Dün ne yaptınız? -kecha nima qildingiz? -dün pikniğe gittim. Kecha piknikka bordim


Download 25.57 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi25.57 Kb.
#1578374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turk tılı savol

Turk tilini o’rganamiz 30-qism
Turkiyada nishonlangan milliy, diniy va mavsumga oid bayramlar…
Posted 03.08.2009 14:10:59 UTC
Updated 03.08.2009 14:10:59 UTC
Aziz turk tili shaydolari! Turk tilini o’rganamiz dasturining yangi bo’limida yana uchrashib turibmiz. Avvalgi dasturimizda, ta’lim-tarbiya bilan bog’liq qisqartirilgan turkcha iboralar va ba’zi qisqartirilgan so’zlarning izohini va ayni paytda kalimalarning qanday qisqartirilishini misollar yordamida o’rganishga harakat qilgan edik.
Bugungi dasturimizda esa, qisqa va oddiy jumlalar bilan Turkiyada nishonlangan milliy, diniy va mavsumga oid bayramlar haqida ma’lumot berishga va bular bilan bog’liq gap tuzishga harakat qilamiz.
Turkiyada, bayramlar milliy, diniy va mavsum bayramlari sifatida 3 ga bo’linadi. Shahar va qishloqlarda katta tantana bilan qutlangan 30 avgust g’alaba bayrami, jumhuriyat bayrami, ozodlik bayrami kabi milliy bayramlarda chodirlar tikiladi, kurashlar, musobaqalar uyushtiriladi.
Diniy bayramlarning kunlari oy kalendariga ko’ra hisoblanganligi uchun, hozirda ishlatilgan kalendarda har yili o’zgaradi.. Har yili 10 kundan orqaga siljiganligi uchun, ramazon va qurbon bayramlari farqli mavsumlarga to’g’ri keladi. Mavsumga oid bayramlarning nishonlanish payti, tabiat, iqlim va ekologiya shartlariga ham bog’liq.
Aziz muhlislar! Endi esa Turkiyada nishonlangan bayramlar haqida tuzilgan gaplarni tarjimasi bilan birga tinglang va takrorlashga harakat qiling.
Türkiye’de hangi bayramlar var? Turkiyada qanday bayramlar mavjud?
Türkiye’de milli, dini ve mevsimlik olarak üç farklı bayram var. Turkiyada milliy, diniy va mavsumga bog’liq 3 farqli bayram mavjud.
Örneğin; Ulusal Egemenlik ve Çocuk Bayramı, Zafer Bayramı, Atatürk’ü Anma, Gençlik ve Spor Bayramı, Cumhuriyet Bayramı milli bayramlardır. Masalan: Milliy mustaqillik va bolalar bayrami, G’alaba bayrami, Otaturkni hotirlash, yoshlik va sport bayrami, Jumhuriyat bayrami milliy bayramlardir.
Ramazan Bayramı ve Kurban Bayramı dini bayramlarımızdır. Ramazon bayrami va qurbon bayrami diniy bayramlarimizdir.
Hıdrellez ve Nevruz Bayramları da mevsimlik bayramlardır. Gidrellez va Navro’z bayramlari esa, mavsumga oid bayramlardir.
Aziz muhlislar, Turkiyadagi bayramlar bilan bog’liq tuzilgan gaplarni tingladingiz. Bu gaplarda g’alaba bayrami, jumhuriyat bayrami, milliy mustaqillik va bolalar bayrami kabi milliy bayramlar, ramazon va qurbon bayrami kabi diniy bayramlar, Navro’z va gidrellez kabi bahor bayramlari tanitildi. Endi esa, gap tarkibida o’rin olgan ba’zi yangi kalimalarning ma’nolarini birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.
Bayram – bayram Milli – milliy Zafer – g’alaba Cumhuriyet – Respublika Mevsimlik – Mavsumga oid Ulusal – milliy Farklı – farqli Çocuk –bola
Aziz muhlislar! Endi esa qalam va daftaringizni tayyorlang va berilgan misollarni takror tinglagandan keyin o’zingiz mustaqil ravishda yangi gap tuzishga harakat qiling.
Türkiye’de hangi bayramlar var? Turkiyada qanday bayramlar mavjud?
Türkiye’de milli, dini ve mevsimlik olarak üç farklı bayram var. Turkiyada milliy, diniy va mavsumga bog’liq 3 farqli bayram mavjud.
Örneğin; Ulusal Egemenlik ve Çocuk Bayramı, Zafer Bayramı, Atatürk’ü Anma, Gençlik ve Spor Bayramı, Cumhuriyet Bayramı milli bayramlardır. Masalan: Milliy mustaqillik va bolalar bayrami, G’alaba bayrami, Otaturkni hotirlash, yoshlik va sport bayrami, Jumhuriyat bayrami milliy bayramlardir.
Ramazan Bayramı ve Kurban Bayramı dini bayramlarımızdır. Ramazon bayrami va qurbon bayrami diniy bayramlarimizdir.
Hıdrellez ve Nevruz Bayramları da mevsimlik bayramlardır. Gidrellez va Navro’z bayramlari esa, bahor mavsumiga oid bayramlardir.

Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling