Dün ne yaptınız? -kecha nima qildingiz? -dün pikniğe gittim. Kecha piknikka bordim


Download 25.57 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi25.57 Kb.
#1578374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turk tılı savol

Turk tilini o’rganamiz 42-qism
Mashinada sayohat qilganda kerak bo’ladigan iboralar…
Posted 22.10.2009 13:49:48 UTC
Updated 22.10.2009 13:49:48 UTC
O’tgan dasturimizda turistlarning mehmonxonaga joylashishi va bu mavzuga doir ba’zi yangi kalimalarni o’rganishga harakat qilgan edik. Bugungi dasturimizda esa, mashinada sayohat qilganda kerak bo’ladigan iboralarni birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.
Ko’pchilik shahsiy mashinasida sayohatga chiqishni yoqtiradi. Chunki insonlar shahsiy mashinalarida sayohat qilar ekanlar istagan joylariga bora oladilar, istagan joylarida dam oladilar, yo’l chetidagi qishloqlarni va shaharlarni ko’ra oladilar. Lekin unutmaslik kerakki, shahsiy mashinada sayohat qilishning o’ziga yarasha qiyinchiliklari ham bor.
Masalan: borgan joyingizni yaxshi bilmasangiz va u yerni tilini bilmasangiz juda qiynalasiz. Hatto mashinangizga yoqilg’i to’ldirishga ham qiynalasiz. Shuning uchun bugungi dasturimizda shahsiy mashinada yo’lga chiqqanda kerak bo’ladigan gaplarni o’rganamiz.
Endi esa, diyalogda berilgan yangi gaplarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.
Buralarda bir benzinci var mı?
Bu yerda benzin shohobchasi bormi?
Merhaba. Depo neredeyse boş. Lütfen doldurun.
Salom. Benzin bochkasi deyarli bo’sh. İltimos to’ldirib bering.
Hangi pompa?
Qaysi nasos?
40 litre kurşunsuz benzin lütfen.
Marhamat qilib 40 litr filtrsiz benzin quying.
Lütfen, yağ seviyesini de kontrol edin.
İltimos, yog’ miqdorini ham tekshirib bering.
Bir ricam daha var. Lastikleri de kontrol edebilir misiniz?
Yana bir iltimosim bor. G’ildiraklarini ham tekshirib bera olasizmi?
Ön lastiklerinizin havaya ihtiyacı var bey efendi.
Oldingi g’ildiraklarini damlash kerak janob.
Hava pompası nerede?
Nasos qayerda?
Şurada.
Shu yerda.
Ödemeyi nereye yapacağım?
Pulini qayerga to’lay?
Lütfen sağdaki gişeye gidin.
Marhamat qilib, o’ngdagi kassaga boring.
Bu kredi kartını kabul ediyor musunuz?
Bu kredit kartini qabul qila olasizmi?
Evet Beyefendi.
Ha janob.
Teşekkür ederim.
Raxmat
Aziz muhlislar! Mashinaga benzin quyish, g’ildiraklarini ko’zdan kechirish va damlatish uchun ishlatiladigan gaplarni tarjimasi bilan birga tingladingiz. Endi esa gap tarkibida o’rin olgan ba’zi yangi kalimalarni birgalikda o’rganaylik.
Benzinci – Benzin shohobchasi
Depo – Ombor
Doldurmak – To’ldirish
Kurşunsuz benzin – (Qo’rg’oshinsiz benzin) mahsus tozalangan benzin
Yağ – Yog’
Ödeme – To’lov
Hava pompası – Nasos
Shu misollar yordamida gap tuzing.

Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling