Dün ne yaptınız? -kecha nima qildingiz? -dün pikniğe gittim. Kecha piknikka bordim
Download 25,57 Kb.
|
turk tılı savol
Turk tilini o’rganamiz 35-qism
Shahar avtobuslarida ishlatiladigan iboralar… Posted 27.08.2009 08:16:50 UTC Updated 27.08.2009 08:16:50 UTC Avvalgi dasturimizda dengiz sohillarida, plyajlarda ishlatiladigan eng kerakli gaplarni tarjimasi bilan birga o’rgandingiz. Bugungi dasturimizda esa shahar avtobuslarida ishlatiladigan iboralarni o’rganishga harakat qilamiz. Turkiyada avtobus eng ko’p foydalanilgan transport vositasidir. Avtobuslarning ishlash soatlari shahardan shaharga yoki dahadan dahaga farqli bo’lishi mumkin. Lekin ko’pincha tongi 6 dan kechki 23 gacha avtobuslar xalqqa hizmat berib keladi. Avtobuslar bilan bir qatorda, metro va marshrutkalar ham shaharni har bir dahasiga yo’lovchi tashiydi. Endi esa, Turkiyaga kelganingizda avtobusga chiqqan paytda ishlatiladigan gaplarni tarjimasi bilan birgalikda tinglang va takrorlashga harakat qiling. -Taksim’e hangi sıklıkta otobüs kalkar? -Taksimga necha soatda bir avtobus jo’naydi? -Her yarım saatte bir. -Har yarim soatda bir. -Taksim’den Yeşilköy’e ne kadar zamanda gidilir? -Taksimdan Yeshilko’yga qancha vaqt ichida boriladi? -Lütfen ne zaman ineceğimi bana söyleyin. -İltimos, menga qachon tushishimni ayting. -Ortaköy’e ilk otobüs ne zaman? -O’rtako’yga birinchi avtobus qachon? -Ortaköy’e ilk otobüs sabah 6’dadır. -O’rtako’yga birinchi avtobus tongi 6 da. – Lütfen! İnmek istiyorum. – İltimos, tushmoqchiman. – Sorun nedir? – Bir muammo bormi? – Sanırım ineceğim durağı kaçırdım. – Menimcha tushadigan bekatdan o’tib ketdim. Aziz muhlislar! Bir dahadan boshqa dahaga borish uchun avtobusda ishlatiladigan gaplarni tingladingiz. Bu gaplarda avtobusning necha soatda bir kelishi va qachon jo’nash soati, avtobuslarning soat nechada qatnay boshlashi, bekatdan o’tib ketganimizda haydovchiga buni qanday anglatish shakli oddiy jumlalar bilan ifoda etildi. Endi esa, gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’nosini birgalikda o’rganaylik. Kalkmak – Turmoq yoki jo’namoq İnmek – tushmoq Taksim – İstanbuldagi bir dahaning nomi Yeşilköy – İstanbuldagi bir dahaning nomi Ortaköy – İstanbuldagi bir dahaning nomi Sorun – muammo Sanmak – tahmin qilmoq O’zingiz mustaqil ravishda ushbu kalimalar ishtirokida yangi gap tuzishingiz mumkin. Download 25,57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling