ELEKTROMOBIL
Nutqiy mavzuning maqsadi: oʻquvchilar ongida kamxarj, ekologik bezarar
avtomobillar haqida tasavvur hosil qilish va unga oid
til birliklarini nutqida
faollashtirish; avtomobil
rusumlarini ifodalovchi nomlar,
ularning talaffuzi va
imlosi. Qisqartma soʻzlar imlosi, qisqartma soʻzlarni hosil qilish; belgili va belgisiz
qoʻllanadigan
kelishik shakllari; kelishik shaklidagi soʻzlarga toʻgʻri soʻroq
berishning ahamiyati; infografika asosida berilgan maʼlumotlarni ogʻzaki ifodalash.
1-soat
Dars jarayoni
Kirish.
1. Sizningcha, elektromobil soʻzining maʼnosi qanday?
2. Avtomobil va elektromobil oʻrtasida qanday farq boʻlishi mumkin?
Asosiy qism.
Yozma nutq. Tahlil.
Ushbu chizmani xattaxtada toʻldiring.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarda ikki narsani oʻzaro
taqqoslash,
fikrlarini
tartiblab ifodalash koʻnikmasini shakllantiradi. Oʻquvchilar oʻz
shaxsiy kuzatishlari
hamda ushbu birliklarga oid tushunchalari asosida ushbu chizmani toʻldirishlari lozim.
Bunda avval oʻqituvchi tomonidan ushbu “Vin diagrammasi”
va unda
maʼlumotlar qanday joylashtirilishi haqida maʼlumot beriladi. Soʻngra, oʻquvchilar
tartib bilan chiqib, ushbu birliklar haqidagi fikrlarini jadvalga kerakli oʻrniga yozishlari
aytiladi.
Morfologiya.
Avtomobil qismlari qanday atalishini bilasizmi? Quyidagi soʻzlarni kerakli
oʻrinlarga qoʻying.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan.
Oʻquvchilar berilgan soʻzlarni oʻqib, uni rasm bilan moslashtirib aytishlari lozim.
Bunda oʻquvchilar lugʻatdan foydalanishlari mumkin. Asosiy eʼtibor
rasmni
koʻrsatgan holda soʻzlarni izohlab, tasvirlab aytishlariga qaratiladi.