Elektromobil


Download 225.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi225.75 Kb.
#1161075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12. Elektromobil OʻK

Tinglab tushunish. 
Audiomatnni tinglang. Savollarga javob bering. 
Audiomatn: “Syurpriz”. 
 
Toshkentning sershovqin koʻchalaridan birida joylashgan ustaxona. Ustaxona 
kiraverishida mexanik Akbar aka mijoz tashlab ketgan Malibu rusumli mashinani 
koʻzdan kechirmoqda. Akbar aka juda chanqab ketdi, bir piyola choy hoʻplab olish 
uchun ustaxona ichkarisiga kirdi. Tez qaytib chiqaman deb oʻylagan usta Malibuning 
eshiklarini qulflamadi. Kalitni ham mashinaning ichida qoldirdi. 
 
Oʻgʻrilik qilib kun kechiradigan Salim ismli yigit balkonida oʻtirib telefonda 
suhbatlasharkan, bu voqeani beixtiyor koʻrib qoldi. Telefonda suhbatlashayotgan 


Salim goʻshakning narigi tomonidagi odamga “Hozirgina bir ahmoq mashinani ochiq 
qoldirdi. Bugun omadim kulgan kunga oʻxshaydi” dedi-yu goʻshakni qoʻyib pastga 
yugurdi. Akbar usta esa ichkaridagi shogirdiga maslahat beraman deb ushlanib qoldi. 
 
Salim yugurib kelib mashinaga oʻtirdi-yu, kalitni buradi. Mashina bir 
urinishdayoq oʻt oldi. Atrofga. yonoynalar orqali orqa tomonlarga alangladi-yu hech 
kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgan Salim qoʻltormozni tushirdi-yu gazni bosdi. Rulni 
bir qoʻli bilan ushlab, ikkinchi qoʻli bilan tanishiga SMS yozdi: “Mashinani qoʻlga 
kiritdim!” 
 
Mashina olib qochayotgan Salim birinchi chorrahadayoq yoʻlchiroqning 
qiziliga tutildi, lekin u qancha urinmasin, mashina sekinlay demasdi. Tormozni bor 
kuchi bilan bosishiga qaramay mashina toʻxtamadi. Tormoz pedali shunchalik 
yumshoq ediki, Salim qandaydir muammo borligini sezsa-da, tormozga nima 
boʻlganini tushuna olmasdi. Akbar usta tormozni sozlash uchun yechib olganidan esa 
uning umuman xabari yoʻq. 
 
Shunday qilib Salim Malibuni toʻxtata olmadi, chorrahani qizilda bosib oʻta 
boshladi, shu payt yon tomondan militsiya mashinasi katta tezlikda chiqib keldi. Salim 
oʻzi oʻtirgan mashinani olib qocha olmasdi, juda kech boʻlgan edi. Militsiya ham 
yoʻlchiroqning yashilida oʻtayotgani uchun ancha xotirjam gazni bosayotgan edi. 
Hammasi bir onda sodir boʻldi. Militsiya mashinasi Malibuning qorniga kalla qoʻydi. 
 
Militsiya xodimlari mashinadan tushib Malibu tomon yura boshladilar. Qoʻrqib 
ketgan Salim har qancha urinmasin himoya yostiqchalarining changalidan qutula 
olmadi. Qoʻlidagi telefon ham asfaltga uchib tushgan edi. 
Militsiya xodimi mashinaga yaqinlashdi-yu “Koʻzingiz qayoqda, qizil chiroq 
yonganini koʻrmayapsizmi”. Salim esa nima deyishini bilmay oʻtirgandi. 
 
Militsiya xodimi yerga uchib tushgan telefonni qoʻlga olishi boʻlib SMS keldi: 
“Salim, omading kulgan kun ekan-da” deb yozilgan edi. 
 
Umuman olganda bu Salimning kuni emas ekan, u kunning qolgan qismini 
militsiya idorasidagi kamerada oʻtkazdi. 

Download 225.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling