“Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi «Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish»
IV. Sinovlar natijalarini rasmiylashtirish
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- II. Ishga oid nazariy tushunchalar.
IV. Sinovlar natijalarini rasmiylashtirish.
tg ni aniqlash. Material O‘lchashlar Hisoblashlar h, sm R, Om U 1 , V E, kVt/sm tg , R, Vt/sm 3 Nazorat savollari: 1.Elektroizolyatsion materiallarni C va tgδ qiymatlarini o‘lchashda qanday qurilmadan foydalaniladi ? 2.Sinov olib borilayotgan izolyatsion material ketma-ket ekvivalent ulangandagi o‘lchov ishlari ? 3.Sinov olib borilayotgan izolyatsion material parallel ekvivalent ulangandagi o‘lchov ishlari ? 4. Izolyatsion materiallarda energiya befoyda yo‘qotish koeffitsienti qaysi kattalikka bog‘lik ? KABELLARNI ELEKTR SINOVLARI. I. Ishni bajarishdan maqsad. 1. Kabel konstruktsiyalaridagi metall bo‘linmalarning elektr qarshiligini o‘lchash. 2. Kabel va sim izolyatsiyasining qarshiligini aniqlash. 3. Kabellarda yuqori kuchlanish sinovlari. 4. Kabellarda foydalaniladigan sinov sxemalari. II. Ishga oid nazariy tushunchalar. Kabelni yuqori kuchlanishli sinovlai zamonaviy elektr tizimlarining parametrlari har qanday iste’molchi uchun kerakli kuchlanish darajasi va sifatini ta’minlay oladi. Va yirik shaharlarning keng ko‘lamli rivojlanishi, sanoat ob‘ektlarining yaqin joylashuvi, ularning kommunikatsiyalari yig‘indisi tufayli, ko‘p liniyalar kuch kabellari orqali amalga oshiriladi. Tashqi omillarning ta’siri tufayli elektr jihozlarining izolyatsiyasi himoya xususiyatlarini yo‘qotishi mumkin, bu esa ishlamay qolishiga va normal ishlashining buzilishiga olib keladi. Kabel liniyalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun kabel yuqori kuchlanish bilan sinovdan o‘tkaziladi. Sinovga tayyorgarlik Yuqori kuchlanish uskunaning o‘ziga ham, xodimlarga ham potentsial xavf tug‘dirishi sababli, ma’lum bir harakatlar ketma -ketligini tartibga soluvchi sinov metodologiyasi mavjud. Birinchi bosqich – ishni rasmiylashtirish, ish joyini, uskunani va kabelni sinovga tayyorlash. Ta’kidlash joizki, faqat voyaga etgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha bilimlarni vaqti -vaqti bilan tekshirib turiladigan shaxslar elektr sinovlariga ruxsat etiladi. Ishni bajarish uchun naryad tuziladi va brigada a’zolariga mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalaridan yo‘riqnoma o‘tiladi. Sinov sxemasi Kabel izolyatsiyasining mustaxkamligini sinab ko‘rish uchun chiqishda yuqori kuchlanishni ta’minlaydigan turli qurilmalardan foydalanish mumkin. Ammo, ma’lum bir modeldan qat’i nazar, o‘lchash va ishlash sxemasi shu printsipga asoslanadi. Kabelni sinovdan o‘tkazish sxemasi 1 - kuchlanish darajasini sozlash funktsiyali transformator cho‘lg‘omlari (avtotransformator), 2 - sinovdan o‘tkazilayotgan ob’ektga kuchlanish beruvchi yuqori kuchlanishli transformator, 3 - boshqaruv paneli, 4 - sinalayotgan kabel, 5 - kenotron katod zanjirini ta’minlovchi kuch transformatori. Ushbu sxemada sinalayotgan kabelning tomirlaridan biriga yuqori kuchlanish beriladi va qolganlari yerga tutashtirilgan bo‘ladi. Sinovlarning boshlaishi bilan avtotransformatordan kilovoltmetr orqali sinov blokining birlamchi cho‘lg‘omiga kuchlanish beriladi. Ampermetr unga ulangan ikkilamchi cho‘lg‘omda sizib o‘tayotgan to‘kning qiymatini ko‘rsatadi. Sinalayotgan cho ‘ lg ‘ omga ampermetrdan tashqari R qarshilik ham ulangan bo ‘ lib, u izolyatsiya nosoz xolga kelsa o ‘ zgaruvchan to ‘ k qiymatini chegaralash vazifasini bajaradi. Rezistorning ikkinchi chiqishi kenotron anodiga ulanadi, uning katodi kuchlanish o‘zgartirgichning qiziydgan cho‘lg‘omidan ta’minlangan. Sinov me’yorlari Sinovlar paytida yuqori kuchlanishli sim yuqori kuchlanishni oladi, lekin u nol qiymatdan belgilangan qiymatgacha silliq ko‘tariladi. Davriy sinovlarda kuchlanishni ta’sir qilish vaqti 5 minut, plastmassa va qog‘oz izolyatsiyali kabellarni qabul qilish sinovlari uchun 10 minut belgilangan. Har qanday ta’mirlash yoki sxemalarning o‘zgarishlaridan so‘ng, kabelni sinash vaqti 10-15 minutni tashkil etadi. Rezina izolyatsiyali kabel barcha holatlarda 5 daqiqa davomida yuqori kuchlanish sinovidan o‘tkaziladi. Barcha ma’lumotlar davlat hujjatlari bilan belgilanadi – elektr uskunalarining tuzilish qoidalari (PUE) va texnik ishlatish qoidalari (PTE). Tarmoq parametrlariga va kabelning texnik xususiyatlariga qarab, yuqori kuchlanish berish chegaralari mavjud va quyidagi jadvalda keltirilgan: Kabel turlari Kabelning nominal kuchlanishi, kV Sinov kuchlanishi, kV Sinovning davomiyligi, min Qog ‘ oz izolyatsiyali 3—10 6 Uв 10 20—35 5 Uв 10 110 300 15 220 450 15 Rezina izolyatsiyali 3 6 15 6 12 5 Mana, jadvalda siz to‘g‘ridan -to‘g‘ri kabelning o‘ziga qo‘llaniladigan to‘g‘rilangan kuchlanish qiymatini ko‘rishingiz mumkin. U sinov transformatori tomonidan berilgan nominal kuchlanishdan qiymati va qutubi bilan farq qiladi. U B kabelning nominal kuchlanishini bildiradi va raqamlar sinov kuchlanishining nominaldan necha marta oshishi kerakligini ko‘rsatadi. Sizish to‘ki nazorat qilish yoki rad etish uchun parametr emas. Ammo, agar uning sakrashi, yuqori kuchlanish sinovi paytida tebranishlar bo‘lsa, biz nuqsonlarning mavjudligini ishonch bilan aytishimiz mumkin. Bunday holda, kuchlanishning berilishi kabel izolyatsiyasi yaroqsiz xolga kelguncha davom ettiriladi, lekin 15 daqiqadan oshmasligi kerak. To‘k bilan birga assimetriya koeffitsienti ham hisoblab chiqiladi, ularning me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan: Kabel kuchlanishi, kV Sinov kuchlanishi, Kv Sizib o ‘ tuvchi to ‘ kning ruxsat etilgan qiymati, mA Assimetriya koeffitsientining ruxsat etilgan qiymati 6 36 45 0,2 0,3 8 8 10 50 60 0,5 0.5 8 8 20 100 1,5 10 35 140 150 175 1,8 2,0 2,5 10 110 285 me ‘ yorlanmagan me ‘ yorlanmagan 150 347 me ‘ yorlanmagan me ‘ yorlanmagan 220 510 me ‘ yorlanmagan me ‘ yorlanmagan 330 670 me ‘ yorlanmagan me ‘ yorlanmagan 500 865 me ‘ yorlanmagan me ‘ yorlanmagan Jadvalda berilgan qiymatlardan chetga chiqish kabel liniyasining izolyatsiyasida jiddiy o‘zgarishlarni ko‘rsatishi mumkin. Sinov o‘tkazilayotgan vaqtda izolyatsiyaning nosozligi, elektr chaqnashlar, o‘zgarmas to‘kning birdaniga o‘sishi yoki tebranishlari sezilmasa, sinslsyotgan kabel yaroqli hisoblanadi. Maxsus holatlarda, elektr tizimiga mas’ul bo‘lgan shaxs, zavod standartlari doirasida sinov muddatlari va parametrlarini mustaqil ravishda o‘rnatishi mumkin. Plastmassa va qog‘oz qoplamali 2 dan 35 kV gacha kuchlanish uchun mo‘ljallangan kabellar uchun, ishga tushirilgan kundan boshlab dastlabki 2 yil mobaynida, yuqori kuchlanishli sinov chastotasi yiliga bir marta o‘tkaziladi. Nosozliklar, rekonstruktsiya bo‘lmasa, dastlabki ikki yilda har qanday o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalar ro‘y bermasa, sinovlarni kamroq - har 2 yilda bir marta o‘tkazishga ruxsat beriladi. Aks holda, sinov muddatlari avvalgidek qoladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling