“Elektron ta’lim” – “Электронное обучение” – “Electronik edication” December-2021,volume 5,№4 ISSN2-181-1199
http://ej.nspi.uz//
71
aniq natijalarga olib kelishi kafolatlangan. Biroq, VR o‘quv dasturlari hali to‘liq
texnologiyaga aylantirilmagan. Agar ta’lim texnologiyalarining barcha asosiy
mezonlarini hisobga oladigan bo‘lsak: izchillik, takrorlanuvchanlik va natijaning
kafolati, fikr-mulohazaning mavjudligi, demak, oxirgi xususiyatlar didaktik VR
tizimlarida hali amalga oshirilmagan. Xususan, boshqaruv algoritmi yetishmaydi.
Biroq, bu kamchilikni bartaraf etish juda oson va VRda uni eng yuqori
instrumental darajada amalga oshirish mumkin.
Haqiqiy virtual reallikda didaktik dasturlarning insonning fikrlash va
ruhiy holatiga ta’siri
VR tasvirlari kontent, vazifaning tarkibiy qismi sifatida kiritilganda,
ijodkorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va fikrlashning protsessual xususiyatlarini
rag’batlantiradi. Aql-idrokning xayoliy va kognitiv sohalari o‘rtasida o‘zaro
ta’sirning to‘g’ridan-to‘g’ri va bilvosita shakllari mavjud, bu o‘zaro ta’sirda
vositachi fikrlash jarayonlari tahlil, sintez va umumlashtirishdir.
So‘nggi paytlarda Rossiya federatsiyasida o‘rta maktab o‘quvchilari uchun
biologiya va geometriya fanidan haqiqiy virtual muhitda bir qator o‘quv dasturlari
yaratildi. Ushbu dasturlarda VR tasvirlari ancha dinamik bo‘ldi, jonlantirish
qobiliyati sezilarli darajada kengaydi.
Ushbu qoʻllanmalardagi barcha obʼyektlar 3D formatda boʻlib, koʻp
platformali 3D ilovalarni ishlab chiqish vositasi boʻlgan Unity yordamida
jonlantiriladi.
O‘rta maktab o‘quvchilari uchun biologiyadan ikkita juda qiyin "Oqsil
sintezi" va "Gen irsiyligi" mavzularni VR orqali o‘tkazildi. O‘quvchilar harakat
davomida ob’ektlarni kattalashtirish va kichiklashtirish, sahnani to‘xtatish, ekranda
sodir bo‘lgan biologik jarayonlar haqida asosli sharhlar olish va hokazo
imkoniyatlariga ega. Ular oqsil sintezi va belgilarning irsiylanishi jarayonida
hujayra ichida sodir bo‘ladigan jarayonlarga to‘liq kirib borishi va ularga ta’sir
qilishi mumkin edi. Bunday dasturiy mahsulotni ko‘rish 8-15 daqiqa davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |