Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions
Arzibayev Q.O., 0„zMU, Sport menejmenti kafedrasi dotsenti
Download 1.09 Mb.
|
1-To\'plam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Калит сузлар
- Ключевые слова
Arzibayev Q.O., 0„zMU, Sport menejmenti kafedrasi dotsenti
Анотация: мацолада спортчиларни, каратэчиларни психологик тайёрлашда цуллаш самара берадиган вертуал реаллик юзасидан маълумотлар ёритилган. Спорт тайёргарлигида вертуал реалликдан унимли фойдаланиш бугунги кун талаби эканлиги ёритилган. Калит сузлар: спорт, каратэ, виртуал реаллик, беллашув, жанг, вазиат, тактика, машгулот Аннотация: статья содержит информацию о виртуальной реальности, которая эффективна в психологической подготовке спортсменов, каратистов. Подчеркнуто, что эффективное использование виртуальной реальности в спортивной подготовке является требованием сегодняшнего дня. Ключевые слова: спорт, каратэ, виртуальная реальность, соревнование, борьба, ситуация, тактика, тренировка. Hozirgi globallashuv, taxlikali, turli yuqumli kasalliklar avj olgan bir davrda sog‘lom turmush tarzini olib borish, xususan, sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish juda muhim ekanligi tobora oydinlashib bormoqda. Sport bilan shug‘ullanish insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi qolaversa psixologik jixatdan barqarorlikni ta’minlaydi. Rivojlangan davlatlar qatori mamlakatimizda ham jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Bundan tashqari sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik, birodarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Sport sohasida erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. Yurtimizdagi isloxatlar negizida iste’dodli bolalami tanlash va professional sportchilami tayyorlash bo‘yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumta’lim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg‘ulotlarda qobiliyati ko‘zga tashlangan o‘g‘il-qizlar bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Ma’lumki, bugungi kunda sportchilami musobaqalarga tayyorlash jarayoni deganda nafaqat ularni jismoniy, texnik-taktik jixatlari ko‘zda tutiladi balki psixologik jixatdan ham mukammal tayyorlash kerakligi tushuniladi. Bizning fikrimizga ko‘ra yosh karatechilarni psixologik tayorlashda loyihalashtirilgan musobaqalashuv vaziyat(vizual ham)larini qo‘llanilishi samarali natijalarga olib keladi. Ma’lumki, har bir xatti-harakatlar bosh miya tizimidan boshqariladi. Sportda virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish bir qator afzalliklarga ega ekanligi bugungi kunda tobora barchaga ma’lum bo‘lib bormoqda. Ular, xususan, haqiqiy sport sharoitlari tomonidan qo‘yilgan bir qator cheklovlarni olib tashlash bilan bog‘liq. Ushbu texnologiyalar sportchilarning shikastlanishining oldini olish, har qanday ekologik sharoitlarni (ob-havo, namlik) yaratishga imkon beradi, raqiblarning turli darajadagi mashg‘ulotlarini taqlid qiladi va yana ko‘p bir qancha qator imkoniyatlar yaratib beradi. Virtual reallik imkoniyatlaridan foydalanish sportchilarga jihozlar, ob-havo yoki musobaqa o‘tkaziladigan joyga bog‘liq bo‘lmaslik imkonini beradi, shuning uchun ular erishish qiyin va katta mag‘lab talab etiladigan sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini beradi. Biz tarafdan tadqiqot sifatida 2018-2022 yillardagi Osiyo va Jaxon chempionatlarida yuqori malakali karatechilarning chiqishlarini videoyozuvga stenografiya qilish usuli bo‘yicha musobaqa faoliyatini tahlil qilindi. Mutaxassislar bilan birgalikda janglarda tez-tez uchraydigan turli xil xatoliklarga ega holatlarni aniqladik hamda biz ularni tizimlashtirishga harakat qildik. Bu vaziyatlarni quyidagi belgilarga ko‘ra to‘qqizta kengaytirilgan guruhiga birlashtirish mumkin: bular, erishilgan ochkolar samaradorligi bo‘yicha; sodir bo‘lgan vaqtga ko‘ra; kelib chiqish joyiga ko‘ra; harakatning tabiati bo‘yicha; masofaga nisbatan; sportchilar sinfiga nisbatan; sportchi tomonidan yaratilgan vaziyatlar; raqib tomonidan yaratilgan vaziyatlar; tasodifiy vaziyatlar. So‘rov jarayonida eng ko‘p mutaxassislar shug‘ullanishning birinchi yilidagi o‘quv guruhlarining yosh karatechilarni o‘rgatishdagi ahamiyati bo‘yicha birinchi o‘rinda raqobat faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq tipik vaziyatlarni qo‘yadilar (1±2,14 ball). Bu fakt tadqiqotimiz yo‘nalishini tanlashda asos bo‘ldi. Faoliyat bilan bog‘liq har bir tipik vaziyatni tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olindi: tayyorgarlik, hujum va mudofaa taktik harakatlarining hajmi, ko‘p qirraliligi va samaradorligi, sport maydonchasining masofalari va maydonlaridan foydalanish, ochko olish vaqti g‘olib va sportchilarning malakasi. Shunga ko‘ra, sportchining g‘alaba qozongan, durang yoki mag‘lub bo‘lgan holatidagi tipik vaziyatlariga ko‘ra, yuqori malakali karatechilar tomonidan taktik harakatlarni bajarishlarida aniqlangan ko‘rsatkichlari asosida raqobat kurashlari jarayonidagi taktik harakatlarni amalga oshirishning uchta «tarkibiy» modeli tuzildi. Bellashuvlar paytida yuqori malakali karatechilar tomonidan taktik harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, biz raqobatbardosh janglarda yuqori malakali karatechilar tomonidan taktik harakatlarni amalga oshirishning yaxlit “vaziyat- jarayon” modelini yaratdik. Ushbu model bellashuvning namunaviy xususiyatlarining quyidagi ketma-ketligini taqdim etadi: avval jangovar xolatlarga qarab jang vaziyatlari - taktik vazifalar va ularni hal qilish usullari, so‘ngra Jahon darajasidagi karatechilar tomonidan hal qilish uchun bajariladigan taktik harakatlar taqdim etiladi. “Vaziyatli- jarayon” modeli ketma-ketligi qo‘llash, xalqaro musobaqalarda karatechilar tomonidan jangovar taktikalarni amalga oshirishda ularda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlari va harakatlarining uzluksizligini aks ettirish imkonini berdi. Olingan natijalar va o‘qitish metodologiyasini qurishda vaziyat va jarayon yondashuvlarining moslashtirilgan qoidalari asosida biz sport bellashuvining tipik vaziyatlarini mashg‘ulot jarayoni mazmuniga loyihalashning algoritmini ishlab chiqdik. Yosh karatechilarning taktik tayyorgarlik darajasini oshirish - taktika vazifalari va quyidagi ketma-ketlikdagi operatsiyalarda namoyon bo‘ladi: o‘quv jarayoniga prognoz qilinishi kerak bo‘lgan muayyan tipik vaziyat aniqlanadi; mashg‘ulot jarayoni mazmuniga sport bellashuvining tanlangan vaziyatining o‘ziga xos tarkibiy parametrlari (komponentlari) prognoz qilinadi; uchinchidan, ishlab chiqilgan sun’iy vaziyatda (yoki aniq jangovar vaziyatda) taktik harakatlarga o‘rgatish jarayoni rejalashtiriladi va keyinchalik amalga oshiriladi; o‘quv jarayoni nazariy qismdan amaliy qismga, amaliy qismdan tahliliy va keyin yana amaliy qismga uzluksiz o‘tishlar asosida quriladi. Taqdim etilgan algoritm asosida biz raqobatbardosh bellashuvning mo‘ljallangan vaziyatlarida taktik harakatlarni o‘rgatish metodikasini ishlab chiqdik, u ikkita qismni o‘z ichiga oladi: nazariy va amaliy, ular yosh karatechilarni o‘qitishning yaxlit metodologiyasining o‘zaro bog‘liq komponentlari hisoblanadi. Endilikda “Vaziyat taktikasi” kompyuter dasturini yaratish talab etilmoqda. Nazariy qismda olingan bilimlarni har bir vaziyat uchun ishlab chiqilgan vazifa sozlamalaridan foydalangan holda Amaliy qism karatening “Vaziyat taktikasi” bo‘yicha mashg‘ulot jarayonida amalga oshiriladi. Bizningcha, kutilayotgan natija yosh karatechilarda taktik fikrlashi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, psixologik tayyorgarlikning zaruriy bosqichi va uning samaradorligi ko‘zga tashlanadigan darajada ortadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki mashg‘ulot faoliyatidagi taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari hamda yosh karatechilarning musobaqa faoliyatidagi taktik harakatlami pedagogik eksperimentgacha va undan keyin amalga oshirish koeffitsientlarini guruhlar ichida va guruhlararo qiyosiy tahlil qilish natijalariga ko‘ra, amaliyotda qo‘llanilayotgan taktik harakatlami o‘rgatishning an’anaviy usullari samaradorligini tasdiqlash mumkin bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR Arzibayev Q.O. Karate-kata salomatlik garovi. Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari (Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami) 2009. Баранов М.В. Характеристика эффективности индивидуализированной технико-тактической подготовки спортсменов карате-до с учетом стилей ведения поединков // Слобожанский науково-спортивний вюник, 2011. Timerbayev O.M. Training to tactical actions of young male karatekas in projected situations of sports fights. 2013. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling