Donni saqlash va qayta ishlash
Bo’lgichlarda namunalarni ajratish
Download 0.87 Mb.
|
dondan labaratoriya
Bo’lgichlarda namunalarni ajratish. Tahlil uchun o’rtacha namunalardan namunachalarni ajratish, shuningdek, o’rtacha namunani aralashtirish bo’lgich apparatlarida va qo’lda amalga oshiriladi.
Gusev bo’lgichi (5-rasm), ham namunalar ajratish uchun ishla-tiladi, shuning uchun unda ishlash tartibini keltiramiz. Apparatning yuqori qismi ichidan voronka, zatvor bilan jihozlangan chiqaruvchi darcha bor. Bo’lgichning quyi qismiga konus mahkamlangan bo’lib, uning cho’qqisi voronka teshigi markazida joylashgan. Konus asosida 20 ta teshik yacheykalar bo’lib, ular bir-biridan alohida joylashgan. Birdan joylashgan 10 teshikdan don bir cho’michga, boshqa 10 teshikdan esa ikkinchi cho’michga yo’naltiriladi. Konus pastida, bo’lgichning quyi cho’michida don tushishi uchun mo’ljallangan voronka joylashgan. Don to’plash uchun cho’michlar ustma-ust o’rnatilgan bo’ladi, shuning uchun yuqoridagi cho’michning o’rtasida teshikli quvurcha bo’lib, u orqali don quyi cho’michga tushadi. 3 2 1 5-rasm. Gusev bo’lgichi: 1-umumiy ko’rinishi; 2-bo’ylama kesimi; 3-bo’lish qismi. Bo’lgichni qulay ishlatish uchun uni unchalik baland bo’lmagan xontaxta yoki taburetkaga o’rnatiladi. Uning oyoqchalari taburetkaga o’rnatiladi. Uning oyoqchalari taburetkaga vint yoki shurplar bilan mahkamlanadi. Bo’lgich ishlatilishidan oldin chang, donlardan tozalanadi, taburetka esa tekis yer sathiga o’rnatiladi. Namunalarni aralashtirish va bo’lishda ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Donni bo’lgich voronkasiga biroz balandlikdan (voronka chetidan taxminin 5 sm) to’kiladi va xokandozcha yoki belko’rakcha bilan tekislanadi, so’ng jumrak (zatvor) ochiladi; don konusga tushadi, bo’lish uyachalaridan (yacheyka) o’tadi va cho’michga tushadi. Bo’lgichda don 3 marta o’tkazilganidan keyin tahlil uchun namunachalar ajratishga o’tiladi. Misol: Donning iflosligini aniqlash uchun 50 g namuna ajratish zarur. Buning uchun ikkala cho’michdan donni bo’lgich voronkasiga to’kiladi, jumrak ochiladi. Don o’tkazilganidan keyin jumrak berkitiladi va don pastki cho’michda shunday miqdorda don qolsinki, uning og’irligi tahlil uchun zarur namunachadan birmuncha ortiq bo’lishi kerak. Bo’lgichdan oxirgi marta o’tkazilgandan keyin don torozi pallachalariga to’kilib tortiladi. 50 g va undan ortiq namunani tortishdagi aniqlik 0,5 g atrofida bo’lishi shart. Agar donni ortiqchaligi namuna og’irligining 10% idan oshmasa (masalan, 50 g namuna uchun 5 g ortiqcha), bu ortiq miqdorini torozi pallasidan qoshiqcha bilan butun qatlam qalinligi bo’yicha turli erlardan olinadi. Agar namunadagi ortiqcha miqdor 10% dan ortiqcha bo’lsa, unda hamma ajratilgan don stolning tekis sathiga to’kiladi, yupqa qatlam qilib tekislanadi va qatlamning butun qalinligining turli joylaridan xokondozcha bilan ortiqchasi olinadi. Bo’lgich apparatida eng kamida 50 g namuna ajratish mumkin, 50 g kam namuna ajratish uchun quyidagicha ish yuritiladi: avval bo’lgichda 50 g miqdorda don namunasi ajratiladi, so’ngra don ajratish taxtasiga o’tkaziladi va kesma holida bo’lishi bilan zarur hajmli namunacha izchil usulda ajratiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling