Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

1243 yil. Fevral. Qaysariydan Bag'dodga. 
Bismillohir rohmanir rahim! 
Qadrli birodarim Bobo Zamon! Sizga hamisha 
Xudoning roziligi nasib etsin! 
Siz bilan oxirgi marta ko'rishganimizdan buyon 
ancha vaqt o'tib ketdi, ammo bu xatim etib 
borganida Siz sog' va omon bo'lgaysiz, degan 
umiddaman. Sizning Bag'doddagi darvishlar 
xonaqohingiz va u yerda darvishlarga 
hikmatlardan, Ilohiy ishqdan berayotgan 
ta'limingiz haqida ko'p go'zal fikrlar 
eshitganman. Ushbu maktubni esa menga 
tinchlik bermayotgan fikrlarni Siz bilan 
bo'lishmoq istagida yozmoqdaman. Ruxsat 
eting, hammasini bir boshidan aytay. Sizga 
ma'lumki, sulton Alovuddin Qaykubod qiyin 


davrlarda hukmronlik yuritgan ajoyib inson 
edi. Uning orzusi shoirlar, hunarmandlar va 
faylasuflar hamjihatlikda yashashlari va ijod 
qilishlari mumkin bo'lgan shaharni qurish edi. 
Salbchilar va mo'g'ullarning ustimizga ikki 
tomondan bostirib kela boshlagani tufayli 
vujudga kelgan boshboshdoqlik va o'zaro 
nafratlar oqibatida sultonning bu orzusini 
ko’pchilik amalga oshmas orzu deb hisoblar 
edi. Biz ham bunga guvoh bo'lgan edik. 
Xristianlar musulmonlarni o'ldirishar, 
xristianlar xristianlarni o'ldirishar, 
musulmonlar xristianlarni o'ldirishar, 
musulmonlar musulmonlarni o'ldirishardi. 
Dinlar, mazhablar, qabilalar, hatto aka-ukalar 
bir-birlari bilan jang qilardilar. Lekin 
Qaykubod o'z ahdida mustahkam edi. O'z 
orzusini amalga oshirmoq uchun u Konya 
shahrini tanlagan edi. 
Balki eshitgandirsiz yoki eshitmagandirsiz, 
hozir bizning davrimizda Konyada bir fozil 
inson istiqomat etmoqda. Uning ismi Mavlono 


Jaloliddin Rumiy, lekin odatda uni Rumiy 
deyishadi. Men u bilan tanishmoq sharafiga 
noil bo'lganman, nafaqat noil bo'ldim, balki 
avvaliga unga ta'lim berdim, otasining 
vafotidan keyin unga ustozlik qildim. U 
shunchalar iqtidorli va aqlli ediki, ma'lum vaqt 
o'tgach, u mendan emas, men undan ta'lim 
oluvchi bo'ldim. Uning otasi ham buyuk fozil 
inson edi. Ammo Rumiyda boshqa 
mutafakkirlarda uchramaydigan noyob sifat 
bor: unda boshqa inson qaysi dinga mansub 
bo'lmasin, o'sha din qobig'i ostida qamalib 
yotgan qalbining ichiga kira oladi, u erdagi 
xazinalarni yuzaga chiqara oladi. 
Siz faqat men bu fikrda emasligimni 
bilishingizni istardim. Yosh Rumiy buyuk 
sufiy, attor va ruhiyat bunyodkori Farididdin 
Attor bilan uchrashganida,u «Hademay uning 
qalbida dunyo qalbi o't olur, uning uchqunlari 
Xaqiqat tashnalari yuragida alanga yoqur» 
degan edi. Taniqli faylasuf, olim va sufiy Ibn 
Arabiy ham otasi bilan birga yurgan Rumiyni 


ko'rganida «Sharaflar bo'lsin, qul yonida 
ummon odimlamoqda», deya xitob silgan edi. 
Yigirma to'rt yoshida Rumiy Madrasa bosh 
mudarrisi bo'ldi. Mana o'n to'rt yildan buyon 
Konya ahli unda din peshvosini ko'radi, har 
jumada shahar va uning atrofidagi aholi kelib, 
suhbatlaridan bahra oladi. Rumiy falsafa, 
ilohiyot, astronomiya, tarix, alkimyo va al-jabr 
ilmlarini a'lo darajada biladi. Uning muridlari 
o'n mingga yetgan, degan gaplar yurardi. 
Izdoshlari har bir so'zini ilib olishga intilishadi 
va unda butun dunyo tarixida bo'lmasa hamki, 
aqalli islom tarixida burilish yasagan buyuk 
ma'rifatparvarni ko'rishadi. 
Rumiy menga o'z o'g'limday, men uning 
otasiga uni o'z otalig'imga olishga va'da 
berganman. Lekin men endi qaridim, vaqtu 
soatim yetdi, shuning uchun Rumiy atrofida 
o'ziga loyiq insonlar bo'lishiga ishonch hosil 
qilishni istayman. 
Rumiy hozir qanchalik mashhurlikka va ajoyib 
marralarga erishgan bo'lmasin, menga bir 


necha marta o'zi erishganlaridan 
qoniqmayotganini aytdi. Uning hayotida 
nimadir yetishmayapti - u na oila a'zolari va na 
muridlari to'ldira olmaydigan qandaydir 
bo'shliq borligini tuymoqda. Bir kuni men unga 
qancha ko'p ishlyotgan bo'lmasin, negadir to'liq 
yona olmayotganini aytdim. Uning dil qadahi 
to'lib turipti, qalbidagi ishq oqib chiqmog'i 
uchun uning ochilmog'ini istaydi. U mendan 
buni qanday amalga oshirish mumkin deb 
so'raganida men unga u bilan maslakdosh 
hamsuhbat kerakligini aytdim, otasining 
«Maslakdoshlar bir-birlariga ko'zgu bo'lib 
xizmat qiladilar» degan gapini eslatdim. 
Keyin bu haqida boshqa gaplashmadik, to 
mening Konyadan ketar vaqtim bo'lmagunicha, 
Rumiy mendan o'ziga tinchlik bermayotgan bir 
tushining ma'nosini aytib berishimni so'rab 
kelmagunicha, buni butkul esimdan chiqarib 
yuborgan ekanman. U tushida Konyadan 
uzoqdagi allaqanday g'ala-g'ovur katta 
shaharda kimnidir izlab yurganini ko'rganini 


aytdi. U yerdagi odamlar arab tilida 
gaplashishar ekan. U yerda go'zal kun botarini 
ko'ripti. U erda tut daraxtlari o'sar ekan, ipak 
qurtlari o'z pillalari ichida Xudoning yorug' 
olamiga chiqadigan vaqtlari kelishini kutib 
yotgan emishlar. U yana o'zini, o'z uyi 
hovlisidagi quduq yonida qulida chiroq tutib 
o'tirgan va yig'lab o'tirgan holda ko'ripti. 
Dastlab men bu tush nimani anglatishini 
tushuna olmadim. Keyin nogahon ipak 
matodan bo'yinbog' sovg'asini oldim, javob o'z-
o'zidan keldi. Jumboq yechilgan edi. Men 
Sizning ipak matolarni yoqtirishingizni 
esladim. Shuningdek, Sizning so'fiylik 
xonaqohingizdagi ko'p ajoyib narsalar haqidagi 
gaplarni esladim. Shundan keyin men Rumiy 
shularni tushida ko'rganini angladim. Qisqasi 
shuki, bundan buyon men o'zimga Rumiyning 
suhbatdoshi bo'ladigan odam Sizning 
xonaqoyingizda yashamayotganmikin, degan 
savolni o'zimga bermoqdaman, birodarim. 
Sizga bu maktubni shuning uchun ezdim. 


Sizning darvishlaringiz orasida shunday odam 
bor yo yo'qligini bilmayman. Lekin agar bor 
bo'lsa, unga shuni ma'lum qilasizmi yoki 
yo'qmi, bu Sizning ixtiyoringiz- da. 
Men esa, agar biz Siz bilan bu ikki daryoni 
birlashtirsak, ikkisining Haqda birlashmoqlari, 
o’z suvlarini Muqaddas Ishq ummoniga olib 
borib quymoqlari uchun nimadir qila 
olganimizdan baxtiyor bo'lur edim. 
Lekin e'tiborga olish kerak bo'lgan yana bir 
narsa bor. Rumiyni ko’pchilik yaxshi kuradi va 
hurmat qiladi, lekin bu unga tanqid ko'zi bilan 
qaraydiganlar yo'q, degani emas. Ular bor. Boz 
ustiga bunday ikki insonning bir bo'lishi 
norozilik, nifoq, raqobat va dushmanliklar 
keltirib chiqarishi mumkin. Rumiyning o'z 
suhbatdoshiga bog'lanib qolishi uning oilasida 
va umuman atrofdagilarda muammolar keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Shularning hammasi Rumiyning suhbatdoshiga 
hazilakam xavf keltirmasligi mumkin. 
Boshqacha aytganda, Siz Konyaga yo'llaydigan 


odam ortga qayta olmasligi mumkin. Shuning 
uchun Sizdan aniq qarorga kelishingizdan va 
bu maktubni kimgadir berishingizdan oldin, 
yaxshilab o'ylab ko'rishingizni iltimos qilaman. 
Sizni qiyin vaziyatga qo’yganim uchun uzr 
so'rayman, lekin Alloh bandasiga o'zi ko’tara 
oladiganchalik yukni berishini bilamiz. Sizning 
javobingizni kutaman va Siz qanday qaror 
qilmang, qaroringiz to'gri bo'ladi, deya umid 
qilaman. 
E'tiqod nuri Sizni va Sizning darvishlaringizni 
aslo tark etmasin. 
Ustoz Said Burxoniddin. 
Shams 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling