Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


Download 0.82 Mb.
bet12/37
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1624636
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Eksperiment natijalariga 0000000000

F-Fisher taqsimoti. Normal taqsimlangan n1 va n2 miqdordagi ikki mustaqil tanlamani olsak va va dispersiyalarining erkinlik darajasi va larni hisoblasak, u holda dispersiyalar nisbatini aniqlash mumkin:
( 14.2)

Dispersiyalarning nisbati shunday tarzda qabul qilinadiki, nisbatning suratida katta dispersiya qo‘yiladi va shu sababli bo‘ladi. F - taqsimot faqat erkinlik darajalari v1 va v2 ning soniga bog‘liqdir (F - taqsimot qonuni R. A. Fisher tomonidan kashf etilgan). Agar o‘rtacha qiymati bo‘lgan bosh to‘plamga tegishli bo‘lgan ikki taqqoslanayotgan tanlamalar tasodifiy va bosh to‘plamdan mustaqil bo‘lsa, u holda Ffakt ning haqiqiy qiymati ma’lum chegaralardan, ya’ni ushbu berilgan v1 va v2 lar uchun kritik qiymat bo‘lgan nazariy qiymat Fteor dan oshmaydi (Ffakt < Fteor). Agar taqqoslanayotgan to‘plamlar uchun bosh to‘plam parametrlari farqlansa, u xolda Ffakt ˃ Fteor .


F taqsimotni nazariy qiymatlari 5% lik va 1% lik axamiyatlilik darajasi(yoki α- xato qilish extimoli) uchun tegishli adabiyotlar[…] ilovalarida jadval ko‘rinishida keltirilgan.
SHuni ta’kidlash kerakki, t - taqsimoti F - taqsimotning erkinlik darajalari v1 = l va v2 = v bo‘lgandagi xususiy holatidir, ya’ni t - taqsimot uchun erkinlik darajalarining soniga teng bo‘lsa, bu holda F va t o‘rtasidagi quyidagi bog‘lanish kuzatiladi:

F(v1 = l, v2) = t2(v = v2) va t = √F


Puasson taqsimoti. Qachonki qandaydir xodisaning bo‘lish extimoli juda kichik bo‘lsa, masalan, odatiy xodisalar 1000 yoki 10000 marta bo‘lib o‘tganda u bor yo‘g‘i bir necha marta bo‘lsa, bunday tasodifiy xodisalarning taqsimoti quyidagi Puanson formulasi deb ataluvchi o‘ta kam uchraydigan xodisalar qonuni bilan tavsiflanadi:

(14.4)
bu erda Rx - x qiymatning extimoli; x- xar bir katta guruxda o‘ta kam uchraydigan xodisalar soni (x=0, 1, 2, 3 va x.k.); a - o‘ta kam uchraydigan xodisalar soni xar bir katta guruxdagi o‘rtacha qiymati; x! - 1 dan x gacha bo‘lgan sonlar ko‘paytmasi(faktorial); nulni faktoriali birga teng deb xisoblanadi: 0! = 1; e - natural logarifmning asosi ( e ≈ 2,718).
Agar a o‘rtacha qiymatga ega voqelik Puasson qonuniga bo‘ysinsa, x = 0, 1, 2, 3 va x.k. qiymatlarning extimoli quyidagilarga teng:
; ; ; , va x.k.
Puasson taqsimoti birgina parametr o‘rtacha qiymat bilan tavsiflanadi. Bu taqsimotning dispersiyasi uning o‘rtacha qiymatiga teng, ya’ni σ2 = a. Bundan kelib chiqadiki, barcha nazariy taqsimotlarni faqat bir tanlama o‘rtacha qiymat asosida qurish mumkin.
Puasson taqsimoti binomial taqsimotning xususiy xoli bo‘lib, bunda binomda (p+q)n r qiymati juda kichik, q esa cheksizlikka intiladi. O‘ta kam uchraydigan xodisalar taqsimoti grafigi assimmetrik egri chiziq ko‘rinishida bo‘lib, xodisaning yuz berish extimoli qancha kichik bo‘lsa asimmetriyalik darajasi shuncha katta bo‘ladi. Bunday taqsimotga misol tariqasida urug‘lik dondagi begona o‘tlar urug‘lari soni, to‘rt-olti egizaklarni tug‘ilishini keltirish mumkin.


10. Eksperiment natijalarini ishlash vazifasi ulardan foydali ma’lumotlarni olish va ularni tahlil qilish, nazariy umumlashtirish va qaror qabul qilish uchun mos shaklda taqdim etishdan iborat.
Tajriba natijalarini ishlash metodlari asosan ushbu ma’lumotlar qay tarzda olingani va ular yordamida echilishi mumkin bo‘lgan vazifalar kelib chiqgan xolda aniqlanadi. Bunda olingan ma’lumot shunday o‘zgartirilishi kerakki, xodisa yoki jarayonning ayrim o‘ziga xos tomonlari aniq va ravshan ko‘rinadigan tarzda, olingan natijalar va qabul qilingan qarorlarni miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash yoki asoslash mumkin bo‘lsin. Bunday yondashuv tadqiqot natijalari va ularning natijalarining ishonchliligiga doimiy ravishda ortib borayotgan talablarga bog‘liq.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling