Elektromobil


Muhokama.  1. Nega ushbu hikoya “Syurpriz” deb nomlangan?


Download 225.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi225.75 Kb.
#1161075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12. Elektromobil OʻK

Muhokama. 
1. Nega ushbu hikoya “Syurpriz” deb nomlangan? 
 
Bu savol matn mazmunini tushunish hamda “syurpriz” birligining maʼnosini 
anglashga qaratilgan. Oʻquvchilar ushbu birlikni maʼnosini tushunib, nima uchun 
matnga bunday sarlavha tanlanganligini tushunib aytib berishlari lozim. 
Syurpriz – kutilmagan hadya, voqea, hodisa. 
2. Bugun Salimning kuni emas edi deganda nima nazarda tutilmoqda? 
 
Bu savolning javobi Salimga kelgan xabardagi birlik orqali anglashiladi. 
Oʻquvchilar Salim doim oʻgʻirlik bilan shugʻullanganligi, omadim yurishdi deb 
mashina olib qochganda toʻsatdan militsiya xodimining qoʻliga tushgani, yaʼni – 
oʻgʻirlik qila olmaganligiga nisbatan, bugun uning kuni emasligi taʼkidlanganligini 
tushunib aytishi lozim. 
3. Sizningcha, baxtsiz hodisaning sababchisi kim? 


 
Bu oʻquvchilarning matndan olgan xulosasini aytib berishga qaratilgan. Ular 
baxtsiz hodisa sababchisini kim deb bilishlari hamda nima uchun shunday xulosaga 
kelganliklarini asoslab aytib bera olishlari lozim. 
4. Hikoyani kimning tilidan soʻzlangan? 
Bu savol muallif nutqini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar matn boshqaning 
tilidan hikoya qilinganligini anglab yetishlari lozim. 
Test. 
Hukmlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini aniqlang. Toʻgʻri hukmlarni 
koʻchiring. 
 
Bu test oʻquvchilarning tinglab tushunish koʻnikmasini shakllantirish hamda 
maʼlumotlarni saralashni oʻrgatishni maqsad qilgan. 
Oʻquvchilarga berilgan maʼlumotlarni oʻqib chiqishlari aytiladi, soʻngra ularga 
audiomatn qayta eshittiriladi. Oʻquvchilar audiomatnni eshitishlari davomida 
maʼlumotlarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlab olishlari hamda toʻgʻri 
maʼlumotlarni koʻchirib yozishlari lozim. 
Bajarib boʻlishgach, test tahlil qilinadi. Oʻquvchilar toʻgʻri javoblarni nima 
uchun toʻgʻriligini, notoʻgʻri javoblarni nima uchun xatoligini izohlab aytib berishlari 
lozim. 
Javob: Mashinani olib qochish juda oson kechdi. 

Download 225.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling