Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

2008 yil, 24 may, Nortgempton. 
Begim kunlari ham, bayram kunlari ham 
oilaning birgalikda tanovul qiladigan asosiy 
vaqti nonushta hisoblanardi. Bunga chin 
ko'ngildan ishongan Ella har kuni ertalab, 
shanba va yakshanbalarda ham eng avval 
oshxonaga kirardi. Nonushta yaxshi bo'lsa, 
butun kun yaxshi o'tadi, deb o'ylar edi u. 
Ayollar jurnallarida bolalar va ota-onalar 
uydan o'z hollaricha, yarim och, yarim to'q 
chiqib ketaveradigan oilalardagiga nisbatan 
hamisha birgalikda nonushta qiladigan 
oilalarda hamjihatlik va uyg'unlik kuchliroq 
bo'lishi haqida yozadilar. Bundan tashqari 
uning tajribasi boshqa narsani ham ko'rsatar 


edi: hamma har xil taomni istaydi, bu esa 
nonushtaning odamlarni hamjihat qilishi 
haqidagi tasavvurlarga zid keladi. Biri (Janet) 
jem surilgan non chaynasa, boshqasi (Avi) asal 
bilan yanchilgan bodroq chaynasa, uchinchisi 
(Devid) omlet pishishini kutib o'tirsa, 
to'rtinchisi hech nima yeyishni istamasa, bu 
qanday hamjihatlik bo'lsin? Shunga qaramay 
nonushtadan muhimroq hech nima yo'q. 
Shunga asoslanib Ella har kuni nonushta 
tayyorlar edi. 
Lekin o'sha kuni ertalab Ella oshxonaga kirdi 
va qahva tayyorlash, apelsinlarni archish va 
nondan tostlar tayyorlash o'rniga, eng avval 
stolga o'tirib, noutbukni yoqdi. Keyin Azizdan 
xat kelganini tekshirib ko'rish uchun Internetga 
kirdi va xat kelganini ko'rib, xursand bo'lib 
ketdi. 
«Azizam Ella! 
Qizingiz bilan munosabatingiz tiklanganini 
bilib, juda xursand bo'ldim. Men esa kecha 
erta tongda Momostenango qishlog'idan jo'nab 


ketdim. Bu erda atigi bir necha kun turgan 
bo'lsam-da, ketar vaqti kelganida xomushlik, 
hattoki chinakam dilsiyohlik his etdim. Bu 
mo'jazgina Gvatemala qishloqchasini yana 
qo'rishim amrimahol, deb o'ylayman. 
Har safar biron joydan ketayotganimda, u 
yerga o’zimning bir qismimni tashlab 
ketayotganday bo'laman. Marko Polo kabi 
sayohatchi bo'lamizmi yoki beshikdan to 
qabrgacha bir joyda yashaymizmi, hayot faqat 
tuzilishu o'lishlardan iborat, menimcha. Yorug' 
dunyoda paydo bo'lar onlarimiz va boshqa 
dunyoga ketar onlarimiz. Dunyoda yangi 
insonlar paydo bo'lishlari uchun qariyalar 
ketmoqlari kerak. Siz bu haqida nima deb 
o'ylaysiz? 
Momostenangodalik vaqtimda men meditasiya 
qildim va Sizning aurangizni ko’rishga harakat 
qildim. Tez orada uch rangni ko'rdim - sariq, 
to'qroq sarg'ish va bosiqroq, metallga 
yaqinroq tovlanuvchi qizgish ranglar. Balki 
shu ranglar Siznikidir? Ular ayrim holda ham, 


birgalikda ham chiroyli. 
Gvatemaladagi oxirgi to'xtash joyim Chahul 
bo'ladi - bu somon suvoqli uylari bor kichkina 
shaharcha. U yerlik bolalarning ko'zlari huddi 
hikmat nazari bilan boqayotganday ko'rinadi. 
Barcha oilalarning ayollari gobelen (devorga 
osib qo'yiladigan suratli gilam) to'qishadi. 
Men bir kampirdan Nortgemptonda 
yashaydigan bir ayol uchun bitta gobelen 
tanlab berishni iltimos qildim. 
U biroz o'ylanib turdi-da, katta golenlar 
to'plami ichidan bittasini oldi. Qasam ichib 
aytamanki, u yerda kamida ellik xil gobelen 
bor edi. Uning tanlab bergan gobelenining 
rangi sariq, to'qroq sarg'ish va qizgish edi. 
Agar Xudo yaratgan bu olamda mos kelib 
qolishlar uchrab turadigan hodisa desak, bu 
mos kelib qolish nimadan ekani Sizni qiziqtirsa 
kerak, deb o'ylayman. 
Bizning o'zaro maktublar yo'llashimiz ham mos 
kelib qolish emasmikin, degan savol 
xayolingizga kelmadimi? 


Sizga barcha ezguliklarni tilab 
Aziz 
P.S. Aytmoqchi, gobelenni Sizga pochta orqali 
jo'nataymi? Yoki bir finjon qahva ichish uchun 
uchrashgunimizgacha kutasizmi?» 
Ella ko'zlarini yumdi va o'z aurasini tasavvur 
etishga harakat qildi. U o'zi o'ylamay qo'ygan 
ko'p narsalar yodiga tushib ketdi. Eng oldin 
ko'z oldimda pistoqi-yashil fartuk taqqan va 
qo'lida o'lchov stakanini ushlab turgan onasi 
gavdalandi; uning yuzi juda rangpar, niqob 
taqqan kabi jonsiz edi; keyin devorlarda 
qog'ozdan yasalgan yaltiroq yurakchalar va 
uyni xuddi Yangi yil kechasini o'zi bilan 
bezatishga urinib, ilgakka ilinganday turgan 
otam ko'rindi. O'smirlik vaqtida onasini 
otasining o'limida aybdor hisoblagani esiga 
tushdi. 
Balog'atga yetganida, turmushga chiqsam, 
onamdan farq qilib, erimni baxtli qilaman va 
hech qachon bu axdimdan qaytmayman deb 


o'ziga so'z bergan edi. Turmushi onasinikiga 
o'xshamasligi uchun hatto erni ham xristianlar 
orasidan emas, o'z e'tiqodidagilardan tanladi. 
Qari onasidan nafratlanmaydigan bo'lgunicha 
ko'p yillar o'tdi. Oxirgi yillarda oralaridagi 
munosabat yaxshi tomonga o'zgargan bo'lsa 
hamki, onasi haqida o'ylaganlarida qalbining 
tubida nimadir bor edi, shundan yuragi 
qisilardi. 
- Oyi!.. Osmonlardan yerga tushing! Oyijon! 
Ella orqasidan kelayotgan hingir-hingir 
kulishlar va pichirlashlarni eshitdi. O'girilib 
qarab to'rt juft ko'z o'ziga taajjublanib qarab 
turganini ko'rdi. Orli, Avi, Janet va Devid 
nonushta qilish uchun pastga tushishgan va 
endi yoniga kelib unga g'aroyib ajoyibotni 
ko'rib qolganday qarab turishardi. Aftidan ular 
uning e'tibor berishini anchagina kutgan 
ko'rinishadi. 
- Hammaga xayrli tong, - dedi jilmaygancha 
Ella. 
- Nima uchun biz kirib kelganimizni 


bilmadingiz? - so'radi Orli, ajablanganini 
yashira olmasdan. 
- Sen o'z kompyutering bilan juda band eding, - 
dedi Devid xotiniga qaramasdan. 
Ella uning ko'z qarashini kuzatdi va noutbuk 
ekranidagi Aziz Z.Zaxaraning elektron xatiga 
ko'zi tushdi. Ella bir on ham kutmasdan, hatto 
dasturni berkitish kerakligi ham esidan chiqib, 
kompyuter qopqog'ini yopib qo'ydi. 
- Men agentlik uchun hali ko'p o'qishim kerak, 
- tushuntirdi Ella. - Hisobot ustida ishlayotgan 
edim. 
- Noto'g'ri! Siz pochtani o'qiyotgan edingiz, - 
juda jiddiy ohangda dedi Avi. 
Nima uchun bu o'smirlar hamma yoqqa 
burunlarini suqaverar ekanlar-a? - Ella nima 
deyish haqida o'ylanib qoldi, lekin uning 
baxtiga boshqalarni bu bilan ishlari yo'q edi. 
Ular nonushta axtarib, boshqa tomonga 
Qarayotgan edilar. 
Nihoyat Orli Ellaga qaradi va hammani 
qiziqtirib turgan savolni berdi: 


- Oyijon, sizga nima bo'ldi? Axir nonushta 
tayyorlamabsiz-ku! 
Ella ham stolga o'girilib qaradi va hamma 
ko'rib turgan narsani ko'rdi: qahva ham, omlet 
ham, maymunjon mevasidan tayyorlangan 
sharbat ham yo'q edi. Nima bo'ldi o'zi, o'ylardi 
Ella, qanday qilib nonushta tayyorlashni esidan 
chiqarib qo'ydi? 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling