Muallif: Muqaddas Musayeva
Oʻquvchilarga matn oʻqib chiqishlari aytiladi. Oʻqib boʻlganlaridan soʻng,
matn ostidagi savollar bilan suhbat boshlanadi.
Muhokama.
1. Oʻzbekistonga import qilingan elektromobillar sonini yillar kesimida aytib
bering?
Bu savol matndagi infografik maʼlumotni tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar
berilgan
infografikani tushunib, javob berishlari lozim.
Bunda infografik
maʼlumotlarni aniq va toʻgʻri ketma-ketlikda ayta olishlariga eʼtibor qaratiladi.
2. Oʻzini oʻzi quvvatlash jarayonini qanday tushundingiz? Aytib bering.
Bu savol matnda eksplitsit(ochiq) ifodalangan maʼlumotlarni
topishga
qaratilgan. Oʻquvchilar matnning 4-xatboshisida berilgan maʼlumotlar
asosida
ushbu jarayon nima ekanligini aytib berishlari lozim. Bunda oʻquvchilardan
maʼlumotlarni soʻzma-soʻz aytib berishlari talab etilmaydi. Asosiy eʼtibor
maʼlumotni tushunish hamda uni mazmunli ifodalab berishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: