qanday navga mansubligi nav hujjatlari asosida belgilanadi. Agar keyingi kelgan to’plamdan olingan namunani ko’zdan kechirayotganda ushbu don to’plamining bir turligini to’g’risida avvalgi qabul qilingan to’plamga nisbatan solishtirilganda biror gumon paydo bo’lsa, unda darxol ushbu to’plamdan namuna olib, laboratoriya tahlilidan o’tkazish kerak. O’rtacha kunlik namuna har bir avtomashinadan bo’lgich yoki o’lchagich (200 sm3 hajmli) yordamida ajratish yo’li bilan namuna qismini keltirilgan don og’irligiga nisbatan proporsional ravishda tuziladi. Demak, 1,5 tonnagacha bo’lgan don to’plamdan 1 o’lcham 1,5-3 tonnalik to’plamdan–2 o’lcham, ya’ni har 1,5 tonna don to’plamidan qo’shimcha 1 o’lcham olinadi. O’rtacha kunlik namunadan don sifatini aniqlash uchun o’rtacha namuna ajratiladi (bo’lgich yoki qo’lda). Xo’jaliklardan keltirilgan birinchi to’plamdan olingan namunada don naturasi – asl ko’rinishini yoki donning og’irligi aniqlanadi, bu ko’rsatkich tahlil qog’oziga yozilib, namuna saqlanadigan idishga solib qo’yiladi. Xo’jaliklardan keltirilgan avtomashinalardagi don kun davomida uncha ko’p miqdorda bo’lmasa, don to’plamining og’irligiga nisbatan o’rtacha kunlik namunasi donning asl ko’rinishini aniqlash uchun etarli emasdir, chunki donning birinchi to’plamidan olingan o’rtacha kunlik namunaga asosan tahlil qilib, asl og’irligi ko’rsatiladi. Makkajo’xori to’plamlaridan namuna olish va o’rtacha namuna tuzish. Makkajo’xori to’plamlaridagi don sifatini baholashda asosan boshqa don mahsulotlarini baholagandek ko’rsatkichlardan foydalaniladi, ammo bu don o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Makkajo’xorini baholashdagi xususiyatlari namuna qismlarini tanlash qoidalari va tahlil qilish uchun namuna tuzishda o’zini ko’rsatadi. Shuning uchun makkajo’xorining tovar to’plamlarida namuna davlat standartlarida bayon etilgan qoidalar bo’yicha 100 so’tadan tuziladi. So’tali makkajo’xorining namuna qismlari avtomashinaning ikki, kuzovning oldingi va keyingi chekkalaridan 0,5-0,7 m masofadagi uzunasiga joylashgan nuqtalardan olinadi: Har bir nuqtalardan so’talar olib tashlangan holda, taxminin 10 sm chuqurlikda yonma-yon joylashgan istalgan 5 tadan so’tani olish mumkin. Makkajo’xorini vagonlarda tashishda, har bir vagonga ortish va tushirish jarayonida 100 ta so’ta olinadi. Vagondan olinadigan namuna qismlari miqdori 20 ta bo’lib, ularning har birida beshtadan so’ta olinadi. Makkajo’xori so’talarining barcha namuna qismlarining o’zi dastlabki namuna hamda bir vaqtning o’zida o’rtacha namuna hamdir. Sifat ko’rsatkichlarini (namlikdan tashqari) aniqlash so’talarni laboratoriyaga olib bormasdan, to’g’ridan-to’g’ri dastlabki namunani olgan joyda, tegishli holda so’talarni saralash va ularni tortmasdan hamda ko’zdan kechirish bilan amalga oshiriladi. Tahlil natijalarini namunadagi so’talar miqdoriga nisbatan foiz bilan ifodalanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling