Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
1243 yil, 30 sentyabr, Bag'dod.
Tongotarga yaqin men otga mingan va yo'lga tushgan edim. Faqatgina bir marta orqaga qarash uchun to'xtadim. Darvishlar takyasi tut daraxti shoxlari orasiga yashiringan qush uyasiga o'xshardi. Bir qancha vaqt Bobo Zamonning horg'in qiyofasi ko'z oldimda gavdalanib turdi. Bilaman, u mendan xavotir olayotgan edi. Lekin men o'zim xavotir oladigan hech qanday sabab ko'rmas edim. Axir men IShQ bag'riga sho'ng'imoq uchun sayohatga chiqqan edim. Qanday yomon narsa sodir bo'lishi mumkin? Axir IShQ (yo'li)ning o'ninchi qoidasiga ko'ra: «Sharq, G'arb, Janub va Shimol orasida farq yo'q. Qanday maqsadni ko'zlashning ham axamiyati yo'q, asosiysi sayohat tashqariga emas, ichkariga yo'nalgan bo'lishidir. Shunda butun olamni bila olasan». Meni qiyinchiliklar kutib turganini bilardim, albatta, lekin ularga maxsus e'tibor qaratmas edim. Nihoyat, taqdir meni Konyaga olib borayotganidan xursand edim. Men so'fiy edim va atirgulni tikoni bilan, hayotdagi qiyinchiliklarni undagi quvonchlar bilan birga qabul qilishga odatlangan edim. Bu esa «Ona o'z bolasini dunyoga og'riqsiz keltira olmasligini, o'z joni og'rimasidan farzandiga hayot baxsh eta olmasligini biladi. Insonda boshqacha «MEN»ning tug'ilishi uchun ham xuddi shunday mashaqqatlar zarur. Loy ham so-pol idishga aylanishi uchun olovda kuyishi kerak. Ishq mukammal bo'lishi uchun og'riq, azoblarni boshdan kechirish kerak», degan yana bir qoidadan kelib chiqadi. Darvishlar takyasidan jo'nab ketishimdan oldingi kun kechqurun, tun qorong'usidan xush havolar va ovozlar kirib kelsin deya xonamning derazalarini ochib qo'ydim. Lipillab yonayotgan sham yog'dusida uzun sochlarimni kesdim. Keyin soqol-mo'ylovimni oldim va qoshlarimni ham qirdim. Shularni qilib bo'lgach, oynaga qaradim va qiyofam ancha yorishganini va yosharganini ko'rdim. - Oldingizda turgan safar seni allaqachon o'zgartirib yuboripti, - dedi ustoz men huzuriga xayrlashgani kirganimda. - Vaholanki, safar hali boshlangani ham yo'q. - Ha, to'g'ri, - dedim men sekingina. - Bu mening Qirq qoidamdan biri: «Ishq izlash insonni o'zgartiradi. Bu yo'lda kishi balog'atga yetmay qolmaydi. Ishq izlashni boshlagan ondanoq u ichkaridan ham, tashqari- dan ham o'zgara boshlaydi». Bobo Zamon bilinar-bilinmas jilmayib qo'ydi- da, baxmal qoplangan qutichani olib menga uzatdi. Uning ichida kumush gardishli ko'zgu, ipak dastro'mol va mushki anbar solingan shisha idish bor edi. - Safarda bu narsalar sen ga yordam beradi. o'rni kelganida ulardan foydalanasan. Agar qat'iyatingni yo'qotib qo'ysang, oynaga qara, u senga qat'iyatni qaytaradi. Agar tashqi qiyofangga zarar etsa, dastro'molning foydasi tegadi: u senga qalbing sofligini eslatadi. Mushk anbarga kelganda, u sening ham ichki, ham tashqi jarohatlaringni shifolaydi. Men bu uchala narsani mehr bilan silab qo'ydim, qutini yopdim va Bobo Zamonga tashakkur aytdim. Boshqa gaplashadigan gap qolmagan edi. Quyoshning birinchi nurlari yetib kelishi bilanoq qushlar sayray boshlagan va daraxt navdalaridagi shudring donachalari osilib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling