Dün ne yaptınız? -kecha nima qildingiz? -dün pikniğe gittim. Kecha piknikka bordim


Download 25.57 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi25.57 Kb.
#1578374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turk tılı savol

Turk tilini o’rganamiz 37-qism
Jazirama yoz oylarida salqin joylarga dam olish uchun borganingizda ishlatiladigan iboralar…
Posted 04.09.2009 06:32:28 UTC
Updated 04.09.2009 06:32:28 UTC
Avvalgi dasturimizda tish doktoriga borganda ishlatiladigan gaplarni o’rgangan edingiz.
Bugungi dasturimizda esa jazirama issiq yoz oylarida salqin joylarga dam olish uchun borganingizda ishlatiladigan gaplarni birgalikda o’rganamiz. Faraz qiling, bir oshxonada yoki bir kafeda o’tiribsiz va biron ichimlik olmoqchisiz. Ofitsiantga istagingizni aytar ekansiz ichimlikning turini, hilini issiq yoki sovuqligini aytishingiz kerak. Agar bularni ofitsiantga aytmasangiz buni sizdan albatta so’raydi.
Endi esa, savol-javob shaklida tayyorlagan diyalogimizni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.
– Çok susadım.
-Juda chanqadim.
– Alkolsüz içecek bir şeyleriniz var mı?
– Spirtsiz ichimliklaringiz bormi?
– Elbette. Ne içmek istersiniz?
-Albatta, nima ichishni istaysiz?
– Soğuk bir şey istiyorum. Buzlu bir kola lütfen.
– Sovuq ichimlik ichishni istayman. İltimos, muz solingan kola bering.
– Koray, sen de içecek bir şey ister misin?
– Koray, sen ham biron ichimlik istaysanmi?
– Ben de soğuk bir şey isterim. Portakal suyu alabilir miyim?
– Men ham sovuq ichimlik istayman. Apelsin soki olsam bo’ladimi?
– Peki. Hanımefendi için bir buzlu kola, beyefendi için bir portakal suyu ve benim için bir kahve lütfen.
– Ho’p bo’ladi. İltimos honim uchun muz solingan kola, janob uchun bir apelsin soki va men uchun bir kahva bersangiz?
– Kahveyi nasıl istersiniz, sade veya sütlü?
– Qahvangiz qanday bo’lsin, oddiymi yoki sutlimi?
-Sade ve şekersiz lütfen.
– İltimos, oddiy va shakarsiz bo’lsin.
Aziz muhlislar! Tuzilgan yangi gaplarni tarjimasi bilan birga tingladingiz. Bu gaplarda chanqoq qondiruvchi sovuq ichimliklarni qanday so’rash, spirtsiz ichimlik, apelsin soki va oddiy kahva ichishini aytish shakli oddiy jumlalar bilan ifoda etildi.
Endi esa, gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’osini birgalikda o’rganaylik.
Susamak – chanqamoq
İçecek – ichimlik
Buzlu içecek – muz solingan ichimlik
Sütlü kahve – sutli qahva
Portakal suyu – apelsin soki
Şekersiz – shakarsiz
Aziz muhlislar! Endi esa qalam va daftaringizni tayyorlang va berilgan misollarni takror o’qigandan keyin o’zingiz mustaqil ravishda yangi gap tuzishga harakat qiling.

Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling