Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions


Download 1.09 Mb.
bet50/122
Sana29.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1072187
TuriСборник
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122
Bog'liq
1-To\'plam

Aliyev.I.B., Ibragimov.M.A.
O’zmu, dotsent, o„qituvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyodagi nogironligi bo’lgan shaxslar aynan eshitishida nuqsoni bor shaxslarning morfofunksional holatlari ilmiy tahlil qilingan.
Аннотация: В данной статье научно проанализировано морфофункциональное состояние людей с ограниченными возможностями здоровья в мире, в частности людей с нарушениями слуха.
Kalit so’zlar: Eshitishida nuqsoni bor shaxslar, morfofunksional, vestibulyar apparat.
Ключевые слова: Лиса с нарушением слуха, морфофункциональный,
вестибулярный аппарат.
Kirish. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarga sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini ta'minlash hamda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yurtboshimiz SH.M.Mirziyayevning 2021 yil 18 maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5114-sonli qarori asosida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasini tashkil etish tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan e’tibor qaratilyotganidan dalolat beradi. Jamiyatimizda soglom turmush tarzini shakllantirish aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugullanishi uchun zamon talablariga mos shart- sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik shuningdek yoshlar orasida hamda jismoniy imkoniyati cheklangan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirishga hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga va yoshlarga kerakli barcha shart sharoitlarni yaratib berish xalqaro arenalarda O’zbekiston yoshlari naqadar kuchli, irodali ekanliklarini namoish qilish uchun yurtboshimiz boshchiligida zamin yaratib berilmoqda. Shu boisdan o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlantirishimiz oliy maqsadimiz bo'lib bunda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida jamiyatning asosiy diqqat e’tibor imkoniyati cheklangan insonlar sog’lig’iga qaratilgan. Tahlil natijalarimizga shuni ko’ra dunyo aholisinign 4-6% ni eshitishida nuqsoni bor shaxslar tashkil qiladi.
Atrof muhit hamda ekologiyaning jagal su’ratta buzilishi, eshitishida nuqsoni bor shaxslarning ko’payishiga sabab bo’lib hizmat qilmoqda.
Eshitishida nuqsoni bor shaxslar ham jamiyatning to’laqonli a’zolari hisoblanadi va sport mashg’ulotlarida juda faol ishtrok etishadi.
Tahlil natijalarimiz shuni ko’rsatadiki eshitishida nuqsoni bor bolalar bilan nuqsoni bo’lmagan bolalarning jismoniy rivojlanishlarida sezilarli darajada farq yo’qligiga amin bo’ldik.
Eshitishida nuqsoni bor bolalarning mushak-skelet tizimlarining bazi bir patalogik nuqsonlar bo’lib, sportda sog’lom sportchilar orasi mashg’ulot olib borilganda samaradorlik darajasiga salbiy ta’sir qiladi. Eshitishida nuqsoni bor shaxslarda motor sohasida hamda individual tana tizimida funksional buziladi.
Olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki (vestibulyar apparat) bosh miyyaning quloq qismi uchun tovush tebranishi hamda gavda muvozanatini qabul qiluvchi qism bo’lib, insonda motor ko’nikmasi, qabul qilish funksiyasi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Eshitishida nuqsoni bor bolalarda vestibulyar apparat 62% ga sustligini ko’rishimiz mumkun [2, 40, 199]. Har xil turdagi harakatlar kunlik jismoniy harakatlar, sport mashg’ulotlarida ham eshitishida nuqsoni bor shaxslarda tashqi va ichki funksional o’zgarishlar sezilib turadi. Eshitish tizimi, eshitish sistemasi tovush tebranishlarini yetarlicha qabul qilolmaganligi sababli, ikkilamchi og’ish bolishiga tog’ri kelmoqda.
Ma’lumot o’rnida shuni aytishimiz kerakki har xil sport turlari bilan shug’ullanuvchi eshitishida nuqsoni bor shaxslarda birinchi navbatta nuqt orqali muloqotda muommolar yuzaga kelmoqda.
Bu muommo ohir oqibatta mashg’ulot jarayonlarida qabul qilinyotgan ma’lumotlarni cheklanishiga, qabul qilingan ma’lumotlarni ma’lum qismi o’zlashtirilganligi sababli, mashg’ulot jarayonlaridagi sikllar uzayishiga salbiy ta’sir qiladi.
Jahonning eng ilg’or surdopedagog-mutaxasislar shuni ta’kidlashadiki, eshitishida nuqsoni bor o’smirlar bilan eshituvchi o’smirlar o’rtasida jismoniy holat boyicha farq unchalik katta emas. Ammo harakat mexanizm sezilarli darajada farq bor.
Olimlarning so’zlariga ko’ra eshitishida nuqsoni bor o’smir yoshdagi bolalarda harakat mexamizmida, oddiy kunlik hayot tarzida, yangi jismoniy harakatlarni o’zlashtirish vaqtida koordinatsion mexanizmlar boyicha muommolar, hattoki doimiy oddiy harakat vaqtida muvozanat saqlashda va yana (психомоторний) psixologik tez fikrlash qobilyatlati, to’g’ri mo’ljallash ham eshituvchi bolalarga nisbatan ancha pas bo’ladi. Sport bilan shug’ullanuvchi eshitishida nuqsoni bor o’smir bolalarda kuch sifatlari past ko’rsatkichda, ayniqsa yunon-rum, erkin kurash kabi ko’p kuch va chidamkorlik kuchi talab qilinadigan sport turlarida tananing yuqori qismidagi kuch sifatlari pastligini ko’rishimiz mumkun. Yakkakurash sport turlari misolida ko’rsak musobaqa yoki kurash vaqtida ko’p hollarda juda katta natija beruvchi reaksiya ko’rsatkichlari past ko’rsatkichda. Yana bir asosiy muommolardan biri harakat vaqtida to’xtab qo’lish, yakkakurash sport turlarida usul boshlangandan so’ng qisqa muddatli uzilishlar, to’xtab qolish kabi muommolar mavjud. Shu manbalardan kelib chiqib eshitishida nuqsoni bor o’smirlarni tanlangan sport turiga tayyorlash vaqtida, tanlangan sport turi boyicha jismoniy sifatlarni rivojlantirish to’g’ri tanlov bo’lib hizmat qiladi.
Olimlarning takidlashicha, eshitishda nuqsoni bor sportchilarni tarbiyalashda eng muhim jismoniy sifatlar: chidamkorlik, tezlik, kuch va egiluvchanlik. Eshitish bilan muommosi bo’lgan sportchilarda asosiy navbatta tezlik-kuchi va aniq bajariluvchi harakatlarga o’rgatish kerak[50]. Tanada kuchining rivojlanish odatta eshituvchi bolalar bilan eshitishida nuqsoni bor bolalarda katta farq bo’lmaydi lekin kuch hajmi, bajarilish darajasi eshitishda bo’lgan nuqson hisobiga ancha past ko’rsatkichda.
Oddiy misolda sakrash mashqlarini bajarish eshitishida nuqsoni bor bolalarda juda past, buning sababi muvozanat saqlash koordinatsion harakatlar, harakat reaksiyalarining bir maromda emasligidandir.
Hulosa. Olimlarning kuzatish hamda tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki tezlik-kuchi teng yoshdagi eshituvchi bolalarning ko’rsatkichlari eshitishida nuqsoni bor bolarlarnikidan
ancha yuqori.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paraolimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5114 son qarori.

  2. Байкина,Н.Г. Физическое воспитание в школе глухих и слабослышащих: учебное издание / Н.Г. Байкина, Б.В. Сермеев. М.: Советский спорт, 1991. - 64 с.

  3. Байкина,Н.Г. Диагностика и корре^ия двигательной сферы у лш с нарушениями слуха / Н.Г. Байкина. Запорожье: ЗГУ 2003.120 с.

YOSH KARATECHILARNI MUSOBAQALARGA PSIXOLOGIK TAYORLASHDA
LOYIHALASHTIRILGAN MUSOBAQALASHUV VAZIYATLARINING ROLI

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling