3– rasm. Umumiy baza (UB) va umumiy emmiter sxemada ulangan tranzistorning chiqish tavsiflari
Tranzistordan o‘tuvchi toklarning kuchlanishga bog‘liqligi statik qolt-amper tavsiflari (VAT) orqali ifodalanadi. Ular kirish va chiqish tavsiflariga ajratiladi.
Kirish tavsifi deyilganda chiqish zanjirining kuchlanishi o‘zgarmas saqlangan holda, kirish zaejiridagi tokning kirish kuchlanishiga bog‘livlik grafigi tushuniladi. Masalan, umumiy emitter sxemasida . Chiqish tavsifi deyilganda kirish zangjiridagi tok o‘zgarmas bo‘lganda, chiqish tokining chiqish kuchlanishiga bog‘liqligi tushuniladi. Masalan, umumiy emitter sxemada .
Umumiy baza va umumiy emitter sxemaning kirish VAT i 4 – rasmda keltirilgan. Tavsifdan ko‘rinib turibdiki, tavsiflar diodnikiga o‘xshash ko‘rinishga ega.
3 – rasmda umumiy baza va umumiy emitter sxemalar bo‘yicha ulangan tranzistorlarning chiqish tavsiflari keltirilgan. Umumiy baza sxemada, umumiy emitternikiga qaraganda kollektor toki kollektor kuchlanishiga kuchsiz bog‘langan. Umumiy emitter sxemada kollektor tokining keskin ortishi umumiy bazanikiga nisbatan kichik kollektor kuchlanishida ro‘y beradi.
4 – rasm. Tranzistorlarning chiqish tavsiflari:
a – umumiy baza va b – umumiy emitter sxemalarida
Tranzistordan kuchaytirgich sifatida foydalanilganda, ummiy emitterli sxemada signalni kuchlanish bo‘yicha 10 – 200 marta kuchaytirish mumkin. Shu sababli umumiy emitterli sxema boshqalarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Lekin umumiy emitterli sxemada kirish qarshiligi 500 – 1000 Om, chiqish qarshiligi 2 – 20 kOm atrofida bo‘ladi. Umumiy kollektorli sxemada kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish bir atrofida, tok bo‘yicha kuchlanish umumiy emitterliniki bilan bir xil. Umumiy bazali sxemada tok bo‘yicha bir atrofida, kuchlanish umumiy emitterli niki kabi bo‘ladi. Kirish qarshiliga bu sxemada juda kichik, 10 – 200 Om atrofida bo‘lganligidan ko‘pincha elektr signallarni generatsiyalash va shunga o‘xshash qurilmalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |