Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

1244 yil, oktyabr, Konya. 
Hech bir tashqi sababsiz - faqat shu shaharda 
yashagan va yashayotgan, tanish va notanish 
aziz-avliyolarga ta'zim qilish uchungina - bu 


notanish shahar darvozasi qarshisida to'xtadim. 
Hayotimda sira ham aziz-avliyolar ruhlaridan 
oq fotiha tilamasdan yangi joyga 
kirmaganman. 
Bu joy musulmonlarga tegishlimi, 
xristianlargami yoki yahudiylargami, 
ahamiyatsiz bo'lgan. Avliyolar oddiy insonlar 
orasidagi bunday tafovut doirasidan tashqari 
(yuqori) turishlariga ishonaman. Avliyolar 
barchaniki. 
Alqissa, Konyani birinchi bor uzoqdan 
ko'rishim bilanoq, har doimgiday ta'zim bajo 
qildim. Lekin menga javoban har safargidek 
fotiha berish o'rniga, ular xuddi mozor ustidagi 
tosh kabi jimjitlik saqladilar. Men ikkinchi 
marta va bu safar balandroq ovozda ulardan 
fotiha so'radim. Yana jimjitlik. Shunda 
tushundim: ular eshitib turishgan edi. Faqat 
fotiha bergilari kelmayapti. 
- Ayting, aybim nimada? - so'radim men 
shamoldan, qayoqqa esayotgan bo'lsa shu 
yoqdagilarga savolimni yetkazsin uchun. 


Shamol tez orada javob olib keldi: 
- O, darvish, bu shaharda sen ikki bir-biriga 
qarama-qarshi holga duch kelasan. Musaffo 
ishqqa va ashaddiy nafratga. Biz seni ogoh 
etmoqdamiz. Shunga qaramay, o'z qaroringdan 
qaytmasang, tavakkal qil. 
- Ogohlantirishingiz sira shart emas edi, - 
dedim men. - Sof ishqni uchratishning o'zi 
menga yetardi. 
Bu so'zlarimdan keyin Konya avliyolari menga 
fotihalarini berdilar. Ammo men darhol 
shaharga kirishni istamadim. Otim o'tlab 
yurgunicha, eman daraxti ostida o'tirib, 
uzoqdan shahardagi binolarning tashqi 
ko'rinishlarini tomosha qildim. Minoralar 
quyosh nurlari ostida yaraqlab turardi. Ora-sira 
itlar vovullar, eshaklar hangrab qo'yar, bolalar 
kulgisi eshitilar, savdogarlar baqir-chaqir 
qilishardi - oddiy shaharga xos shovqin-suron 
edi bu. Qiziq, bu yopiq eshiklar va 
panjaralangan derazalar ortiga qanday quvonch 
va anduxlar yashiringan ekan? Darbadar 


darvish sifatida bu yangi hayot bo'sag'asida 
o'zimni bir qadar noqulay his etar edim, lekin 
shunda quyidagi muhim qoidani esladim: 
«Yo'lingda uchraydigan to'siqlarga qarshilik 
qilma. Hayot o'z o'zanida oqishiga qo'yib ber. 
Hayoting o'zgarib ketsa, bundan diling vayron 
bo'lmasin. O'tmish kelajakdan yaxshiligini 
qayoqdan bilasan?» 
- Assalomu alaykum, darvish, - degan do'stona 
ovoz meni xayolot olamidan chiqarib oldi. 
O'girilib qarab, uzun mo'ylovli dehqonni 
ko'rdim. U har daqiqa o'lib qolishi mumkin 
bo'lgan qovurg'alari sanasa bo'ladigan ozg'in 
buqaga qo'shilgan aravada ketardi. 
- Vaalaykum assalom! Alloh sizdan rozi 
bo'lsin! - javob berdim men. 
- Nima uchun bu yerda yolg'iz o'tiribsiz? Yo'l 
yurib charchadingizmi? Istasangiz, birga 
ketaylik. 
Men kulimsiradim: 
- Rahmat, men, yaxshisi, buqangizga yuk 
bo'lmasdan, piyoda ketaman. 


- Mening buqamni kamsitdingizmi? - dedi 
xafalanib dehqon. U qari va holsiz bo'lgani 
bilan men uchun qadrli. 
Dehqonning so'zlaridan hushyor tortdim. 
O’rnimdan irg'ib turib, ta'zim qildim. O'zing 
ham Xudo yaratgan bu olamning kichik bir 
zarrasi bo'laturib, U yaratgan jonzotlarga, bu 
inson bo'ladimi yo hayvonmi, baribir, nechuk 
bunday bepisandlik qilding? 
Dehqonning chehrasiga bir lahza ishonchsizlik 
soya soldi. Uning yuzida bir fursat hech 
nimaning ifodasi bo'lmadi, mening kulayotgan 
yo kulmayotganimni bila olmay qolgan edi 
go'yo. 
- Umrimda bunaqasi bo'lmagan, - dedi keyin 
hushiga kelib va menga xushnud jilmaydi. 
- Hech kim ho'kizingizdan uzr so'ramaganmi? 
- Bu ham. Men o'zimdan hech kim hech 
qachon uzr so'ramagani haqida o'ylayotgan 
edim. Odatda men kechirim so'rayman. Hatto 
boshqalar menga adolatsizlik qilsalar ham, 
kechirimni hamisha men so'rayman. 


Uning so'zlari meni mahzun qildi. 
- Qur'onda barchamiz va har birimiz yagona va 
eng yaxshi shakl asosida yaratilganimiz 
aytilgan. Bu qoidalardan biri, - dedim 
sekingina. 
- Qanaqa qoida? - so'radi dehqon. 
- «Xudo hamisha sen bilan mashg'ul. Har bir 
inson Xudoning yaratmishidir va u sekin-asta, 
lekin og'ishmasdan barkamollashish sari 
harakatlanadi. Bizlar Xudoning tugallangan 
yaratiqlari emasmiz, biz to'liq mukammallik 
ishtiyoqidagi yaratiqlarmiz. Xudo har birimiz 
bilan alohida ishlaydi, zero insoniyat - har bir 
qismning umumiyatda muhim o'rni borligini 
bilguvchi buyuk me'mor san'atining asaridir». 
- Siz ham bu erga xutbani tinglash uchun 
keldingizmi? - qiziqib so'radi dehqon. - Odam 
juda ko'p bo'ladiganga o'xshaydi. U juda 
mashhur. 
Mening yuragim qinidan chiqayozdi: gap kim 
haqida ketayotganini tushundim. 
- Ayting-chi, Rumiy ma'ruzalarida o'ziga xos 


nima bor? 
Dehqon hech nima demasdan osmonga tikildi. 
Uning fikrlari qayerlardadir uzoqlarda 
uchayotganmidi yoki umuman 
uchmayotganmidi, bilib bo'lmaydi. 
- Men qishloqdan kelayapman, u yerda hayot 
juda og'ir, - dedi u nihoyat. Oldin ocharchilik 
bo'ldi, keyin mo'g'ullar. Ular o'z yo'lida 
uchragan qishloqni talon-toroj qilishdi va 
yondirishdi. Lekin shaharlarda bundan ham 
yomon bo'ldi. Ular Arzurumni, Sivesni, 
Qaysariyni bosib olishdi, hamma erkaklarni 
qirib tashlashdi va ayollarni o'zlari bilan olib 
ketishdi. Menku uyim va xotinimni 
yo'qotmadim. Lekin halovatimni shunday 
yo'qotdimki, bir daqiqa ham tinchlik 
bo'lmayapti. 
- Bunga Rumiyning qanday aloqasi bor? - 
so'radim men. 
Dehqon ko'zlarini ho'kizi tomonga qaratdi va 
o'sha bir taxlitdagi ovozda dedi: 
- Rumiy xutbasini eshitganda, barcha g'am-


qayg'ular tarqab ketadi, - deyapti hamma. 
- Siz bilan Konyaga borganim bo'lsin, - dedim 
men. 
- Yo'lda Rumiy haqida gapirib berasiz. 
Men otimni aravaga bog'ladim va o'zim 
dehqonning yoniga o'tirdim va bu qo'shimcha 
yuk ho'kizga sira bilinmaganini sezib, xursand 
bo'ldim. U oyoqlarini avvalgiday bir maromda 
qo'ygancha sekin ketaverdi. Dehqon menga 
non bilan echki pishlog'idan uzatdi. Biz 
ovqatlanib, tamaddi qilib ketdik. Shu tariqa 
men ko'm-ko'k osmonda charaqlab turgan 
quyosh va shahar avliyolarining diqqat-e'tibori 
ostida Konyaga kirib keldim. 
- Salomat bo'ling, birodarim, - dedim men 
aravadan tushib va otimni yechib oldim. 
- Xudo xoxlasa, namozda ko'rishgunimizcha! - 
dedi javoban dehqon. 
Men bosh irg'adim va xayrlashib qo'limni 
ko'tarib qo'ydim. 
- Inshoolloh. 
Garchi xutbaga juda borgim kelayotgan esa-da 


- axir Rumiy bilan uchrashish otashin orzuyim 
edi - lekin eng oldin shaharni aylanishga va 
odamlar mashhur xatib haqida nimalar 
deyishlarini eshitishga qaror qildim. O'z 
ko'zlarim bilan ko'rishdan oldin unga 
boshqalarning - yaxshi va yomonning, yaxshi 
ko'radigan va yaxshi ko'rmaydiganlarning 
ko'zlari bilan qaragim keldi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling