Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions


Download 1.09 Mb.
bet17/122
Sana29.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1072187
TuriСборник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122
Bog'liq
1-To\'plam

Mirbabayeva Z.Sh., O„zDJTU
Annotatsiya: Maqolada o‘qitish texnologiyalarining nazariy jihatlari, faoliyatning eng muhim qismlari, o‘qitishda differensiatsiya, konstruktivistik usulining ahamiyatli tomonlari yoritilgan. Maqola darsda o‘qituvchining roli haqida alohida to‘xtalib, fasilitatorlik qoidalarini nazariy jihatdan ochib beradi. Ushbu maqola maktab o‘qituvchilari va bakalavriyat, magistratura talabalari uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Annotation: The article describes the theoretical aspects of teaching technologies, the most important parts of the activity, differentiation in teaching, the important aspects of the constructivist method. The article focuses on the role of the teacher in the lesson and theoretically reveals the rules of facilitation. This article serves as a scientific and practical basis for school teachers and undergraduate and graduate students.
Kalit so„zlar: Kommunikativ yo‘nalish, konstruktivistik, Skript va imlo, modellashtirish, kommunikativ yondashuv.
Key words: Communicative direction, constructivist, script and spelling, modeling, communicative approach.
Kirish. Ta’lim tamoyillari deganda o‘qitishning maqsadlari, mazmuni, usullari va tashkil etilishini belgilovchi va o‘zaro bogTiqlik va shartlilikda namoyon bo‘ladigan boshlang‘ich bayonotlar tushuniladi. Bizning holatlarimizda printsiplar amaliy jihatdan o‘quv jarayonining har bir nuqtasida barcha bosqichlarda ingliz tilini o‘qitish strategiyasi va taktikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
O‘quvchilarda chet tilini o‘rgatish natijasi ularda tildan aloqa vositasi sifatida foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy tamoyil kommunikativ yo‘nalishdir.
Uning asosiy vazifasi aloqaning barcha sharoitlarini yaratishdir, bular: aloqa motivlari, maqsadlari va muammolari. Kommunikativ yo‘nalish til materialini tanlash va tashkil etishni, uning situatsion shartliligini, nutq va o‘quv mashqlarining kommunikativ qiymatini, o‘quv muammolarini kommunikativ shakllantirishni, darsni tashkil etish va tuzilishini belgilaydi. Bu tamoyil o‘qitishning har bir lahzasida o‘quvchilarning nutqiy va intellektual faoliyati uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi .
Yuqorida aytib o‘tilgan o‘qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:

  1. Kommunikativ yo‘nalish printsipi

L 1-qoida - Vaziyatlarni tanlash.
L 2- qoida - Takrorlanish va yangilik.
L 3- qoida - Dars jarayonida hammaning ishtiroki.
L 4-qoida - Gender tenglik uchun qulay sharoitlar.
L 5-qoida - Vazifalarning kommunikativligi.
Ushbu tushunish asosida bolalarni ingliz tilining tegishli birliklarining shakllari va funktsiyalari bilan tanishtirish mavjud. Shundan kelib chiqqan holda, ba’zi qoidalarni rejalashtirish mumkin - bu o‘quv va tarbiya jarayonida ushbu tamoyilni amalga oshirishga imkon beradi.

  1. ona tilini qo‘llab-quvvatlash printsipi:


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling