Dunyo dinlari tarixi
Konfutsiychilik dini kitoblari
Download 489.19 Kb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfutsiychilik dunyoning
Konfutsiychilik dini kitoblari. Konfutsiychilikning nazariy asosini «Suhbatlar va mulohazalar» («Lung-Yuy») kitobi tashkil etadi. «Si-Shu» («To'rt kitob») hamda «U-Szin» («Besh kitob»)lar esa bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi.
«Si-Shu» quyidagi kitoblardan iborat: «Da-Syus» (Buyuk ta’limot, insonning o‘zini o‘zi tako- millashtiruvi haqidagi kitob). «Chjun-Yun» (Oraliq, о‘rtalik'haqidagi kitob). «Lun-Yuy» (Hikmatli so‘zlar kitobi). «Меп-Szi» (Konfutsiyning shogirdi Men-Szining kitobi). «U-Szin» esa quyidagi 5 kitobdan iborat: «I-Szin» (0‘zgarishlar kitobi, duolarto‘plami). «Shu-Szin» (Qadimgi tarix, afsonaviy imperatorlar). «Shi-Szin» (Qo‘shiq aytish kitobi, qadimgi poeziya to‘plami). «Li-Szi» (Marosimlar kitobi). «Chun-Syu» (Bahor va kuz kitobi). Konfutsiychilik dunyoning yaratuvchisi va ideal inson haqida.Konfutsiychilik ta'limotida Osmon xudo, deb tan olinadi. Binobarin, u oliy ruhiy. qudrat. Olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham ana shu samoviy qudratga bog'liq. Ayni paytda, bu din ta'limoti markazida inson, uning aqliy va ma'naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o'rni, vazifasi muammolari turadi. Chunki jamiyatning qanday bo'lishi insonlar xatti-harakatiga ham bog'liqdir. Shuning uchun ham Konfutsiy kamolotga yetgan inson idealini (Szyun-szo') yaratgan va barcha fuqarolar ana shu ideal insonday bo'lishga intilishi zarur deb hisoblagan. Konfutsiy tasavvur etgan ideal inson eng muhim ikki fazilat — insonparvarlik va o'z burchini his etishga ega bo'lishi lozim edi. Insonparvarlik qonunini («Jen») Osmon yuboradi. Jamiyat a'zolari uni o'rganib olish uchun axloq me'yorlariga («Li»), qoidalariga, an'anaviy urf-odat, marosimlarga amal qilishi va o'zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur. Insonparvarlik deyilganda — odamiylik, rahm-shafqatli bo'lish, o'zaro bir-biriga yordam berishga tayyor turish, kamtarlik, adolatli bo'lish, qadr-qimmatni hurmatlash, beg'arazlik, insonlarga mehr- muhabbat kabilar tushunilgan. Burchni his etish deyilganda esa — bilimga intilish, o'tmish meroslarini, marosimlarini hurmat qilish, sadoqatli, ochiq ko'ngilli bo'lish kabilar tushunilgan. Shuning uchun ham burchni his etish masalasiga axloqiy majburiyat, deb qaralgan. Konfutsiychilikning ideal inson ta'limoti, ayni paytda, o'z ichiga «munosib fuqaro» tushunchasini ham oladi. Munosib fuqaro — bu, to'g'ri so'z, samimiy, ko'ngli toza, qo'rqmas, hamma narsani ilg'ab ola biladigan, tushunadigan, o'ylab gapiradigan, ish faoliyatida ehtiyotkor fuqarodir. Bundan tashqari, munosib fuqaro — boylikka, o'z moddiy manfaatiga, hayotiy qulayliklarga berilmasligi kerak. U shubhalarini bartaraf eta oladigan, jahli chiqqanida va qahr-g'azabi qo'ziganida o'zini tuta oladigan, halollik haqida g'amxo'rlik qila oladigan bo'lmog'i lozim. Buning uchun u yoshligida nafsdan, hirsdan, voyaga yetganida janjallardan, qariganida esa xasislikdan qochmog'i zarur. «Odamlar, — deb ta'lim beradi konfutsiychilik. — ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqeyi orqali emas, balki yuksak bilimi, qobiliyati, odamiyligi, adolatgo'yligi. haqgo'yligi, samimiyligi, burchni his etishi, farzandlik izzat- hurmati kabi yuksak ma'naviy fazilatlarga ega bo'lish orqali kamolotga yetishishi mumkin». Konfutsiychilikning ideal inson to'g'risidagi mazkur ta'limoti Xitoy jamiyatining barqarorlashuvida, Xitoy xalqining xarakteri shakllanishida juda katta ijobiy rol o'ynagan. Download 489.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling