Ecologiya MurodovSh lot doc


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
Bog'liq
ekologiya

3.10 Tolerantlik qonuni. Bu qonun 1913 yilda Amerika 
olimi V. Shelford tomonidan kashf qilindi. Unga muvofiq 
organizmlarning (turlarning) rivojlanishida cheklangan omillar 
ekologik ta‘sir etishda minimum yoki maksimum bo’lishi 
mumkin, ular o’rtasidagi diapazon organizmlarning shu omilga 
(turlarning) chidamlilik (tolerantlik) miqdori bilan aniqlanadi. 
Biroq ekologik adabiyotlarda uning boshqacha tushunchasi - 
tolerantlik amplitudasi ham mavjud. 
Tolerantlikning (V. Shelford) umumiy ko’rinishi 
quyidagicha ifodalanadi: 
 
Organizmlarning o’sishi va rivojlanishi birinchi 
navbatda, ekologik minimum yoki ekologik maksimum 
qiymatlariga yaqinlashuviga muhit omillariga bog’liq 
Agar ekologik omillarning ushbu bo’yicha atigi bittasi 
qatnashmasa, unda xuddi o’sha omil organizmning, populyatsiya 
yoki jamoasining hayot faoliyatini limitlovchi omil hisoblanadi. 
Umuman shuni tasdiqlash mumkinki, V.Shelfordning tolerantlik 
qonuni Yu.Libixning minimumiga va F.Blekmanning limitlovchi 
omillar printsipiga nisbatan keng tushuncha hisoblanadi. 
Tolerantlik katta amaliy ahamiyatga ega. Bunga asosan, har 
qanday ortiqcha moddalarni muhitni ifloslovchi deb qarash kerak. 
Atigi qurg’oqchil tumanlarda zarur suvning ham ortiqcha 
miqdorda bo’lishi sug’oriladigan yerlarda sho’rlanishga ba‘zida, 
botqoqlanishga (suv bosishiga) olib keladi. Ayrim elementlarning 
yetishmasligi (yod, ftor) - buqo va karies kasalliklarining asosiy 
sabablari hisoblanadi. Biroq bu yerda ham ortiqcha bo’lish 
o’rinsiz hisoblanadi, og’ir metallarning ortiqqcha bo’lishi 
boshqa suv havzalariga chiqib, har xil cho’kindi tog’ jinslarini 
tashkil etadi. Tektonik harakatlar natijasida va yangidan 
qoplangan barcha cho’kindilar katta bosim va harorat zonasiga 
tushadi (Yerning chuqurlikdagi issiqligi hisobiga) va metamorfik 
tog’ jinsiga aylanadi (masalan, qumlar kvartsitga, glinlar kristall 
slantslarga aylanadi va boshq.) Keyinchalik bu jinslar magmatik 
tog’ jinslariga aylanishi mumkin (masalan granitlarda). Katta 
geotektonik harakatlar natijasida barcha genetik jins turlari yana 
yuzaga chiqib qoladi, nurashga duchor bo’ladi, ya‘ni dastlabki 
holatiga qaytadi. Butun geologik davrning uzoqligi yuz minglab 
va millionlab yillar bilan o’lchanadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling