Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Qadrli Aziz (agar Sizni shunday atashim
mumkin bo'lsa)! Sizning oilamdagi ro'y bergan krizisni yengib o'tishimga yordam bergan iliq, chin yurakdan yo'llagan nomangiz uchun rahmat. Siz aytganingizday, biz qizim bilan oramizdagi tushunmovchilikni yengib o'tdik. Siz men haqimda to'g'ri aytgansiz. Men chindan ham hamisha ikki qarama-qarshi holat: agressivlik va nofaollik orasida azob chekaman. Goho uzim yaxshi qo'rgan odamlarim hayotiga haddan ziyod aralashib ketaman, goho ular oldida o'zimni juda ojiz his etaman. Taqdirga tan berishga kelganida, men o'zimni bunga qobilligimni hech qachon his etmaganman. To'grisini aytsam, menda insonni so'fiy qiladigan hech nima yo'q. Shunga qaramay, men aynan qizimning ishlariga (taqdiriga) aralashmay qo’yganimdan keyingina u bilan yarashganim nihoyat hayratlanarli hol. Sizga katta rahmat. Men ham Siz uchun duo qilishni istayman, lekin men oxirgi marta Xudoning eshigini qachon qoqqanimni ham eslay olmayman, shundan buyon Uning qayerga ko'chgan bo'lishi mumkinligini ham tasavvur eta olmayman. Men sizning romaningizdagi karvonsaroy ho'jayiniga o'xsharmikanman? Ammo xavotir olmang, men unchalik qahrli emasman. Hozircha unday emasdirman. Sizga do'stona tuygular ila Nortgemptondan Ella. Maktub 1243 yil, 19 sentyabrь, Bag'doddan Qaysariga Bismillohir rohmanir rahim! Birodarim Said Burxoniddin! Sizga tinch- omonlik va Xudoning marhamati va barakotlari bo'lsin! Xatingizni olib va Ishq yo'lida avvalgiday sobitligingizni bilib juda hursand bo'ldim. Ayni paytda maktubingiz meni qiyin vaziyatga ham qo'ydi. Rumiyga hamsuhbat izlayotganingiz ma'lum bo'lishi bilanoq, men qanday odamni nazarda tutayotganingizni tushun- gan edim. Lekin nima qilarni bila olmay qoldim. Biz bilan bir maskanda Sizning ta'rifingizga juda muvofiq keladigan Shams Tabriziy nomli darbadar darvish istiqomat qilmoqda. Shams bu dunyoda o'ziga yuklatilgan maxsus vazifasi borligiga ishonadi, shu tufayli nurlangan insonga ziyo baxsh etmoqni istaydi. U Xudodan o'ziga shogird emas, hamsuhbat tilab kelgan. Bir kuni menga uni oddiy odamlar qiziqtirmasligi haqida gapirgan edi. U insoniyatni Haqqa boshlab boradiganlar bilan yaqinlashmoq uchun kelganini aytgan edi. Sizning xatingizni o'qib, Shamsga Rumiy bilan uchrashish taqdir qilinganini angladim. Shunga qaramay, adolat barqaror bo'lmog'i uchun men barcha darvishlarga bir xil imkon bermog'im kerak edi. Da'vogarlar bir nechto edi, lekin yo'l naqadar xatarli ekani ma'lum bo'lgach, ulardan faqat Shamsning o'zi qoldi. Bu qishda bo'lgan edi. Bahor va kuzda ham bu holat avvalgicha qoldi. Siz nega bunchauzoq kutganimdan hayron bo'layotgandirsiz. Men bu borada ko'p o'yladim va to'g'risini aytsam, bunga faqat bir tushuntirish bor. Shams mening qalbimga juda yaqin bo'lib qolgan edi. Uni bunday xatarli safarga jo'natishdan jonim ogridi. Shams oddiy inson emas, buni e'tiborga oling. Darbadar kezish uning uchun uncha qiyin bo'lmagan, lekin shaharda qo'nim topib, shaharliklar bilan birga yashaydigan bo'lsa, u, albatta, kimningdir qitiq patiga tegishi tayin. Ayni shuning uchun men uning bizdan ketar vaqtini ortga surib keldim. Xayrlashuvdan oldin oqshomda biz Shams bilan, barglari ipak qurtlariga ozuqa sifatida beriladigan tut daraxtlari ostida uzoq kezdik. Ulardan to'qilgan juda nafis yengil ipakmato menga Ishq tuygusini eslatadi. Men pillakorlar ipak yirtilmasligi uchun ipak qurtlarini pilla ichidan teshib chiqishlariga yo'l qo'ymasliklarini, natijada ular ichkarida qolib halok bo'lishlarini Shamsga hikoya qildim. Bir gaz shunday mato uchun ko'plab qurtlar halok bo'lishlarini gapirdim. Kech kira boshlagan edi. Sovuq shamol esa boshladi va meni titroq bosa boshladi. Qarilik yaqinlashgan sari men tez sovuq yeydigan bo'lib qolganman, lekin bu safar boshqacha holat edi. Bunda gap bizning Shams bilan so'nggi bor bog’da birga sayr qilayotganimizda edi. Biz bir-birimizni boshqa ko’ra olmas edik. Har holda bu dunyoda ko'risha olmaymiz. Nazarimda, u ham buni his etardi, buni men uning nigohidagi anduhdan payqadim. Bugun tong otar-otmas Shams mening qo’limni o'pgani va ketmoq uchun oq fotiha so'ragani qoshimga keldi. Men uning qora sochlarini kesgani va soqolini qirganini ko'rib hayron bo'ldim, lekin u hech nima tushuntirmadi, men ham so'ramadim. Ketishidan oldin ipak qurtlariga oid o'z tarixidan gapirdi. U Rumiy bilan ikkisi Muqaddas Ishq pillasi ichiga yashirishar va faqat pishib yetilganlaridan va ajoyib ipak to'qiydigan bo'lganlaridan keyingina u yerdan chiqishar ekan. Unga qadar esa, ipak hosil bo'lishiuchun qurtlar o'lmog'i kerak ekan. Shundan keyinu Konyaga jo'nab ketdi. Ilohim, Tangri taolo uni o'z panohida asrasin. Men to'g'ri ish qilganimni bilaman va Siz ham to'g'ri qildingiz. Lekin yuragim zilday og'ir va bizning maskanda hech qachon uchramagan bu eng g'ayrioddiy va mard darvishni allaqachon sog'ina boshladim. Oxir-oqibat, hammamiz ham Xudoning bandalarimiz va hammamiz ham Unga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling