Ehtimollar statistikasi
Laboratoriya mashg’ulotida bajariladigan vazifalar
Download 447.18 Kb.
|
4-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-masala.
Laboratoriya mashg’ulotida bajariladigan vazifalar:
Masaladagi barcha parametrlarni variant nomeriga moslab o’zgartiring va masala shartini qayta yozing (bunda V – variant nomeri); Tajriba va tasodifiy hodisalarni aniqlang; Tadqiq qilinayotgan A hodisani va boshqa hodisalarni ajrating; Hisoblash uchun kerakli formulalarni yozing va hisoblashlarni kalkulyatorda bajaring. 1.1-masala. 2 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping: 1) Ikkala tangada ham gerb tomon tushdi; 2) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tomon tushdi; 3) Hech birida gerbli tomon tushmadi; 3 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping: 4) Hamma tangada gerb tushdi; 5) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tushdi; 6) Faqat 1 ta tangada gerb tushdi; 7) Faqat 2 ta tangada gerb tushdi; 8) Hech birida gerbli tomon tushmadi; 4 ta tanga tashlangan, quyidagi hodisalar ehtimollarini toping: 9) Hamma tangada gerb tushdi; 10) Hech bo’lmaganda bitta tangada gerb tushdi; 11) Faqat 1 ta tangada gerb tushdi; 12) Faqat 2 ta tangada gerb tushdi; 13) Faqat 3ta tangada gerb tushdi; 14) Hech birida gerbli tomon tushmadi; O’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping: 15) juft raqamlar tushish ehtimolini; 16) «1» yoki «6» raqamlari tushish ehtimolini; 2 ta o’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping: 17) faqat juft raqamlar tushish ehtimolini; 18) bittasida juft, boshqasida toq raqam tushish ehtimolini; 19) tushgan raqamlarning yig’indisi juft bo’lgan hodisalar ehtimolini; 20) tushgan raqamlarning yig’indisi toq bo’lgan hodisalar ehtimolini; 21) Raqamlarning yig’indisi ularning ko’paytmasidan katta bo’lgan hodisalar ehtimolini; 22) Raqamlar yig’indisi 6 dan kichik bo’lgan hodisalar ehtimolini; 23) Raqamlar yig’indisi 8 dan katta bo’lgan hodisalar ehtimolini; 3 ta o’yin kubigi tashlandi. Quyidagilarni toping: 24) faqat juft raqamlar tushish ehtimolini; 25) bittasida juft, boshqalarida toq raqam tushish ehtimolini; 26) tushgan raqamlarning yig’indisi juft bo’lgan hodisalar ehtimolini; 27) tushgan raqamlarning yig’indisi toq bo’lgan hodisalar ehtimolini; 28) Bir xil raqamlar tushish ehtimolini; 29) Turli xil raqamlar tushish ehtimolini; 30) Raqamlar yig’indisi 4 ga bo’linadigan hodisalar ehtimolini; 31) Raqamlar yig’indisi 5 ga bo’linadigan hodisalar ehtimolini toping. Download 447.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling