Mazkur topshiriq oʻquvchilarning savol tuzish koʻnikmasini
shakllantirishga
qaratilgan. Oʻquvchilar qaratqich kelishiga haqida egallagan
bilimlari asosida savol
tuzib yozishlari lozim. Bunda oʻquvchilarga qaratqich kelishigi qachon belgili, qachon
belgisiz qoʻllanadi deb umumiy savol tuzishlari emas, balki bir gapdan misol keltirish
orqali savol shakllantirishlari aytiladi.
Oʻquvchilar savol tuzib boʻlgach, bir-birlari bilan almashib, savolga munosabat
bildirishlari hamda uning javobini izohlashlari lozim.
Morfologiya.
Quyidagi gaplardan qaysi birida tushum kelishigini belgisiz qoʻllash mumkin?
Nega? Qaysi gaplarda tushum kelishigini belgili qoʻllash shart? Nega? Gaplarni
yozing.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarga tushum kelishigi
birligining mazmuni hamda
qoʻllanish holatini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan gaplarni oʻqib, tushum
kelishigi belgili qoʻllanishi zarur gaplarni koʻchirib
yozishlari hamda belgisiz
qoʻllaniladigan oʻrinlarini izohlab berishlari lozim.
Punktuatsiya.
Quyidagi gaplarda vergulning ishlatilishiga diqqat qiling. Vergul uyushiq
boʻlaklar orasida qoʻllangan gaplarni koʻchiring.
Ushbu topshiriq vergulning qoʻllanilishini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar
berilgan gaplarni oʻqib, nima sababdan vergul qoʻllanganligini
aniqlab aytishlari
hamda uyushiq boʻlaklarda qoʻllangan gaplarni topib koʻchirishlari lozim.
Javob: Kitob, qalam, ruchka, daftar – menimcha, hammasini oldim. Mehmonlar
oldiga ikkita non, bir choynak choy, ikkita piyoladan boshqa hech narsa qoʻya
olmadim. Fizika, kimyo, biologiya, astronomiya kabi fanlar menga umuman qiziq emas
edi.
Yozma nutq. Matn yaratish.
“Karim maktabga otlandi” mavzusida kichik matn tuzing. Uyushiq boʻlaklardan
foydalaning.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning matn yaratish koʻnikmasini shakllantirishga
qaratilgan. Oʻquvchilarga berilgan sarlavha asosida uyushiq boʻlaklardan foydalanib,
matn yozishlari aytiladi.