Eksperimental psixologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.01 Mb.
bet3/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Eksperimental psixologiya fani nimani o’rganadi?

  2. Veber va Fexnerning eksperimental psixologiya fani taraqqiyotiga qo’shgan hissalari haqida gapirib bering.

  3. V. Vundtning eksperimental psixologiya sjhasida olib borgan ishlari qanday ahamiyatga ega?

  4. Psixologik tyestlar tarixi haqida nimalarin bilasiz?

  5. Proyektiv myetodlarning yuzaga kelishi va qo’llanilishi.

6) Rus psixologiyasi psixodiagnostika rivojlanishining asosiy bosqichlari.

2-Mavzu- Ekspyerimyental Psixologiya va Umumiy Psixologiya
faninng vazifalari


1. Ekspyerimyental psixologiya haqida tushuncha
2. Ekspyerimyental psixologiyaning vazifalari
3. Nazariya va uning tuzilishi

Ekspyerimyental psixologiya fan sifatida XIX asr o`rtalarida rivojlana boshladi. Ekspyerimyental psixologiyaning maqsadi psixologik ekspyerimyent o`tkazishning malaka va ko`nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.


1. Psixologiya fanida ekspyerimyent o`tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat.
2. Turli myetodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotor rivojlanishini o`rganishdir.
Ma`lumki, X1X asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan xaraktyerlanadi. Fanda paydo bo`lgan ekspyerimyental myetodning kyeng qo`llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam byerdi. XYIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o`rtasida psixik hodisalarni o`rganishda ekspyerimyentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, dyegan muammo paydo bo`ldi.
Bu muammo bo`yicha faylasuf Kant o`z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada ekspyerimyentning bo`lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o`lchash mumkin emas, ularga matyematikani tadbiq qilish ham mumkin emas.
Psixik hodisalarni o`lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada ekspyerimyentning bo`lishi mumkinligi haqida nyemis psixologi I.Gyerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matyematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday dyegan: «Myening ttadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o`zi bilan chyeklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gyerbartning fikricha, asosiy psixofizik elyemyent tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o`zgarish jarayonida bo`ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o`zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o`lchash mumkin. SHuning uchun ham, Gyerbartning fikricha, psixologiyaga matyematikani tatbiq qilish mumkin.
Gyerbart garchand psixologiyada ekspyerimyentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo`lsa ham, lyekin uning o`zi bu myetoddan foydalanmadi.
Psixologiyada ekspyerimyentni tatbiq qilish bo`yicha dastlabki ishlarni fiziolog Vyebyer (1796-1878) va fizik Fyexnyer (1801-1887) amalga oshirdilar. Vyebyer va Fyexnyerning maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) ta`sirida syezgilarning o`zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fyexnyer ekspyerimyental myetodlar asosida syezgilarning ortib borishi bilan ularni qo`zg`atuvchi ta`sirlar o`rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, syezgi qo`zg`atgich logarifmiga proporsionaldir, dyegan psixofizik qonunni kashf etadi. Vyebyer va Fyexnyer o`tkazgan tajribalar «Psixofizika» dyegan alohida fanning paydo bo`lishiga olib kyeldi.
Vyebyer va Fyexnyer ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo`lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, ekspyerimyental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o`z-o`zini kuzatishdan foydalanib kyelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`yektiv myetoddan foydalana boshlaydi.
Ekspyerimyental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nyemis fiziologi va psixologi Vil`gyel`m Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o`z-o`zini kuzatishdan foydalanib kyelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt ekspyerimyent va o`lchash myetodlarini zarur dyeb topib, psixologiyani ekspyerimyental fanga aylantirishni maqsad qilib qo`ydi. Vundt psixologiya uchun klassik myetodlar bo`lib qolgan bir qancha myetodlarni, ya`ni kuzatish myetodi, ifodalash myetodi va ryeaksiya myetodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Lyeypsigda birinchi ekspyerimyental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug`ullangan masalalardan biri o`sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil ko`zg`atuvchiga to`plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o`ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo`lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma`lum vaqtdan kyeyin shig`irlaydi. Bu psixologik ekspyerimyentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo`shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, gyeografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Lyeypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Gyermaniyaning boshqa shaharlarida ham, shuningdyek boshqa mamlakatlarda ham, jumladan Fransiya, Angliya va Amyerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. X1X asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha ekspyerimyental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda – Byextyeryev, Odyessada N.N.Lyengyerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911 yilda Moskva univyersityeti huzurida, maxsus qurilgan binoda profyessor CHyelpanov rahbarligida ekspyerimyental psixologiya instituti tashkil qilindi.
Profyessor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan ekspyerimyental myetodning alohida turi – tabiiy ekspyerimyental myetod 1910 yilda ishlab chiqilgan. Ekspyerimyentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o`rganishda, pyedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqishda kyeng va unumli foydalanilmoqda.
Ekspyerimyental myetodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir ko`rsatdi. Bu myetod yordamida oddiy kuzatish va o`z-o`zini kuzatish yo`li bilan aniqlash qiyin bo`lgan yoki butunlay mumkin bo`lmagan ko`p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, syezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Ekspyerimyental analiz yo`li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdyek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo`lgan bog`lanishlari ochilgan. Ekspyerimyental tyekshirishlarning yakunlari, shuningdyek, ekspyerimyental myetodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida – o`quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, myehnatni tashkil qilish va rasionalizasiyalashda, sud ishlarida, san`atda juda ko`p foyda kyeltirdi.
SHunday qilib, ekspyerimyental psixologiya – ekspyerimyental myetodlar vositasida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir.
X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o`zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo`shgan dyeyarli barcha psixologlar ekspyerimyentatorlar bo`lishgan. Bugungi kunda esa ekspyerimyental psixologiyaning rivojlanishi ancha tyezlashib, yangi-yangi sohalar tadqiq qilinmoqda. Psixologik myetodlarning rivojlanishi va kyengayishi bilan birga u o`zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid myetodlar bilan ham chambarchas bog`liq: nyeyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Ekspyerimyental psixologiyani o`rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob`yektiv myetod va usullar bilan o`rganishdan iborat. Ekspyerimyental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma`lumot olinadi, ekspyerimyental tadqiqotda nazariy faraz tyekshiriladi.
Ekspyerimyent nazariyani tyekshirib ko`rish uchun o`tkaziladi. Nazariya ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh byeradi. Nazariyaning mantiqiy qismlari bir-birini rad etadi. Nazariya asosida uning tushunarli ob`yektiv haqiqatlari yotadi.
Mavjud ko`plab shakllar nazariy bilish: qonunlar, tasniflar va turlar, modyellar, sxemalar, farazlardan iborat. Har bir nazariya o`zida quyidagi tarkibiy qismlarni oladi: 1. Empirik oqibatlar poydyevori (dalillar, empirik qonun-qoidalar). 2. Asos – ko`plab birlamchi sharoitlar (faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma), bu nazariyaning fikriy ob`yekti sifatida qaraladi. 3. Ko`plab nazariyalar asosiy nazariy bilimlarni mustahkamlaydi.
Nazariy bilimlar tarkibiy qismlarining kyelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning empirik tuzilishi tadqiqot va ekspyerimyent natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning idyeallashtirilgan ob`yekti o`zi bilan (tanish) aniqlikning tanish-ramziy modyelini yaratadi. Qonunlar nazariyani shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas, idyeal ob`yektni ta`riflaydi. Uslubiy qurilma aksiomani va gipotyetik-dyeduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, nazariyaning ramkasi bo`lmish, isbot talab etmaydigan, zarur va yetarli bo`lgan aksiomalardan qurilgan bo`ladi. Ikkinchidan, farazlarning empirik, induktiv asoslari mavjudligi, nazariyalar matyematik apparatning sifat qurilmasi tarzida, shaklan, rasmiy tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalarni psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. Fyestingyer, Dj. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko`rish mumkin. SHakliy nazariyalar qo`llaniladigan matyematik apparatning tuzilishida namoyon bo`ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o`z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piajye, motivlar nazariyasi K. Lyevin, D.Kyelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matyematikada ishlatiladigan apparatda namoyon bo`ladi.
Empirik yo`nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim bo`ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko`rib chiqadi, ekspyerimyental natijalar, nazariyaning holati va uning ta`sirini hisobga olinadi.
Mavjud vaqtda o`tkazilgan ekspyerimyent natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada syensorning uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir qancha sifatlari va empirik ta`sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzyenk modyeli, R. Kettyell modyeli, “Katta byeshlik”).
Taniqli myetodolog B. Fyeyyerbyend “Tirishqoqlik tamoyili”da eski nazariyalarni rad etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e`tiborsiz qoldirib bo`lmaydi, dyeb hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili myetodologik anarxizm tamoyili: “Fan o`zi bilan anarxistlikni vujudga kyeltiradi, nazariya qonunlar asosida har doim progryessiv rivojlanishda... Bu tarixiy voqyealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va harakat orasidagi munosabatni mavhum tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progryessiyaga to`sqinlik qilmaydi, bu “Hammani qo`yib yuboramiz” dyeb ataladi. Masalan, biz farazlarni qo`llashimiz mumkin, bular nazariyada ko`rsatilgan va ekspyerimyent natijalarida isbotlangan bo`lishi lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin” (Fyeyyerbyend. 1986 )
Har qandan vazifani muammo sifatida bayon etish mumkin. Hammasidan ajoyibi “Bolalar” savollari (“Nima uchun osmon havo rang? YOki nima kuchli? Kitmi? Filmi”) ular o`ylantiruvchi muammolarni yaratmaydi. Ularga aniqlik kiritib isbotlashni talab etadi. Biri sub`yektivlikni oydinlashtirishdir. Hamma pryedmyetlarni yaqqol dyeyish mumkin. Ular biz uchun kyerak, tashlasak pastga tushadi. Lyekin inson tanasi bundan farq qiladi, kosmik kyemadagi holatni eslang. Qizil rang yashildan ozgina farq qiladi, ko`k sariqdan, ammo rang ajratolmaslik kamchiligi bo`lgan odamlar ularni farqlay olishmaydi. Dyemak, inson yaxshi ishlashi uchun u har tomonlama bo`lishi lozim. Agar unda motivasiyalari yuqori bo`lmasa, faoliyatida xatolar bo`ladi, bilim olioshi syekinlashadi.
Hayotiy fan muammolari ta`lim atamalari bilan shakllanadi. U tahliliy-tarkibiy bo`lishi lozim. “Nima uchun quyosh yoritadi ?”- savol, lyekin muammo emas, bu yerda ma`naviy myetodlarni ko`rsatish lozim.
“SHaxsni rivojlantirish, boshqalar bilan aloqasi, gyenyetik dyetyerminlik, byelgilarini va oilaviy totuvligini qanday tarbiyalash mumkin?”- bu muammo. Bu muammoni hal etish uchun psixologik bilim va myetodlarga tayanish lozim.
Muammolar qo`yishda farazlarni shakllantirish lozim. Muammolar qayerdan olinadi? Fanda muammolarni shakllantirish- yetishmov-chiliklarning mavjudligi, ma`lumot uchun axborotlarning yetishmasligi yoki borliqni tushuntirish orqali bo`ladi.
Olamni ko`proq aniq bilish bitta asosiy qo`llovchi istye`dod bilan bog`liq. Zyero, muammolarni bosqichlarga bo`lish mumkin:
Borliqni bilish haqidagi bilimlarning yetishmasligini bartaraf etish.
Muammolarni til darajasiga ko`tarish.
Muammolarning fandagi shakli.
Muammo –ritorik so`roq. Unda izlanuvchi savol byeradi, ammo u savolga o`zi javob topadi.
“Muammo” so`ziga falsafiy ta`rif quyidagicha bo`lishi mumkin. “Mummo”-bilishni rivojlantirishning ob`yektiv savoli yoki savollar to`plamiki, amaliy hodisalar yoki nazariy qizqishlar bilan ifoda etiladi. Muammolar borliqni taxlil qilishni o`rgatadi. Uni isbotlar kishining qilgan qarorlari bilan bog`liq.
Faraz-bu tasdiqlanmagan va isbotlanmagan, nazariyadan chiquvchi ilmiy fikr.
Fan myetodologiyasida farazlar nazariy va empirik holatlar kabi ekspyerimyental farazlarga nazariy ajaratiladi. Nazariy farazlar ichki nazariyalar va nazariy bilimlar aosisda vujudga kyeladi. Fan farazlari tugaluvchan, davom ettiriluvchi haraktyerga ega bo`lishi kyerak.
Ikkinchi tur farazlar ekspyerimyental usullar bilan muammolarni hal etuvchi holatlardir. Ekspyekrimyental farazlar albatta nazariyaga asoslanishi shart emas.
Insonning faolligini uning dunyosini muammosiz bo`lishini ta`minlaydi. Muammolar ruhiy faollik bilan ham bog`liq. Atrof olamga ko`ra farazlarni 3 ta turga ajratish mumkin. Birinchi turi nazariyalaga yoki borliq modyellariga asoslanadi va ularni ochib byeradi. Ikkinchi turi ta`limiy ekspyerimyental farazlar, ular voqyea va asoslar orasidagi munosabatni ifoda etadi. Ular Fyeyyerbyendning “Barchasi tasdiqlanadi” tamoyillari asosida shakllanadi.
Qadimgi variantga bunday farazlar Koz`ma Prutkovaning qarashlarida ifoda etiladi: “Burninga e`tibor byer, u tuklar bilan qoplangan”, ekspyerimyentdan kyeyin bunday faraz isbotlangan.

Isbotlangan farazlarni nazariyalariga ko`ra ajaratish mumkin:


A) xodisa;
B) hodisalar orasidagi aloqa.
V) hodisalar orasidagi aloqaning sabablari.
Farazning A turini ko`rib chiqamiz bunda bitta odamda qancha ramziylik borligi ifoda etiladi. Farazning B turi bunda bola intyellyekti va ota-onalarning bunga bo`lgan munosabati tushuntiriladi. Farazning V turida sabablar tushuntiriladi.

Gottsdankyer farazlarning quyidagi ekspyerimyental turlarini ajratadi:



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling