Bunda oʻquvchilar berilgan chizmalardan
istalgan birini tanlab,
unga mos
maʼlumotlarni joylab, tushuntirib berishlari lozim.
Bu jarayonda oʻqituvchi oʻquvchilarga sinfdagi oʻquvchilar soni, xarid qilgan
kitoblarini, oʻqigan asarlarini grafikda ifodalashi mumkinligi haqida koʻrsatma
berib oʻtishi maqsadga muvofiq.
4-soat
Dars jarayoni
Kirish.
“Grafika qanday qismlardan iborat? Ularda nimalar yoritiladi?”
Asosiy qisim.
Ogʻzaki nutq. Tahlil.
Tayyorlab kelgan grafingizni ogʻzaki tushuntirib bering. Xato va
kamchiliklaringizni toʻgʻrilang. Boshqalarning nutqiga diqqat qiling.
Tushunmagan oʻrinlaringizda savollar bering.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirish hamda jamoat
oldida nutq soʻzlash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar uyda
tayyorlab kelgan grafik chizmalarini taqdimot qilib berishlari lozim.
Bu jarayonda bir oʻquvchi gapirganda qolgan oʻquvchilar tinglovchi boʻlib,
sinfdoshlarining nutqiga munosabat bildirishlari lozim. Bunda quyidagilarga amal
qilishlari talab etiladi:
•
oʻzini tutishi;
•
mavzuga mos ohang, emotsiyadan foydalanishi;
•
grafikni tushuntirishga oid til birliklarini toʻgʻri qoʻllashi;
•
mazmunni yetkazib bera olishi;
•
soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilishi, urgʻuni kerakli oʻrinlarda qoʻya olishi;
•
grafikka mos maʼlumot yoki maʼlumotga mos grafikni toʻgʻri tanlaganligi;
•
grafikada maʼlumotlarning toʻgʻri joylashtirilganligi;
•
kirish, fikrni xulosalashga oid til birliklaridan foydalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: