Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Ikkinchi qism Suv (Hodisalar suv kabi oquvchan, o'zgaruvchan va kelajakda nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmas) Rumiy 1244 yil, 15 oktyabr, Konьya Qop-qorong'u osmonda yarqiragan to'lin oy xuddi kattakon durga o'xshaydi. Yotgan joyimdan turdim va oy nuri yog'ilib turgan hovliga ochig'liq derazadan tashqariga qaradim. Lekin bu go'zal manzara ham yuragimning dukillab urishi va qo'llarimdagi titroqni bosa olmadi. - Nima bo'ldi, afandim. Yana o'sha tushni ko'rdingizmi? - shivirlab so'radi xotinim. - Suv keltirib beraymi? Men uni tinchlantirishga urindim. Uxlasin, baribir, menga yordam bera olmaydi. Tushlar - hayotimizning bir qismi va ular Xudoning irodasi bilan ko'riladi. Bundan tashqari, keyingi qirq kundan buyon men aynan o'sha tushni ko'rishimda qandaydir sabab bo'lishi kerak. Tushning boshlanishi har doim har xil edi, ehtimol, men o'zim uni turli tomondan ko'rayotgandirman. Tanishday ko'ringan, lekin avval sira ko'rmaganim gilamli xonada Qur'on o'qiyotganimni ko'rardim. Ro'paramda baland bo'yli, ozg'in, gavdasini g'oz tutgan va yuzlari ko'rinmayotgan darvish o'tiradi. U qo'lida beshta shamli qandilni tutib, men o'qishim uchun yoritib turadi. Sal turib darvishga nimalarni o'qiyotganimni ko'rsatishni istab, boshimni ko'taraman va shundan keyingina yoritayotgan narsa qandil emas, odamning qo'li ekanini ko'rib dahshatga tushaman. U ro'paramda o'ng qo'lini ko'tarib turadi va har bitta barmog'i xuddi olovdek yonadi. Meni vahima bosardi va suv izlay boshlardim. Olovni o'chirish uchun kiyimlarimni echib darvishning ustiga yopardim. Kiyimlarni olganimda esa, darvish o'z o'rniga yonib turgan shamni qoldirib, o'zi g'oyib bo'lgan bo'lardi. Keyin men uyning har tomonidan darvishni qidirishga tushaman, har burchakdan uni axtaraman, keyin yorqin-sariq atirgullar ochilib turgan hovliga chopib chiqaman. Darvishni chaqiraman, lekin u hech qayerda ko'rinmaydi. - Mahbubim, qayt. Qayoqqa g'oyib bo'lding? Va nihoyat, g'ayrishuuriy kuch meni yetaklab quduq yoniga olib boradi va men chuqurdagi qora suvga qarayman. Avvaliga hech nima ko'rinmaydi, lekin keyinroq oy chiqadi va quduq ostidan ikki qora ko'z unutilmas anduh ila menga qarab turganini ko'raman. - Ular o'ldirishipti uni! - baqiradi yonimda kimdir. Balki bu mening o'zimdirman. Kuchli iztirob og'rig'idan o'zim baqirgan bo'lsam kerak. Men baqiraveraman, baqiraveraman, toki xotinim meni mahkam quchoqlab, bag'riga bosmaguncha baqiraman: - Afandim. Yana o'sha tushni ko'rdingizmi? - shivirlab so'raydi har safar xotinim. Kira uxlab qolganidan keyin hovliga chiqdim. Nazarimda ko'rgan tushim tush emas, ayni hozir bo'lgan hodisa edi va hamon men bilan, meni vahimaga solib turipti. Kecha juda sokin; quduqni ko'rdim-u, badanim jimirlab ketdi, lekin baribir uning yoniga o'tirdim va tungi shabada daraxt shoxlarini mayin shitirlatishiga quloq tutdim. Bunday damlarda meni hamisha anduh bosadi. Buning sababini bilmayman: hayotda bajaradigan ishlarim juda ko'p, hamisha o'zim uchun eng qadrli bilgan ishlarim bilan bandman: ilm olish, ezgulikni tanish va Xudoga e'tiqodni o'zlariga singdirishlari uchun ularga yordam berish iqtidori berilgan menga. O'ttiz yetti yoshimda men Xudodan so'raganimdan ortig'ini oldim. Men kalom, fiqh ilmlarini o'rgandim va muqaddas g'ayb ilmlari - payg'ambarlar, avliyolar va olimlar egallagan ilmlar - sirlarini bilishga bag'ishlandim. Rahmatli otam boshchiligida, davrimizning eng yaxshi ustozlaridan ta'lim olib, Xudo mening zimmamga yuklagan majburiyatni anglab, ko'p ishlamoqdaman. Zimmamga Xudodan kelgan vahiylarni Uning xalqi orasida tarqatish vazifasi yuklatilgani va Uning xalqiga to'g'rini noto'g'ridan ajratishni o'rgatishim tufayli meni Uning O'zi yorlaqagan, deydi odatda keksa ustozim Said Burxoniddin. Men ko'p yillardan buyon madrasada ta'lim beraman, boshqa olimlar bilan bahs yuritaman, shogirdlarimga o'rgataman, o'zim kalom va hadislarni o'rganaman va har jumada shaharning eng katta masjidida imomlik qilaman. Muridlarim sanog'ini yo'qotib qo'yganimga ham ko'p bo'ldi. Odamlar notiqlik san'atimni sharaflayotganlarini va mening so'zlarim ularga eng zarur vaqtda yordam berib, hayotlarini o'zgartirayotganini eshitish yoqimli edi. Oila a'zolarim tomonidan sevilgan va yaxshi do'stlar bilan taqdirlanganman. Birinchi xotinimning Qazo qilishi men uchun og'ir zarba bo'lgan va men endi sira uylanmayman, deb o'ylagan edim. Lekin shunga qaramay uylandim va Kira tufayli yana hayotimda muhabbat, quvonch topdim. Hozir ikkala o'g'lim ham katta bo'lib qolishgan, men ularning bir-birlariga o'xshamasliklaridan hayron bo'laman. Ular misoli bir tuproqqa ekilgan, o'sha bitta quyoshdan bahra olayotgan, yonma-yon o'sayotgan, lekin tamomila boshqa- boshqa urug'lar. Men ular bilan, shuningdek, juda iqtidorli asrandi qizim bilan iftixor qilaman. Xullasi kalom, men baxtli insonman, o'z xususiy hayotimda ham, ijtimoiy hayotimda ham birday baxtliman. Lekin nima uchun ichimda kun sayin zilday og'irlashib borayotgan bo'shliqni his etayapman? Bu xuddi bir kasallik kabi jonimni kemiryapti va qayoqqa bormay, meni qo'yib yubormayapti. U xuddi ochofat yuvosh kalamushga o'xshaydi. Shams Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling