Elektr mexanikasi va texnologiyalari


– rasm. Stabilitronni tok manbaiga ulash sxemasi (a) va uning


Download 1.41 Mb.
bet3/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

2 – rasm. Stabilitronni tok manbaiga ulash sxemasi (a) va uning
chiqish tavsifi

Kuchlanish miqdori ko‘chkisimon yorib o‘tish miqdoriga yetganda, dioddan o‘tayotgan tok keskin ortib ketadi (1.1b – rasm). Chiqish kuchlanishi esa bir oz kamayadi. Kirish kuchlanishining bundan keyingi ortishi stabilitron orqali o‘tuvchi tokni oshirishga sarflanadi va chiqish kuchlanishi deyarli o‘zgarmaydi (1.2b – rasm). Bu oraliqqa to‘g‘ri kelgan chiqish kuchlanishi, stabilitronning stabilizatsiyalash kuchlanishi deb yuritiladi.


Asosiy ko‘rsatkichlariga stabilizatsiyalash kuchlanishi Ust, stabilizatsiyalash toki Ist, stabilizatsiyalash tokiga to‘g‘ri kelgan differensial qarshiligi Rst kiradi. 3 – rasmda stabilitron, tunnel va aylantirilgan diodlarning sxematik belgilanishlari keltirilgan.

3 – rasm. Yarim o‘tkazgichli stabilitron, tunnel va aylantirilgan diodlarning shartli belgilanish:
a – bir tomonlama o‘tkazadigan, b – ikki tomonlama o‘tkazadigan stabilitron; v – tunnel, g – aylantirilgan diodlar

Tunnel diodlar asosan ko‘p aralashmali diodlardan yasaladi. Uning ishlash prinsipi tunnel orqali yootb o‘tish hodisaiga asoslangan. Tunnelli diodning volt-amper tavsifi 4 – rasmda keltirilgan.



4 – rasm. Tunnel diodning volt-amper tavsifi

Tavsifdan ko‘rinib turibdiki, uning to‘g‘ri o‘tishga mos kelgan qismida differensial manfiy qiymatga ega bo‘lgan soha mavjud. Manfiy qarshilik deyilganda kuchlanish ortishi bilan tok kuchi kamayishi tushuniladi. Bu xususiyatga ko‘ra tunelli dioddan kuchaytirgich, generator va turli xil impuls rejimda ishlaydigan qurilmalarda foydalaniladi. Diod teskari yo‘nalishdagi tokni yaxi o‘tkazadi.


Aylantirilgan diodlar ham tunelli diodlarga o‘xshash bo‘lib, volt-amper tavifida, do‘nglik va chuqurlik fazasidagi farq kichik bo‘ladi (5 – rasm).

5 – rasm. Aylantirilgan diodning volt-amper tavsifi

Diodda aralashma kritik konsentratsiyada olinib, teskari yo‘nalishdagi o‘tkazuvchanlik to‘g‘ri yo‘nalishdagi o‘tkazuvchanlikdan katta bo‘ladi. Bunday diodlarning teskari yo‘nalishdagi volt-amper tavsifi to‘g‘rilovchi diodlarnikiga o‘xshash bo‘ladi.


Varikap – bu yarim o‘ikazgichli diod bo‘lib, sig‘im teskari yo‘nalishdagi kuchlanishga bog‘liq bo‘ladi, Teskari kuchlanish oshishi bilan n-p o‘tish sig‘imining qiymati oshib boradi.
Varikaplar galliy arseniddan tayyorlanib, unda asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi kam kam bo‘ladi. Teskari yo‘nalishdagi differensial qarshiligi katta bo‘ladi. 6 – rasmda varikaplarning shartli belgilanishlari keltirilgan.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling