Dunyo dinlari tarixi


Konfutsiychilik ideal jamiyat haqida


Download 489.19 Kb.
bet35/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
Bog'liq
дин

Konfutsiychilik ideal jamiyat haqida. Konfutsiy jamiyatning har bir a'zosi uchun xatti-harakat me'yorlarini yaratibgina qolmay, ayni paytda, ana shu jamiyat a'zolari yashaydigan jamiyatning o'zi qanday bo'lishi kerak, degan savolga ham javob bergan edi.
YODDA TUTING:
Konfutsiy bu haqda bunday deb yozgan: «Podsho — podsholigicha, fuqaro — fuqaroligicha, ota — otaligicha, farzand — farzandligicha qolishi kerak».
Bu qoida konfutsiychilikning jamiyatdagi barqarorlikni himoya qilganligini isbotlaydi. Axir, jamiyatda barqarorlik bo'lmasa, taraqqiyot sekinlashishi, jamiyat inqirozga yuz tutishi mumkin.
Konfutsiychilik imperator hokimiyatini himoya qilsa-da, imperatordavlatni boshqarish uchun xudodan vakolat olishi kerak, deb hisoblaydi. Imperator bunday vakolatga ega bo'lishi uchun ezgulik homiysi hamda saxovatli bo'lmog'i lozim.
Bundan tashqari, konfutsiychilik imperatorlar oldiga quyidagi talabni ham qo'ygan: «Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo'lsa, u albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo'lgan ishidan, o'zining maqsadidan ularni xabardor etmog'i kerak. Shu paytda u osmonda yulduzlarning holatiga qaramog'i, ular qulay joylashganligiga ishonch hosil qilganidan so'ng, o'zining maqsadini amalga oshirishga kirishmog'i mumkin».
Konfutsiychilik imperator hokimiyatini himoya qilsa-da, xalqqa bunday hokimiyatni ag'darish huquqini ham beradi. Xalqning ishonchini oqlamaslik, fuqaro farovonligi va mamlakat osoyishtaligini ta'minlamaslik imperatorga qarshi qo'zg'olon ko'tarishga sabab bo'lishi mumkin edi.
Konfutsiychilik davlatni boshqarish haqida.Yuqorida Konfutsiyning yangi jamiyatni faqat ideal axloqli odamlar saqlab qolishi. mumkinligi haqidagi fikri bilan tanishgan edingiz. Ideal axloqli odam yoki fuqaro deyilganda qanday odam tushunilganligini ham bilib oldingiz.
Ayni paytda, siz ideal jamiyat tushunchasining ma'nosi bilan ham tanishdingiz. Endi siz bunday jamiyatni qurishning, jamiyatda siyosiy barqarorlik ta'minlanishining shartlari nimalardan iborat? — degan savolga ham javob olasiz.
Xitoy jamiyatida markaziy hokimiyatning kuchli, qudratli bo'lishi, jamiyatning barqarortaraqqiyoti birinchi navbatda davlat amaldorlarining qanday tayyorlanishiga bog'liq edi. Buni hammadan ham teran tushungan Konfutsiy bu masalada ham o'z ta'limotini ishlab chiqqan.
U davlat hokimiyatiga yuqori malakali, o'z Vataniga sadoqatli, o'z vazifasini vijdonan bajaradigan amaldorlar zarur, deb hisob- laydi.
Uning fikricha, davlat amal mansablariga qabul qilishda bo'lajak xodimning ijtimoiy kelib chiqishi hisobga olinmasligi kerak edi. Kim bo'lishidan qat'i nazar, birinchi o'ringa qobiliyat va axloq qo'yilishi zarur edi.
Agar davlat amaldorligi mansablariga xodimlar hukmdorga shaxsiy sadoqatiga yoki qaysi toifadan ekanligiga qarab tanlanadigan bo'lsa, davlat albatta inqirozga yuz tutadi, deb hisoblardi Konfutsiy.
Xitoyda ilm hamisha qadrlangan. Davlat amaldorligi mansab­lariga qabul qilish 3 bosqichli tanlov asosida amalga oshirilgan. Bunda pora evaziga tanlovdan o'tish imkoniyatiga butunlay yo'l qo'yilmagan. Birinchi bosqichda maktabni bitirganlarning barchasi ishtirok etishi mumkin bo'lgan.
Tanlov talabi juda qattiq bo'lganligidan 2- bosqichda 1 - tanlov ishtirokchilarining atigi 2—3 foizi qatnasha olgan.
Uchinchi bosqich tanlovi eng yuqori lavozimli davlat arbob- lari, ba'zi hollarda shaxsan imperatorning nazorati ostida o'tgan. Tanlovdan o'tganlarga eng yuqori davlat lavozimining eshiklari ochilgan. Ularga martaba, mavqe va yuqori ish haqi kafolatlangan.
1—2-bosqichda yaxshi ishtirok etganlar ham esdan chiqarilmagan. Ularga ham o'z qobiliyatlariga yarasha mansab kursilari berilgan.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling