Dün ne yaptınız? -kecha nima qildingiz? -dün pikniğe gittim. Kecha piknikka bordim


Download 25.57 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi25.57 Kb.
#1578374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turk tılı savol

Turk tilini o’rganamiz 10-qism
Turk tilida necha? so’rog’ining qayerda va qanday ishlatilishi…
Posted 12.08.2009 13:22:00 UTC
Updated 12.08.2009 13:22:00 UTC
Avvalgi dasturimizda, turk tilida necha? so’rog’ining qayerda va qanday ishlatilganligini birgalikda o’rgangan edik.
Bugungi darsimizda esa, hozirgi zamon maylining turk tilida qanday va qaysi qo’shimchani qo’shgan holda ishlatilishini o’rganishga harakat qilamiz.
Turk tilida, fe’lning hozirgi zamon turlanishi “yor” qo’shimchasining fe’lga qo’shilishi bilan amalga oshadi va bir ishning bajarilayotganligini ifoda etadi.
Bu yerda ahamiyat berilishi kerak bo’lgan husus shuki, agar fe’lning ohiri undosh harf bilan tugagan bo’lsa, “yor” qo’shimchasidan oldin u, ü, ı, i inli hafrlaridan biri qo’shiladi.
Endi esa, fe’llarning hozirgi zamon turlanishi qanday amalga oshganligini misollar bilan o’rganamiz.
Geliyorum Kelyabman
Geliyorsun Kelyabsan
Geliyor Kelmoqda
Geliyoruz Kelyabmiz
Geliyorsunuz Kelyabsizlar
Geliyorlar Kelmoqdalar Yoki
Okuyorum O’qiyabman
Okuyorsun O’qiyabsan
Okuyor O’qimoqda
Okuyoruz O’qiyabmiz.
Okuyorsunuz O’qiyabsiz
Okuyorlar O’qimoqdalar.
Hozirgi zamon fe’lining turk tilida qanday turlanganligini misollar yordamida o’rgandingiz.
Endi esa, qalam va daftaringizni tayyorlang. Berilgan misollarni takror tinglagandan keyin yangi misollar tuzishga harakat qiling. Geliyorum Kelyabman
Geliyorsun Kelyabsan
Geliyor Kelmoqda
Geliyoruz Kelyabmiz
Geliyorsunuz Kelyabsizlar
Geliyorlar Kelmoqdalar
Yoki
Okuyorum O’qiyabman
Okuyorsun O’qiyabsan
Okuyor O’qiyabdi
Okuyoruz O’qiyabmiz.
Okuyorsunuz O’qiyabsiz
Okuyorlar O’qimoqdalar.
Kelgusi hafta turk tilida o’tgan zamon maylining qanday tuzilishini birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.
Turk tilini o’rganamiz 11-qism
Turk tilida aniq o’tgan zamonning qayerda va qanday ishlatilishi…
Posted 12.08.2009 13:31:52 UTC
Updated 12.08.2009 13:31:52 UTC
O’tgan haftadagi darsimizda, hozirgi zamon maylining turk tilida qanday ishlatilganligini o’rgandik.
Bugungi darsimizda esa, ma’lum yoki aniq o’tgan zamonning qayerda va qanday ishlatilganligini misollar bilan o’rganishga harakat qilamiz.
O’tgan zamon, bir ishning o’tmishda bajarilganligini ifoda etadi va 2 ga bo’linadi. Aniq va ma’lum bo’lgan o’tgan zamon va noaniq yoki noma’lum o’tgan zamon.
Biz bugun, aniq o’tgan zamonni o’rganishga harakat qilamiz. Aniq o’tgan zamon, sodir bo’lgan voqeaga muallifning shahsan guvoh bo’lganligini anglatadi.
Turk tilida, fe’lning aniq o’tgan zamon turlanishi, dı, di, du, dü, tı, ti, tu, tü shaklida turlangan “di” qo’shimchasining fe’l o’zagiga qo’shilishi bilan amalga oshadi.
Kelgusi darsimizda, di qo’shimchasining qanday qilib ti qo’shimchasiga aylanganligi haqida ma’lumot beramiz.
Endi esa, fe’llarning ma’lum o’tgan zamon turlanishining qanday bajarilganligini misollar yordamida o’rganing…
– Geldim – Keldim
– Geldin – Kelding
– Geldi – Keldi
– Geldik – Keldik
– Geldiniz – Keldingiz
– Geldiler – Keldilar
Yoki
– Okudum – O’qidim
– Okudun – O’qiding
– Okudu – O’qidi
– Okuduk – O’qidik
– Okudunuz – O’qidingiz
– Okudular – O’qidilar
Ma’lum o’tgan zamon turlanishining turk tilida qanday bajarilganligini misollar yordamida o’rgandik. Hohlagan fe’l o’zagini huddi shu shaklda ma’lum o’tgan zamon qo’shimchalari bilan turlantirishingiz mumkin.
Endi esa, qalam va daftaringizni tayyorlang va berilgan misollarni takror tinglagandan keyin, mustaqil ravishda misollar tuzishga harakat qiling.
– Geldim – Keldim
– Geldin – Kelding
– Geldi – Keldi
– Geldik – Keldik
– Geldiniz – Keldingiz
– Geldiler – Keldilar
Yoki
– Okudum – O’qidim
– Okudun – O’qiding
– Okudu – O’qidi
– Okuduk – O’qidik
– Okudunuz – O’qidingiz
– Okudular – O’qidilar
Kelgusi hafta turk tilida ma’lum o’tgan zamon maylining tuzilish shaklini o’rganishga harakat qilamiz.

Download 25.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling