Dunyo dinlari tarixi


Konfutsiychilik marosimlari


Download 489.19 Kb.
bet36/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Bog'liq
дин

Konfutsiychilik marosimlari.Konfutsiychilik belgilangan diniy qoidalarga qattiq amal qilishni talab etgan. Konfutsiyning o'zi hayotligida diniy qoidalarni, tartiblarni sidqidildan bajargan.
Konfutsiychilik diniy marosimlarining asosiy mazmunini — konfutsiychilikka qadar mavjud bo'lgan an'analarni, marosimlarni mustahkamlash va qonunlashtirish tashkil etgan. Chunki Konfutsiy Xitoy xalqi tarixida, hayotida qadimgi marosimlar katta o'rin tutganligini hisobga olgan.
Chunonchi, biro'rinda u bunday deb yozgan edi: «Qadimdan joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar ekan. unda hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi.
Nikoh marosimini yo'q qiling-chi, unda oila bo'lmaydi, bu bilan bog'liq katta-katta jinoyatlarga yo'l ochiladi.
Dafn etish va qurbonlik qilish marosimini yo'q qiling-chi, unda bolalar vafot etgan ota-onalari xotirasi to'g'risida o'ylamay. tiriklariga esa xizmat qilmay qo'yadilar.
Pin-Szin marosimini yo'q qiling-chi, unda podsho bilan amal- dorlar o'rtasidagi farq yo'q bo'lib ketadi. Kichik-kichik podshochalar o'zboshimchalik qila boshlaydilar, natijada ta'qib etish va zo'ravonlik boshlanadi».
Xitoyliklar uchun eng katta fojia — bu, erkak tomonidan avlodning qolmasligidir. Ular avlodlari qolmasa — o'lganimizdan so'ng kim bizlarni yod etadi, deb qattiq qayg'uga tushadilar
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Konfutsiychilik ayni paytda o'g'ilga ota-onasi oldida quyidagi 5 vazifani bajarishni yuklaydi:

  1. Har doim ota-onani so'zsiz hurmat qilish.

  2. Ularga eng suyukli taonilarni keltirish.

  3. Ular betob bo'lib qolganlarida chuqur qayg'urish.

  4. Ular vafot etganlarida yurak-yurakdan achinish.

  5. Ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish.

Binobarin, konfutsiychilikda ajdodlar ruhiga sig'inish oliy
darajaga ko'tarilgan.
Konfutsiychilik har bir oilaning o'z ibodatxonasiga ega bo'lishini rag'batlantirgan va bunga erishgan.
Har bir oila o'z ibodatxonasiga ajdodlarining timsoli — «Chju» tasvirini joylashtiradi. Uning yoniga qurbonliklarini qo'yadi va zarur rasm-rusumlarni bajo keltiradi.
Konfutsiychilik dini o'ziga xos xususiyati bilan ajralib turadigan dindir. Ushbu xususiyat — bu dinda ruhoniylar qatlamining yo'qligidir.
Ota o'z o'g'liga konfutsiychilik marosimlarini o'rgatishi zarur. Davlat miqyosida esa diniy marosimlar yaqin-yaqingacha hukumat
tomonidan tayinlangan amaldorlar, mansabdor shaxslar orqali ijro etilgan. Darhaqiqat, davlat amaldori bo'lishning bir sbarti — bu, konfutsiychilik asoslarini mukammal bilish ham edi.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling