Ecologiya MurodovSh lot doc


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/125
Sana03.06.2024
Hajmi1.27 Mb.
#1840550
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Bog'liq
ekologiya

 + 4H
2

 
Ikki jarayon ham juda qiyin va ko’p bosqichli bo’lib 
fermentlar ishtirokida amalga oshadi. 
4.6 Insoniyatning avtotrofligi. Fotosintez jarayoni ma‘lum 
bo’lgandan keyin V.I. Vernadskiyda birinchi marta, insonlar 
jamiyatni geterotrofdan (boshqalar bilan oziqlanuvchi) avtotrofga 
o’tkazishi mumkin bo’gan g’oyasi tug’ildi. 
Insoniyatning avtotrofligi deganda, insonning energiya va 
sintezlangan oziqni boshqa organizmlardan foydalanmasdan 
quyoshdan olishini nazariy imkoniyati tushuniladi. Bu kelajakda 
inson ko’p miqdorda oziqni yuqori molekulali tabiiy organik 
birikmalardan emas, balki oqsil, yog’, uglevod va boshqa zarur 
elementlarning past molekulali hatto, alohida elementlaridan 
foydalanishni bildiradi. 
Hozirgi davrda o’simliklardan olinadigan oziqni sun‘iy 
fotosintez yo’li bilan olish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. 
Insoniyatning avtotroflik g’oyasi ekologik jihatdan qimmatli 
bo’lib, uning atrof muhit va organik dunyoga ta‘sirini kamaytiradi. 
4.7 Fotosintezning foydali ish koefftsienti. Fotosintez 
jarayonida faqat quyosh energiyasining uncha katta bo’lmagan 
qismi assimilyatsiyalanadi. Bu 1-2% bo’lib fotosintezning foydali 
ish koefftsienti deb yuritiladi. 
Faqatgina juda qulay sharoitlarda fotosintez samaradorligi 2-
4% ga yetadi (asosan nam tropik o’rmon, okeandagi suv o’tlari va 
okean riflari). Suv ekotizimida suv qatlami o’zidan quyosh 
nurlarining o’tishiga halaqit beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, suv 
organizmlarining FIK 0,5% dan oshmaydi. Biomassa to’plash
imkoniyati bo’lgan zona eftrofik, ekotizimi esa avtotrof 
suktsessiya ekotizimi deyiladi. Suv tizimi qashshoq va boy biogen 
elementlari oligotorf va eftroflarga bo’linadi. Fotosintez 
jarayoniga qodir bo’lmagan organizmlar hissasi 1% dan oshmaydi, 
lekin planeta miqyosida organizmlar yillik quyosh radiatsiyasining 
faqat 0,1-0,2% dan foydalanadi. 
O’txo’r hayvonlar o’simliklarda to’plangan 10% atrofida 
energiyani iste‘mol qilsa, etxo’r hayvonlar (yirtqich) ham ulardagi 
10% atrofidagi energiyadan foydalanadi. Demak, etxo’rlarning 
quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligi planeta 
miqyosida –0,001 % ni tashkil etadi. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling