Eksperiment natijalariga ishlov berish vazifalari. Asosiy tushunchalar. Vo


Tajribaviy ma’lumotlarni ishlash shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi


Download 0.82 Mb.
bet10/37
Sana19.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1624636
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Eksperiment natijalariga 0000000000

Tajribaviy ma’lumotlarni ishlash shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi:
Qayta ishlashga tayyorgarlik - olingan ma’lumotni baholash, dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish uchun tayyorlash, jadvallar va grafikalar shakllarini ishlab chiqish, tashkiliy tayyorgarlik va h.k. Bu ishlarning barchasi asosan tadqiqotchi tomonidan amalga oshiriladi.
Asosiy ishlov berish – tajribalar dasturi va metodida nazarda tutilgan o‘lchab aniqlangan qiymatlarni baholash va eksperimental bog‘liqliklarni aniqlashdir. Bunga quyidagilar kiradi:
- vaqt belgilarini aniqlash asosida jarayonlarning tavsiflovchi yozib qayt qilib olingan ossillogrammalarni ishlash, ordinatalarini o‘lchash yoki ularni kompyuterga kiritish uchun kodlash va h.k.;
- jarayonlarning rivojlanishini tavsiflovchi raqamli ketma-ketlikni olish uchun kino-, videokadrlarini qayta ishlash; o‘lchov natijalarini ishlov berish uchun qulay ko‘rinishga o‘zgartirish; xatolarni bartaraf etish, kattaliklarni o‘rtacha qiymatlari va b. statistik ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- tadqiqot gipotezasi va nazariy izlanishlardan ma’lum bo‘lgan omillarni qiymatlar jadvallarni to‘ldirish;
- bilvosita o‘lchangan kattaliklar qiymatlari va o‘lchovlarning aniqligi bo‘yicha hisob-lashlar; grafiklarni rasmiylashtirish va b. ishlar. Bu ishlar oddiy texnik ishlov berish bo‘lganligi sababli yordamchilar tomonidan xam amalga oshirilishi mumkin.


Tahlil qilish jarayonida ishlov berish - yordamchilar tomonidan yoki tadqiqotchining kompyuterda bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Ushbu ishlov berish asosan hodisalar va bog‘liklarning mohiyatini ochib tushuntirish berishga qaratilgan.
Natijalarning tarqoqligi o‘lchovlar xatoliklari yoki o‘lchanyotgan kattalikning o‘zgaruvchanligi sababli xosil bo‘ladi. Agar o‘lchov natijalari dispersiyalari kattaligi bir xil bo‘lsa, bunday o‘lchovlar bir xil yoki teng aniqlikdagi(ravnotochnыe) o‘lchovlar deyiladi.
Qator o‘lchovlarning o‘rtacha kvadratik xatoligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

Ushbu xatolik tanlama xajmi nisbatan kichik n < 10 bo‘lganda sezilarli bo‘ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling