Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Tilanchi Hasan 
1244 yil, 17 oktyabr, Konya. 
Arosat azobini «muqaddas azob» deb atash 
telbalikdir. Men moxovman. Men o'liklarga 
ham, tiriklarga ham begonaman. Onalar 
to'polonchi bolalariga meni ko'rsatib 
qo'rqitishadi, o'smirlar menga tosh otishadi. 
Xunarmandlar balo chaqirmasin deb meni 
haydab solishadi, homiladorlar homilaga zarari 
etmasin deya mendan yuz burishadi. O'zim 
ham ulardan nari yurishga harakat qilishimni 
odamlar bilishmaydi. 


Boshlanishida teri o'zgaradi, qalinlashadi va 
qorayadi. Keyin tizza, elka, qo'llarda va yuz 
terisida turli kattalikda va achigan tuxumning 
rangida yamoqqa o'xshash shakllar paydo 
bo'ladi. Ular achishadi va qichishadi, keyin 
og'riqlar kamayadi, aniqrog'i, bunga ko'nikish 
hosil bo'lsa kerak. «Yamoqlar» kattalashib 
boradi, ularda jirkanch pufaklar paydo bo'ladi. 
Muayyan vaqtdan keyin qo'llar changakka 
o'xshab qoladi, yuz tanib bo'lmas darajada 
o'zgarib ketadi. Endi yaqin qolgan chog'i, 
ko'zlarim yumilib qolayapti. Ko'z yoshlarim va 
so'lagim tinimsiz oqayapti. Ko'limdagi 
tirnoqlarim to'kilib bo'lgan. Lekin sochlarim 
to'kilmagani qiziq. Balki buning uchun o'zimni 
baxtli hisoblasam ham bo'lar. 
Aytishlariga qaraganda, Ovrupoda moxovlarni 
shaharga kiritishmas ekan. Bu yerda bizlarni 
shaharga kiritishadi, lekin qo'ng'iroq chalib, 
odamlarni ogohdantirib yurishimiz kerak. 
Bizga yana sadaqa so'rashga ruxsat berilgan, 
bu yaxshi, aks holda ochlikdan o'lish mumkin. 


Biz doimo yo sadaqa so'rab, yo duo o'qib 
yuramiz. Xudo bizga e'tibor berishi dargumon, 
lekin odamlar nimagadir e'tibor beradi deb 
hisoblashadi. Shuning uchun bizdan jirkansalar 
hamki, haqlariga duo qilishimizni so'rashadi. 
Kasallar, nogironlar va qariyalar uchun duo 
so'raydilar. Buning uchun ular yaxshi haq 
to'lashadi va ko'p ovqat berishadi. Ko'cha-
ko'ylarda moxovlarga itdan badtar yomon 
munosabatda bo'lishadi, lekin o'lim va 
chorasizlik xukm surayotgan xonadonlarda 
bizni xuddi sultonlarni kutganday kutishadi, 
mehmon qilishadi. 
Meni duo o'qib qo'yish uchun chaqirganlarida, 
boshimni egaman-da, xuddi Xudoga iltijo 
qilayotganday, bir nechta tushunarsiz arabcha 
so'zlarni pichirlayman. Bilganim shu - 
ko'rsatish xolos, shuning uchun Xudo meni 
eshitmaydi deb o'ylayman. 
Tilanchilikda daromad ko'p emas, lekin men 
shunga qanoat qilishni ma'qul ko'raman. 
Tilanchilik uchun eng yaxshi kun - juma; faqat 


Ramazonda emas, chunki Ramazonda shundoq 
ham butun bir oy betashvish yashash mumkin. 
Arafa kuni ko'p pul ishlab olish mumkin. Bu 
kuni, avval qilgan va keyin qilishi mumkin 
bo'lgan gunohlariga tavba qilish uchun, qatto 
eng ziqna kishilar ham saxovatli bo'lib 
ketishadi. Yilda bir marta odamlar tilanchilarga 
orqa o'girmaydilar. Aksincha ularni o'zlari 
axtarib yurishadi, qancha baxtsiz bo'lsalar, 
shuncha yaxshi. Bu kuni shaharliklarning 
saxovatlari shunchalik oshib-toshib ketadiki, 
ular nafaqat ko'p sadaqa berishadi, qatto 
bizlarni deyarli samimiy yaxshi ko'rib ketishadi 
ham. 
Mana bugun ham serdaromad bo'ladigan 
ko'rinadi, chunki Rumiy o'zining navbatdagi 
xutbasini o'qishga keladi. Masjid ichiga odam 
to'lib bo'lgan. Ichkariga sig'maganlar hovlida 
turishipti. Biz va kissavurlarga pul topish 
uchun juda qulay imkoniyat. Hammasi mana 
shu yerda. 
Men masjidning shundoqqina to'g'risida, 


zarang daraxtiga suyanib o'tiribman. Havodan 
yaqinlashib kelayotgan, uzoqdagi bog'larning 
xush bo'ylari bilan aralashib ketgan yomg'ir isi 
kelib turipti. Oldimda idishim turipti. Boshqa 
birodarlarimdan farqli o'laroq, men hech 
qachon hech nima so'ramayman. Moxov odam 
nolimasligi va hayotining og'irligi yoki 
sog'lig'ining yomonligini doston qilavermasligi 
kerak. Odamlarga yuzini ko'rsatsa yetarli, 
hamma so'zlardan yetib ortadi. Shuning uchun 
men yuzimni ochaman va jim o'tiraveraman. 
Bir soat o'tar-o'tmas idishda tanga turgan 
bo'ladi. Hammasi mayda chaqalar. Men esa 
quyosh, sher va yarim oy tasviri tushirilgan 
oltin tangaga intizorman. Rahmatli Alovuddin 
Kaykubod pullarning erkin aylanishiga ruxsat 
bergandan beri, italiya florinlari u yoqda tursin, 
hatto Qohira va Bag'dod xalifatlari 
hukmdorlarining pullari ham bizda boshqa 
pullar bilan birga aylanadigan bo'ldi. 
Hokimiyat qabul qildi; shahar tilanchilari ham 
shunday qilishdi. 


Chaqalar bilan birga mening tizzalarimga 
zarangning bir necha yaproqlari ham tushdi. 
Zarang o'zining qizil va tillarang yaproqlarini 
menga xuddi sadaqa tashlayotganday to'kardi. 
Shunda nogahon men bilan daraxt orasida 
qandaydir umumiyat borligini ravshan his 
etdim. Daraxt kuzda yaproqlarini to'ka-to'ka 
o'lar ekan, kasalining oxirgi bosqichida o'z 
vujudi a'zolarini birin-sirin yo'qotib borayotgan 
moxovga o'xshaydi. 
Men misoli zarang daraxtiman. Terim, oyoq-
qo'llarim, yuzim - hammasi chirib tushayapti. 
Har kuni vujudimdan bir qismini yo'qotib 
borayapman. Lekin zarangdan farqli o'laroq, 
men bahorda qayta jonlanmayman. 
Yo'qotganlarim qayta tiklanmaydi. Odamlar 
menga qaraganlarida, men ilgari qanday 
bo'lganimni ko'rishmaydi, yo'qolganini 
ko'rishadi, xolos. Idishimga tanga 
tashlayotganlarida xuddi kasalim yuqib 
qolayotganday, qurqib ko'zlarimga 
qaramaslikka harakat qilishadi. Men ular uchun 


o'g'ri va qotildan ham yomonroqman. Bu 
jinoyatchilarning qilgan ishlari qanchalik 
jirkanch bo'lmasin, ularga xuddi yo'q odamday 
qaramaydilar. Vaqti kelib men buni tushundim: 
menga qaraganlarida, ular o'limni ko'rardilar. 
Ular o'limni ko'rishdan, uni juda yaqindan va 
juda xunuk qiyofada ko'rishdan qo'rqadilar. 
To'satdan olomon ichida g'ala-g'ovur 
boshlandi. Kimdir: «U kelayapti! U kelayapti!» 
deb qichqirayotganini eshitdim. Rumiy sutday 
oppoq otda yaqinlashib kelardi. U kelishtirib 
tikilgan, tillarang yaproqlar va javohirlar bilan 
bejalgan kahrabo rangli chakmon kiyib olgan 
edi. Uning qaddi tik va ko'rinishi mag'rur edi. 
U donishmand va ulug'vor edi, ortidan bir tuda 
muxlislari ergashib kelayotgan edilar. U 
olimdan ko'ra ko'proq hukmdorga - shamol, 
olov, suv va tuproqlar hukmdoriga o'xshardi. 
Hatto oti ham baland edi va xuddi o'ziga noyob 
insonni olib kelish nasib etganini tushunganday 
mag'rur edi. 
Idishdagi chaqalarimni yig'ishtirib olib, 


yuzimni faqat yarmi ochiq qoladigan qilib 
o'radim-da, masjidga kirdim. Ichkarida 
odamlar tiqilib turardilar, o'tirish haqida esa 
gap ham bo'lishi mumkin emas edi. Lekin 
moxovlik holatining o'zicha bir «yaxshi» 
tomoni ham bor: men hamisha o'zimga o'tirish 
uchun joy topa olardim, chunki hech kimning 
men bilan birga o'tirgisi kelmaydi. 
- Og'a-inilarim, - gap boshladi Rumiy juda 
yaxshi mashq qildirilgan ovoz bilan. - Bepoyon 
osmon bizning naqadar kichikligimiz va 
ahamiyatsizligimiz haqidagi o'y-xayollarga 
olib keladi. Ichingizdan ba'zi birovlar: «Shu 
ojizligim bilan Xudoning qoshida mening 
ahamiyatim qancha bo'lishi mumkin?» deb 
so'rashlari mumkin. Mening bilishimcha, bu 
savol vaqti-vaqti bilan ko'pchilikni bezovta 
qilib keladi. Bugungi ma'ruzamda men bu 
savolga bir nechta javoblar bermoqchiman. 
Men birinchi qatorda Rumiyning ikki o'g'li - 
rahmatli chiroyli onasiga juda o'xshaydi 
deyishadigan Sulton Valad va yuz ifodalari 


serharakat hamda ajablanarli darajada ayyor 
ko'zli kichik o'g'li Alovuddin - o'tirganlarini 
ko'rdim. Ular o'z otalari bilan 
faxrlanayotganlari shundoqqina bilinib turipti. 
- Shuning uchun Qur'onda «Biz bu omonatni 
osmonlarga, yerga va tog'u toshlarga 
ko'ndalang qilgan edik, ular uni ko'tarishdan 
bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Inson esa 
uni o'z zimmasiga oldi» deyilgan. (33-«Ahzob» 
surasining 72-oyatida) 
Rumiy g'alati gapirardi, xuddi ilmli odamlarga 
gapirayotganday. Keyin u Xudo haqida gapira 
boshladi. U Xudoni uzoq osmonlarda emas, 
balki hammamizning yonimizda, har birimiz 
bilan birga deb aytdi. Bizni Xudoga 
yaqinlashtiradigan narsa aynan bizlarning bu 
dunyoda chekayotgan azobu uqubatlarimiz, 
dedi Rumiy. 
- Mana, qo'llaringiz, ular hamisha ochilib, 
yopilib (harakatlanib) turadi. Bunday 
bo'lmaganida, ular qotib qolgan bo'lar edi. 
Ikkala qo'lingiz mukammal muvozanatda va 


mutanosiblikda, xuddi qushning qanotlari kabi. 
Eng ko'zga ko'rinmas harakatda ham Xudoning 
ko'rinmas borligi mavjud. 
Boshida uning gaplari menga yoqdi. 
Yuragimga iliqlik yugurdi. Lekin ko'p o'tmay 
yuragimda shunday g'azab to'lqini ko'tarildiki, 
nafas ololmay qoldim. Azobu uqubatlar haqida 
Rumiy nimani ham bilardi? Aslzoda bo'lib 
tug'ilgan bo'lsa, katta merosga ega bo'lsa va 
hayotning orqa tomonini sira ko'rmagan bo'lsa. 
Uning birinchi xotini vafot etgani ma'lum, 
lekin haqiqiy musibatni boshdan kechirganiga 
menda ishonch yo'q edi. U kumush qoshiqlarda 
ovqat eyish uchun tug'ilgan, izzatli odamlar 
davrasida o'sib ulg'aygan, eng taniqli 
ustozlardan ta'lim olgan, hamisha sevimli, 
ardoqli, erkatoy bo'lgan - azobu uqubatlar 
haqida gapirishiga yo'l bo'lsin? 
Nimaga Xudo bunday adolatsiz? Menga 
kambag'allik, kasallik, og'riqni berdi; Rumiyga 
esa boylik, muvaffaqiyat va donishmandlikni. 
U o'zidagi obro'- e'tibori va shohona viqori 


bilan bu dunyoga, hech bo'lmasa, bu shaharga 
taalluqli emasday edi. Men odamlarni 
qo'rqitmaslik uchun yuzimni yashirib 
yurishimga to'g'ri keladi, u esa xuddi olmosday 
yaraqlaydi. Qiziq, u mening o'rnimda bo'lib 
qolsa, qanday bo'lardi? Bir kun kelib o'zining 
bu buyuk darajasidan tushib ketishi 
mumkinligini hech xayoliga keltirganmikin? 
Atagi bir kunga bo'lsa ham jamiyatdan mosuvo 
bo'lib yashash qanday bo'lishini tasavvur 
etganmikin? Agar Xudo unga mening hayotim 
bilan yashashni buyurgan bo'lganida, u buyuk 
Rumiy bo'la olarmidi? Shunda men 
ikkalamizning oramizdagi farq unchalik katta 
emasligini angladim. 
Tobora o'sib va chuqurlashib borayotgan 
norozilik mendagi dastlabki maftunlik hissini 
haydab chiqardi. Qalbimda ranj-alam bilan 
o'rnimdan turdim va chiqib ketdim. Odamlar 
nima uchun ko'pchilik juda orzu qilgan bunday 
xutbadan chiqib ketayotganimni tushunmay, 


qiziqib menga qarashardi. 
Shame 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling