Elektr mexanikasi va texnologiyalari


– rasm. Tranzistorning tuzilishi (a) va uning qarama-qarshi ulangan diodlar sifatida tasvirlanishi (b)


Download 1.41 Mb.
bet6/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

1 – rasm. Tranzistorning tuzilishi (a) va uning qarama-qarshi ulangan diodlar sifatida tasvirlanishi (b)

Emitter degan nom elektronlar bazaga purkaladi, in’eksiya, ya’ni injeksiyalanadi degan ma’noni bildiradi. Tranzistorda kollektor toki hosil bo‘lishi uchun albatta baza toki bo‘lishi shart. 1 – rasmda keltirilgan tranzistor diskret tranzistor deb ataladi. Bu tranzistorda n-p o‘tishlar yarim o‘tkazgichli plastinaning qarama-varshi tomonlarida joylashgan. O‘tishlari bir tomonga joylashgan tranzistorlar ham mavjud va ular integral tranzistorlar deb ataladi. Emitter sohasida aralashma miqdori ko‘proq bo‘ladi. Kollektor zaryad tashuvchilarni ekstraksiyalash (sug‘urib olish) vazifasini bajaradi.


Tranzistorning bazasi p yoki r o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra chetki qismlari r yoki p o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Demak, tranzistor n-p-r yoki p-n-p strukturali bo‘ladi. Tranzistorda ikkita n-p o‘tish mavjud. Buni hisobga olgan holda tranzistorni ketma-ket ulangan ikkita bog‘langan diod sifatida qarash mumkin (1b – rasm). Uning chetki uchlariga (emmiter – kollektorga) kuchlanish ulanganda n-p o‘tishlarning biri to‘g‘ri o‘tish bo‘lsa, ikkinchisida teskaoi bo‘lganligidan har ikkala yo‘nalishda tizimdan tok o‘tmaydi. Tranzistorni ikkita tok manbaiga 2 rasmda ko‘rsatilgandek ulaymiz. K kalit ochiq bo‘lganda emiiter zanjirida tok bo‘lmaydi. Kollektor zanjirida esa oz miqdorda teskari n-p o‘tish toki (IkBt, t – teskari demak) bo‘ladi. K – kalit ulanganda emmiter zanjirida tok hosil bo‘ladi. Chunki Yeemanba kuchlanishi emmiter – baza yo‘nalishida to‘g‘ri n-p o‘tish hosil qiladi. Bunda ko‘pchilik kovaklar emitterdan bazaga o‘tganda LB > LD bo‘lganligidan kollektor o‘tishiga yetib boradi. Natijada kollektor toki ortadi. Umuman olganda, tranzistorning asosiy xossasi bazada boraytgan jarayonlar bilan belgilanadi.

2 – rasm. Tranzistorni umumiy baza sxemasida ulash

Bazada chet moddalar taqsimlanishi natijasida unda asosiy bo‘lmagan zaryadlarni emitterdan kollektorga o‘tishiga yordam beruvchi elektr maydon bo‘o\lsa, bunday tranzistor dreyfli tranzistor deyiladi. Agar bazada xususiy maydon bo‘lmasa, asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar baza orqali asosan diffuziya hodisasi tufayli o‘tsa, bunday tranzistor dreyfsiz tranzistor deb ataladi. 3 – rasmda tranzistorning chiqish tavsiflari keltirilgan. Unda ga mos kelgan tavsif K kalit osiq bo‘lgan holni ifodalaydi. Tavsifdan ko‘rinadiki, kollektor – bazaga qo‘yilgan manfiy kuchlanish qiymati ortishi bilan tokning sezilarli darajada ortishi kuzatilmaydi.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling